Ami
nokislotalarning o‘rtacha molekular og‘irligi taxminan 138 ga teng bo‘ladi. Ular o‘zaro peptid bog‘
hosil qilib birikkanda bir molekula suv ajralib chiqqanligi sababli ularning molekular og‘irligini 120 deb
qabul qilinsa bo‘ladi. O‘rtacha 300 ta aminokislotadan iborat oqsil molekulasining molekular og‘irligi
300x120=36000 ga teng bo‘ladi.
Oqsillarning xossalari
xilma-xildir. Misol uchun, suvda
mutlaqo
erimaydigan oqsillar, suvda oson eriydigan oqsillar ham mavjud. Turli xil ta’sirlarga
chidamli yoki
chidams
iz, masalan, kuchsiz yorug‘lik yoki biror bir arzimagan mexanik ta’sirdan o‘zgaradigan oqsillar ham
mavjud. Lekin barcha hollarda oqsillarning xossalari bilan strukturasi uning bajaradigan funksiyasiga mos
keladigan bo‘ladi. Tirik organizmlar tarkibida uch
raydigan oqsillar ikki xil: tolasimon va
yumaloq yoki
tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsillarga
hayvonlarning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak
qurtning ipagidagi oqsillar kiradi. Muskullar tarkibidagi oqsillar qisqarish va cho‘zilish xossasiga ega bo‘lib,
harakatni ta’minlaydi. Yumaloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar misol bo‘ladi. Bularga
ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar va qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. Yuksak
Hujayra tarkibidagi barcha oqsillar ikkita kat
ta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo‘linadi. Oddiy
oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo‘ladi. Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa
eritmalarda erish
xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi.
Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat oqsillari albuminlarga misol bo‘ladi. Osh tuzining kuchsiz
eritmasida
eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qo
n tarkibidagi oqsillar va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari
globulinlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida
yana spirtlarda, kuchsiz
ishqoriy
eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar
tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmaga
n
birikmalarning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo‘linadi.
Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik organizmlarda ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili
xromoproteinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoproteinlar oqsil va
nuklein
kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murakkab birikmalardir. Ular barcha tirik organizmlarning tarkibida
uchraydi va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: