Biologiya 5 new indd



Download 5,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/118
Sana22.01.2022
Hajmi5,35 Mb.
#400272
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
5-biologiya

Q
  edurtm_uz
O‘ . PRATOV ,  A. TO‘XTAYEV ,  F. AZIMOVA,  Z. TILLAYEVA
BIOLOGIYA 5
O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta ’ limi  vazirligi 
umumiy  o ‘ rta  ta ’ lim  maktablarining  5-sinf  o ‘quvchilari 
uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etgan
Qayta  ishlangan 
v a
  to'ldirilgan  5-nashri
TOSHKENT
«O'ZBEKISTON»
2020


Q e d u rtm _ u z
Respublika
 
Ta'lim Markazi
U O 'K   5 7 3 (0 7 5 .3 ) 
K B K   2 8 .0 y a 7 2  
B  70
Taqrizchilar:
I. 
Azimov  -   TDPU  biologiya  va  uni  o‘qitish  metodikasi  kafedrasi  mudiri,  bio­
logiya  fanlari  bo‘yicha  falsafa  doktori
R. Babayeva  -   TTA  akademik  litseyining  biologiya  bosh  o‘qituvchisi,  biolo­
giya  fanlari  nomzodi
B. Rahimova  -   Toshkent  shahar  Yunusobod  tumanidagi  105-umumiy  o‘rta 
ta’lim  maktabi  biologiya  fani  o‘qituvchisi
Z. Xoliqnazarova  -   Respublika  ta’lim  markazi  biologiya  fani  metodisti
S. 
Hayitbayeva  -   Toshkent  shahar  Chilonzor  tumani  178-sonli  IDUM  biolo­
giya  fani  o‘qituvchisi
B  70 
B i o l o g i y a   5  [ M a tn ] :  d a rs lik /O '.P ra to v ,  A .T o 'x ta ye v,  F.Azimova,  Z.Tillayeva.  -
T o s h k e n t:  « O 'z b e k is to n »   NMIU,  2 0 20.  -   96  b.
UO‘ K  573(075.3) 
KBK  28.0ya72
Darslikdagi  shartli  belgilar:
Topshiriqlar
Savollar
Laboratoriya  mashg‘uloti 
^ ^
  Amaliy  mashg‘ulot
Darslik mavzulariga joylashtirilgan  ushbu  QR-kod  belgilarini 
skaner  qilish  orqali  mavzularga  oid  internet  ma’lumotlaridan 
foydalanishingiz  mumkin.
Respublika  maqsadli  kitob  jamg‘armasi  mablag‘ lari 
hisobidan  chop  etildi
ISBN  9 7 8 - 9 9 4 3 - 6 4 7 9 - 3 - 0
©   O ‘ .  P ra to v   va  b.,  2 0 0 5 ,  2020 
©   « O 'z b e k is to n »   NMIU,  2 020


S O ‘ Z B O S H I
Ilm-fan,  texnika  jadal  rivojlanayotgan,  ijtimoiy,  ekologik  holat 
munosabatlari  uzluksiz  o'rganilib  borilayotgan  hozirgi  vaqtda  umu- 
miy  o ‘ rta  ta’ lim  maktablarida  biologiya  fanini  mazmun  jihatdan 
zamon  talablariga  mos  holda  o ‘qitish  (STEAM  yondashuvi)  fan 
o'qituvchilari  oldida  turgan  o ‘ta  dolzarb  vazifa  hisoblanadi.
Tabiatshunoslik  darslarida  olgan  bilimingizni  endi  siz  uchun  yan­
gi  fan  -   biologiya  orqali  takomillashtirib  borasiz.  Biologiya  tiriklik 
haqidagi  fan  b o ‘ lib,  u  tabiatni  o'rganadi,  o'simlik  va  hayvonot  dun- 
yosini  tadqiq  etadi.  Biologiya  fanining  ahamiyati  uning  fan-texnika 
va  texnologiya  taraqqiyotida,  ishlab  chiqarish  sohalari  va  kundalik 
hayotda  tutgan  o ‘ rni  bilan  belgilanadi.
O‘rta  Osiyo  hududida  ham  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  odam- 
ning  tana  tuzilishi  qadimdan  o ‘rganib  kelinadi.  Jumladan,  mutafak- 
kir  olimlarimizdan  Abu  Rayhon  Beruniy  «Saydana»  asarida  o ‘simlik 
va  hayvonot  olamidan  hamda  turli  xil  moddalardan  tayyorlanadigan 
dorivor  vositalar  haqida  ma’ lumot  bergan.  Abu  Ali  ibn  Sinoning 
«Tib  qonunlari»  asarida  ichki  kasalliklar,  jarrohlik,  doris hunoslik, 
yuqumli  kasalliklarga  taalluqli  bilimlar  bayon  etilgan.  Zahiriddin 
Muhammad  Bobur  o ‘zining  «Boburnoma»  asarida  o ‘simlik  va  hay- 
vonlarning  tuzilishi,  hayot  tarzi,  ularning  o ‘zaro  o ‘xshashligi  va 
farqlarini  yoritib  bergan.
Biologiya  fanini  o ‘rganish  asosida  o ‘quvchilar  biologiya  sohalari, 
tiriklik  xususiyatlari,  biologiyani  o ‘ rganish  usullari,  biologiya  fani­
ning  rivojlanishiga  hissa  q o ‘shgan  o ‘zbek  olimlari  bilan  tanishadilar. 
Tiriklik  dunyosi:  bakteriyalar,  zam burug‘ lar,  o ‘simliklar  va  hayvonot 
dunyosi  haqida  umumiy  tushunchalar;  dorivor  va  zaharli  o ‘simliklar, 
sporali  va  urug‘ li  o ‘simliklar  haqida  umumiy  m a’ lumotlar,  um urt­
qasiz  va  umurtqali  hayvonlar,  o ‘simlik  va  hayvonlar  sistematikasi 
haqida  dastlabki  tushunchalarga  ega  b o ‘ lib  boradilar.  Darslikning 
oxirgi  bobida  ekologik  tushunchalar,  insonning  tabiatga  ijobiy  va 
salbiy  ta’ siri,  oziq  zanjiri,  tabiatni  muhofaza  qilish,  muhofaza  qili- 
nadigan  hududlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  «Qizil  kitob»i  haqida 
ma’ lumotlarga  ega  b o ‘ ladilar.
O‘ylaymizki,  biologiya  fanini  o ‘qib  chiqqan  o ‘quvchilar  o ‘simlik 
va  hayvonot  dunyosini  asrashga  o ‘z  hissalarini  q o ‘shadilar.
edurtm_uz
3


I  BOB.  BIOLOGIYA  TIRIK  O R G A N IZ M LA R   HAQIDAGI  FAN
1 - § .   B i o l o g i y a   -   h a y o t   h a q i d a g i   fa n
B io lo g iy a   s o h a la ri.  Biologiya  -   tiriklik,  hayot  haqidagi  fan. 
Yunoncha  «bios»  -   hayot,  «logos»  -   fan,  ta’ limot  degan  m a’ noni 
anglatadi.
O‘rganish  obyektiga  ko‘ra  biologiya  bir  qancha  sohalarga 
b o ‘ linadi:
1)  botanika  -   o ‘simliklar  haqidagi  fan;
2)  zoologiya  -   hayvonlar  haqidagi  fan;
3)  mikologiya  -   zam burug‘ lar  haqidagi  fan;
4)  mikrobiologiya  -   kichik  jonzotlarni  o ‘rganuvchi  fan;
5)  sitologiya  -   hujayra  haqidagi  fan;
6)  anatomiya  -   tirik  organizmning  ichki  tuzilishini  o ‘rganadi;
7)  sistematika  -   tirik  organizmlarni  o ‘xshash  belgilariga  ko‘ ra 
guruhlarga  b o ‘ lib  o ‘rganuvchi  fan;
8)  fiziologiya  -   tirik  organizmda  boradigan  jarayonlarni  o ‘ rganadi;
9)  genetika  -   irsiyat  va  o ‘zgaruvchanlik  haqidagi  fan;
10)  ekologiya  -   tirik  organizmlarning  o ‘zaro  va  tashqi  muhit 
bilan  munosabatlarini  o ‘ rganadi  (1-rasm).
B io lo g iy a   fa n in in g   a h a m iy a ti.  Odamzod  qadimdan  dehqon- 
chilik  va  chorvachilik  bilan  shug‘ ullanib  keladi.  Agar  u  o ‘simliklarning 
tuzilishi  va  xususiyatlarini  yaxshi  bilsa,  m o ‘ l  hosil  oladi,  yaxshi 
darom adga  ega  b o ‘ ladi.  Chorvachilikda  ham  hayvonlarni  qanday 
boqish,  ularda  uchraydigan  kasalliklarni  bartaraf  qilish  choralarini 
yaxshi  bilsa,  q o ‘y  va  mollari  ko‘ payib,  ko‘plab  g o ‘sht  va  teri  mah- 
sulotlarini  olishi  mumkin.
Odam  organizmining  ichki  va  tashqi  tuzilishi,  unda  uchraydi­
gan  kasalliklarni  bilish  orqali  s o g ‘ lom  turmush  tarziga  amal  qi- 
lishni  o ‘rganish  mumkin.  Sog‘ lom  b o ‘ lishning  muhim  shartlaridan 
biri  to ‘g ‘ri  ovqatlanishdir.  Mutafakkir  olimlarimizdan  biri  Abu  Nasr 
Forobiy  «turli  kasalliklar  ovqatlanish  tartibining  buzilishidan  kelib 
chiqadi»  degan  fikrni  bildirgan.  Biz  iste’ mol  qiladigan  meva  va 
sabzavotlar  tarkibida  organizmimiz  uchun  zarur  turli  vitaminlar  va

Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish