edurtm_uz
1
6 4 -ra s m . Asalarining hayot sikli: 1 - t uxum qo‘yayotgan urg‘ochi
asalari; 2 - t uxum; 3 - asalari suti bilan oziqlantirilayotgan lichinka;
4 - gul changi va asal bilan oziqlanayotgan lichinka; 5 - g‘umbak;
6 - rivojlangan g‘umbak; 7 - yosh asalari.
69
7. Asalari haqidagi matnni o‘qib chiqing va ikkita savol tuzing.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga asalari, pashsha,
qo‘ng‘iz va kapalak kiradi. Ularning rivojlanish ketma-ketligi quyida-
gicha: tu x u m ^ lic h in k a ^ g ‘umbak^voyaga yetgan hasharot.
Urg‘ochi asalari mumdan yasalgan katakchalarga tuxumini qo‘yadi
(64-rasm). Tuxumdan lichinka rivojlanadi. Ishchi asalarilar dastlab li-
chinkani asalari suti bilan boqadi, keyinchalik gul changi va asal bilan
oziqlantiradi. G‘umbaklik davrini o‘tab bo‘ lgach, undan yangi hasharot
rivojlanib chiqadi.
8. O‘rganganlaringiz asosida kapalak, chumoli va chigirtkaning
hayoti to ‘g ‘risida referat yozing.
edurtm_uz
1 4 - § . U m u r t q a l i h a y v o n l a r
Umurtqali hayvonlarga baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashov
chilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari ki
radi.
B a liq la r s in fi tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan
b o ‘ ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan (65-rasm). Jabrasi
yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doira-
dan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuq
qonli hayvon, ya’ ni tana harorati tashqi muhitga b o g ‘ liq. Tashqi
muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa,
ularning harakati sustlashadi.
6 5 -ra s m . Baliqlar sinfi: a -zog‘ora baliq, b-qilquyruq, c-manta.
70
a
b
c
6 6 -ra s m . Suvda hamda quruqlikda yashovchilar: a-qurbaqa,
b-salamandra, c-triton.
Suvda h a m d a q u r u q lik d a y a s h o v c h ila r s in fi suv yaqinida
yashaydi. Teri va o ‘ pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish
sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat.
Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga q o ‘yadi.
Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi (66-rasm).
S u d ra lib y u r u v c h ila r s in fi - asosan, O‘ rta Osiyo c h o ‘ llarida
keng tarqalgan. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O ‘pkasi
katakchalarga b o ‘ lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar
hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka q o ‘yadi. Tuxumi qattiq p o ‘choq
bilan himoyalangan, sariqlikka boy (67-rasm).
a
b
c
6 7 -ra s m . Sudralib yuruvchilar: a-kaltakesak, b-ilon, c-timsoh.
Q u s h la r s in fi havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan
qoplangan. Havo xaltachalari o ‘ pkaga ulangan b o ‘ lib, bir marta
olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli
71
a
b
c
6 8 -ra s m . Qushlar: a-kaptar, b-tovus, c-burgut.
hayvon. Tana harorati o ‘zgarmas b o ‘ ladi. Oldingi oyoqlari qanotga
aylangan. Tuxumini bosib yotadi (68-rasm).
S u te m iz u v c h ila r s in fi bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun
bilan qoplangan. O‘pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kame
rali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo‘ r sutemizuvchilardan
tortib, primatlargacha b o ‘ lgan hayvonlar kiradi (69-rasm).
a
b
c
6 9 -ra s m . Sutemizuvchilar: a -y o ‘ lbars, b-kiyik, c-ot.
Hayvonot dunyosi rang-barang. Barcha hayvonlar yashash mu-
hitiga moslashgan b o ‘ ladi.
1. Umurtqali hayvonlar qanday sinflarga bo‘ linadi?
/ 2 2. Qaysi hayvonlar sovuqqonli yoki issiqqonli hisoblanadi?
3. Qaysi sinf vakillari faqat suvda uchraydi?
72
Do'stlaringiz bilan baham: |