edurtm_uz
1 4 - § . U m u r t q a l i h a y v o n l a r
Umurtqali hayvonlarga baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashov
chilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari ki
radi.
B a liq la r s in fi tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan
b o ‘ ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan (65-rasm). Jabrasi
yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doira-
dan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuq
qonli hayvon, ya’ ni tana harorati tashqi muhitga b o g ‘ liq. Tashqi
muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa,
ularning harakati sustlashadi.
6 5 -ra s m . Baliqlar sinfi: a -zog‘ora baliq, b-qilquyruq, c-manta.
70
a
b
c
6 6 -ra s m . Suvda hamda quruqlikda yashovchilar: a-qurbaqa,
b-salamandra, c-triton.
Suvda h a m d a q u r u q lik d a y a s h o v c h ila r s in fi suv yaqinida
yashaydi. Teri va o ‘ pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish
sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat.
Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga q o ‘yadi.
Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi (66-rasm).
S u d ra lib y u r u v c h ila r s in fi - asosan, O‘ rta Osiyo c h o ‘ llarida
keng tarqalgan. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O ‘pkasi
katakchalarga b o ‘ lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar
hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka q o ‘yadi. Tuxumi qattiq p o ‘choq
bilan himoyalangan, sariqlikka boy (67-rasm).
a
b
c
6 7 -ra s m . Sudralib yuruvchilar: a-kaltakesak, b-ilon, c-timsoh.
Q u s h la r s in fi havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan
qoplangan. Havo xaltachalari o ‘ pkaga ulangan b o ‘ lib, bir marta
olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli
71
a
b
c
6 8 -ra s m . Qushlar: a-kaptar, b-tovus, c-burgut.
hayvon. Tana harorati o ‘zgarmas b o ‘ ladi. Oldingi oyoqlari qanotga
aylangan. Tuxumini bosib yotadi (68-rasm).
S u te m iz u v c h ila r s in fi bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun
bilan qoplangan. O‘pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kame
rali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo‘ r sutemizuvchilardan
tortib, primatlargacha b o ‘ lgan hayvonlar kiradi (69-rasm).
a
b
c
6 9 -ra s m . Sutemizuvchilar: a -y o ‘ lbars, b-kiyik, c-ot.
Hayvonot dunyosi rang-barang. Barcha hayvonlar yashash mu-
hitiga moslashgan b o ‘ ladi.
1. Umurtqali hayvonlar qanday sinflarga bo‘ linadi?
/ 2 2. Qaysi hayvonlar sovuqqonli yoki issiqqonli hisoblanadi?
3. Qaysi sinf vakillari faqat suvda uchraydi?
72
Do'stlaringiz bilan baham: |