BIOLOGIYA 5-SINF 157-maktab Topshirdi: biologiya fani o’qituvchisi Abduraimova Nargiza Metod birlashma rahbari: Eshmirzayeva Shahnoza O’IBDO’: Rahmonova Saodat
Fan: Biologiya
Sinf: 5
Mavzu: 14& Umurtqali hayvonlar
Maqsad: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning umurtqali hayvonlar
haqidagi bilimlarini boyitib borish,umurtqali hayvonlarga qanday
hayvonlar kirishi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzu bo’yicha aqliy,estetik,
ekologik tarbiya berish,topqir,hozirjavob,bilimdon o’quvchilarni
tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mavzu haqidagi
tushunchalarini, fikrlash qobiliyatlarini,fanga qiziqishlarini
oshirish,rivojlantirish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish
Dars metodi: Og’zaki, ko’rgazmali
Dars jihozi: Tarqatma,darslik,mavzu bo’yicha rasmlar,mavzuga
oid slayd
№
|
DARS BORISHI
|
AJRATILGAN DAQIQA
|
I.
|
TASHKILIY QISM
|
5 daqiqa
|
II.
|
O’TGAN MAVZUNI TAKRORLASH
|
10 daqiqa
|
III.
|
TAYANCH SO’ZLAR
|
2 daqiqa
|
IV.
|
YANGI MAVZU
|
20 daqiqa
|
V.
|
MUSTAHKAMLASH
|
4 daqiqa
|
VI.
|
BAHOLASH
|
2 daqiqa
|
VII
|
UYGA VAZIFA
|
2 daqiqa
|
DARSNI TEXNOLOGIK XARITASI
- Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilar davomati,
o’quvchilarni darsga tayyorgarligi
II. O’tgan mavzuni takrorolash: O’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha savol -javob qilinadi.
- Regeneratsiya nima?
2. Sodda hayvonlarga qaysi hayvonlar kiradi?
3. Bo’shliqichlilarning tanasi necha qavatdan iborat?
4. Ikki tomonlama simmetriya nima?
5. Qaysi tip vakillari parazit usulda oziqlanadi?
6. Qaysi organizmdan boshlab qon aylanish sistemasi vujudga kelgan?
7. Sakkizoyoq qaysi tipga kiradi?
8. Tashqi skeleti xitin bo’lgan organizmlarni aniqlang?
9. Qaysi hayvon tutqich to’ri yordamida ozuqasini tutadi?
10. Xonqizining o’simliklarga qanday foydali tomonlari bor?
III. Tayanch so’zlar: Umurtqali hayvonlar,issiqqonli hayvonlar,sovuqqonli hayvonlar .
- Yangi mavzu:
Reja:
- Baliqlar sinfi
- Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi
- Sudralib yuruvchilar sinfi
- Qushlar sinfi
- Sutemizuvchilar sinfi
Umurtqali hayvonlarga baliqlar,suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar,qushlar va sutemizuvchilar sinflari kiradi.
Suvda va quruqlikda yashovchilar
Baliqlar
UMURTQALI HAYVONLAR
Sudralib yuruvchilar
Sutemizuvchilar
Qushlar
Baliqlar sinfi tanasi suyri shaklda ,shilimshiq bilan qoplangan
bo’ladi.Suv muhitida yashashga moslashgan.Jabrasi yordamida
nafas oladi.Qon aylanish sistemasi yopiq,bitta doiradan iborat,
yuragi 2 kamerali.Yuragida venoz qon oqadi.Sovuqqonli hayvon,
ya’ni tana harorati tashqi muhitga bo’g’liq.Tashqi muhit harorati
ortsa,baliqlar harakati tezlashadi,harorat pasaysa,ularning
harakati sustlashadi.
Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi suv yaqinida yashaydi.Teri va o’pkasi yordamida nafas oladi.Qon aylanish sistemasi yopiq,katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat.Yuragi 3 kamerali,sovuqqonli hayvon.Tuxumini suvga qo’yadi.Shu sababli suvdan uzoqqa ketaolmaydi.
Sudralib yuruvchilar sinfi asosan O’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan.
Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan.O’pkasi katakchalarga bo’lingan.
Yuragi 3 kamerali,sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi.Tuxumini quruqlikka
qo’yadi.Tuxumi qattiq po’choq bilan himoyalangan,sariqlikka boy.
Qushlar sinfi havoda uchishga moslashgan.Tanasi pat bilan qoplangan.Havo haltachalari
o’pkaga ulangan bo’lib,bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali,
Issiqqonli hayvon. Tana harorati doimiyligini saqlaydi.Oldingi oyoqlari qanotga aylangan.Tuxumini bosib yotadi.
Sutemizuvchilar sinfi bolasini sut bilan boqadi.Tanasi jun bilan qoplangan.O’pkasi
yordamida nafas oladi.Yuragi 4 kamerali,issiqqonli hayvon.Bu sinfga hasharotxo’rlardan
tortib,primatlargacha bo’lgan hayvonlar kiradi.Hayvonot dunyosi rang barang,barcha
hayvonlar yashash muhitiga moslashgan bo’ladi.
Mustahkamlash: O’quvchilarni guruhlarga bo’lib savol-javob qilinadi.
Baholash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni baholash
Uyga vazifa: 14& 70-72-betni o’qib kelish,savollarga javob yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |