Lokal hisoblash tarmoqlari
“Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni
tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni
birlashtiradi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni
xarakteristikalarini ko‘rish yetarli bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha
kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona,
bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o‘lchamlari butun
shaharga teng tarmoq- ni birlashtirish mumkin. Boshqa tomondan, global tarmoqlar
bo‘yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonadagi qo‘shni
stollarda joylashgan kompyuterlar birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal
tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali
interfeyslarning (RS 232-C, Centronis) tashqi razyomlariga yoki kabelsiz infraqizil kanali
bo‘yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni
birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash noto‘g‘ri.
Haqiqatdan ham, real holatda ko‘pincha lokal tarmoq ikkita yoki bir necha o‘nlab
kompyuterlarni birlashtiradi. Bir xil lokal tarmoqlarning imkoniyatlari yuqori, abonentlarni
maksimal soni mingacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri
bo‘lmasa kerak.
Bir xil mualliflar lokal tarmoqni “ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim” deb
ifodalashadi. Bunda faraz qilinadiki, axborot kompyuterdan kompyuterga vositachilarisiz
bir xil muxitda uzatiladi. Biroq, zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muxitda uzatish to‘g‘risida
gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari
va optovolokonlar ham ishlatiladi. “Vositachilarsiz” uzatish deb ifodalash ham juda
aniq emas, chunki zamonaviy lokal tarmoqlarda har xil konsentratorlar, komutatorlar,
marshrutizatorlar, ko‘priklar (mostlar) ishlatiladi. Ular uzatiladigan axborotni juda
murakkab qayta ishlashini amalga oshiradi. Tushunarli emas, ularni vositachi deb atalsa
bo‘ladimi yoki yo‘qmi.
To‘g‘rirog‘i, lokal tarmoq bu shunday tarmoqki, foydalanuvchilar aloqani sezmaslikka
imkon beradi.
Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi,
uning resurslariga hamma foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘ladi, lekin bu kirish bevosita
8
har bir alohida kompyuterga kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas.
Bu holatda qulaylik deganda birinchi navbatta kirishni yuqori real tezligi tushiniladi,
qo‘shish orasidagi axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga
oshiriladi. Bunday ifodalanishda na sekin global tarmoqlar, na sekin aloqa Ketma ket
yoki parallel portlar orqali lokal tarmoqlar degan tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday
ifodalashdan kelib chiqadiki, lokal tarmoqda uzatish tezligi eng ko‘p tarqalgangan
kompyuterlarni ishlash tezligi oshishi bilan albatta oshishi kerak. Shunday holat kuzatilyapti,
agar yaqinda 1-10 Mbit/s uzatish tezligi qoniqarli deb hisoblangan bo‘lsa, bugun esa o‘rta
tezlikdagi tarmoq deb 100 Mbit /s tezlikda ishlaydigan tarmoq hisoblanadi, 1000 Mbit/s
va o‘ndan katta tezlik uchun vositalar faol ishlab chiqilmoqda.
Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda
xatolar darajasi past, prinsipial suratda bo‘lishi zarur. Axir juda tez uzatilgan bo‘lsa ham,
xatolar bilan buzilgan axborot manosiz bo‘ladi – uni yana bir uzatish kerak bo‘ladi.
Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan
foydalaniladi. Tarmoqning yana prinsipial axamiyati shundan iboratki u katta yuklanishda
ishlash imkoniyati, ya’ni katta intensive axborot almashunuvidadir (yoki katta trafik bilan).
Agar tarmoqda foydalanadigan almashuvni boshqarish me-xanizmi unga effektiv
bo‘lmasa, unda uzatish uchun kompyuterlar o‘z navbatini xaddan tashqari uzoq kutishi
mumkin. Keyin uzatish eng katta tezlikda olib boriladigan va butunlay xatosiz bo‘lsa
ham, tarmoqdan foydalanuvchiga bu baribir barcha tarmoqdagi resurslarga kirish to‘g‘ri
kelmaydigan ushlab qolishlarga aylanadi.
Har qanday almashuvni boshqaradigan mexanizm kafolatli shunday ishlashi mumkinki,
agar qancha kompyuterlar abonentlar, uzellar tarmoqga ulanishi oldindan ma’lum bo‘lsa.
Yoqilganda ko‘p abonentlarni ulash ko‘zda tutilmagan, me-xanizm buzilishi mumkin.
Va nixoyat, tarmoq deb bu so‘zni asl ma’nosiga qaraganda shunday ma’lumotlarni uzatish
tizimiki, u o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradigan, lekin standart portlari orqali aloqa
holatiga o‘xshab ikkita emas. Shunday qilib, lokal tarmoqlar-ning farq qiluvchi belgilari
quyidagicha:
• uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati;
• uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar
uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak;
• effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi.
• chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni.
Bunday ta’riflagandan tushunarliki, global tarmoqlar lokallardan farqli shunki ular
abonentlar sonini chegaralanmaslikka hisoblangan bo‘lib unga sifatli bo‘lmagan aloqa
kanallardan foydalanib uzatish tezligi past bo‘ladi, almashuv boshqarish mexanizmi esa
ularda tez bo‘lmasligi kafolatlangan. Global tarmoqlarda aloqa sifati uncha muhim emas,
uning borlig‘i hisobdir.
Ko‘pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir sinfini ajratishadi – shaxar tarmoqlari
(MAN, Metropolitan Area Network). Ular global tarmoqlarga yaqinroq bo‘ladi, lekin
ba’zan lokal tarmoq xususiyatiga ega bo‘lishadi, masalan yuqori sifatli aloqa kanallari va
nisbatan uzatishni yuqori tezligi.
9
Shahar tarmog‘i o‘zining hamma afzalliklari bilan haqiqatan ham lokal bo‘lishi
mumkin. To‘g‘risi xozir lokal va global tarmoqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani
o‘tkazish mumkin emas.
Ko‘p sonli lokal tarmoqlar global tarmoqga chiqishga ega, lekin axborot uzatish
xarakteri, almashuvni tashkil etish prinsiplari, lokal tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi
odatda global tarmoqlarda qabul qilingandan katta farq qiladi. Bunda lokal tarmog‘ining
barcha kompyuterlari global tarmoqga ulangani bilan lokal tarmoqlar xususiyatlarini
bekor qilmaydi. Global tarmoqga chiqish imkoni lokal tarmog‘idan foydalanuvchilarning
birga ishlatish resurslardan biri bo‘lib qoladi. Lokal tarmog‘idan xilma-xil sonli axborot
uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar telefon orqali gaplashuvlar, elektron xatlar va
hakozo. Aytgandek, huddi shunday tasvir uzatish masalasi, ayniqsa to‘liq rangli dinamik
tasvirlarga tarmoqni tez ishlashi uchun eng yuqori talablar qo‘yiladi. Ko‘pincha lokal
tarmoqlarni diskli fazo, printerlar va global tarmoqga chiqish resurslarni birga ishlatishda
foydalaniladi, lekin bu lokal tarmoqlar vositalari imkoniyatlarining juda kam qismidir.
Masalan, ular har xil turdagi kompyuterlar orasida axborotlarni almashuvini bajarishga
imkon beradi. Faqat kompyuterlar emas balki boshqa qurilmalar, masalan, printerlar,
plotterlar, skanerlar tarmoqning abonentlari (uzellari) bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar
tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon
yaratadi.
Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir
vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak.
Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuvchi kabellarni o‘tkazish va
personalni o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi
kerak, u tarmoqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni
boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilaydi yani u tarmoq administratoridir.Tarmoqlar
kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini chegaralab
qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bundan
tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muxit hisoblanadi, shuning
uchun kompyuterlardan avtonom foydalanishga qaratadi himoyalash masalalarga ko‘proq
etibor berishga to‘g‘ri keladi. Hech narsa bekorga kelmaydi.Tarmoqlar nazariyasini asosiy
tushunchalarini eslatib o‘tamiz, ular server va kliyent. Server deb tarmoqni abonenti (uzeli)
bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etib, o‘zi esa boshqa abonentni
resurslardan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi. Tarmoqda serverlar bir
nechta bo‘lishi mumkin, quvvatli kompyuter server bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server
tarmoqdagi masalalar bilan shug‘ullanadi. Ajratilgan server tarmoqga xizmat qilishdan
tashqari boshqa masalalar bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘ziga xos server turi tarmoqli
printer. Kliyent bu tarmoq-ni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi,
o‘zi esa o‘zining resurslarini tarmoqga bermaydi, tarmoq unga xizmat qiladi. Ko‘pincha
kompyuter – klientni ishchi stansiyasi deb atashadi. Har bir kompyuter bir vaqtda ham
kliyent, ham server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va klient deganda kompyuterlarni
emas, balki ular uchun ishlaydigan dasturlar ilovalarini tushuniladi.
10
Bu holatda resurs faqat beradigan ilovani server deyiladi, agar ilova tarmoqdagi
resurslardan faqat foydalansa kliyent deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |