169
Biologiya 10
oziqli probirkaga A geni bo‘yicha geterozigota bo‘lgan ikkitadan erkak va urg‘ochi
drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatish o‘tkazdi. Bir necha
bo‘g‘indan so‘ng probirkalardagi drozofilalar tekshirilganda, ba’zi populatsiyada faqat
mutant gomozigota borligi, boshqa populatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi,
uchinchilarida esa dominant hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi ( -rasm).
Demak, genlar dreyfi populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladi.
Genlar
dreyfi tabiiy ofatlar (oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning keng
tarqalishi va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib
ketganida aniq namoyon boʻladi.
-rasm.Genlar dreyfi (S.Rayt tajribasi)
-rasm. Populyatsiya to’lqini
Populatsiya to‘lqini
populatsiyani tashkil etgan individlar sonining davriy o‘zgarib
turish hodisasidir. Ob-havo qulay bo‘lgan yillari ayrim hayvon, o‘simlik turiga kiruvchi
organizmlarning ko‘payib ketishi, hayot uchun noqulay bo‘lgan yillarda esa keskin
kamayib ketadi. Bahorda yog‘in-sochin ko‘p bo‘lgan yillarda bir yillik, ko‘p yillik o‘t
o‘simliklar:
boychechak, yaltirbosh, qo‘ng‘irbosh, qoqio‘t, ituzum avj olib o‘sib, ko‘p urug‘
beradi. Natijada ular bilan oziqlanuvchi hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlar soni ham ko‘payib
ketishi mumkin.
Hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlarning ko‘payishi o‘z navbatida hasharotxo‘r qushlar,
yirtqich hayvonlar sonining ham ortishiga olib keladi. Individlar sonining ortishi ular
orasida kasalliklarning tarqalishiga va individlar sonining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Populatsiya tarkibidagi organizmlarning son jihatdan ortib ketishi yoki nihoyatda
kamayib ketishi populatsiya to‘lqini deb ataladi.
Populatsiya to‘lqini harorat, namlik, yorug‘likning mavsumiy o‘zgarishi, oziq
miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, tabiiy ofatlar tufayli yuz berishi mumkin. Populatsiya
to‘lqini natijasida ayrim
individlar soni ortishi, ba’zilari sonini kamayishi kuzatiladi.
Halok bo‘lgan individlardagi genlar va ularga mos belgilar populatsiya doirasida yo‘qolib
boradi. Yashab qolgan individlarning genofondi saqlanib qoladi. Bunday voqealarning
tez-tez takrorlanishi populatsiya genofondining o‘zgari shiga sabab bo‘ladi.
Alohidalanish
. Tabiatda populatsiyalarning aralashib ketishiga geografik, biologik,
ekologik va boshqa alohidalanishlar toʻsqinlik qiladi. Alohidalanish har xil populatsiyalar
individlarining qisman yoki to‘liq chatishmasligidir.
Populatsiyalar orasida genlar oqimi bo‘lib turganda, ularda genetik farqlar
to‘planmaydi. Alohidalanish esa irsiy axborot almashinuvini to‘xtatadi va populatsiyani
yangi mustaqil genetik tuzilmaga aylantiradi. Alohidalanishning bir qancha turlari farq
qilinadi.
Geografik alohidalanish
daryolar, tog‘lar va boshqa geografik to‘siqlarning
170
Biologiya 10
paydo bo‘lishi natijasida populatsiyalarning alohidalanishidir.
Ekologik alohidalanish
esa bir turning populatsiyalari tur tarqalgan arealning
turli qismlarida turli muhitda yashashi natijasida bir-biri bilan chatishmasligiga olib
keladi.
Biologik alohidalanish
tur ichidagi individlarning jinsiy organlaridagi tafovutlar,
o‘simliklarda gulning tuzilishidagi farqlarning yuzaga kelishi natijasida organizmlarning
chatishmasligiga olib keladi.
Etologik alohidalanish
hayvonlarning xatti-harakati bilan aloqador. Ba’zi
qushlarning o‘ziga xos
sayrashi, urg‘ochisini o‘ziga jalb qilishi bilan bir-biridan farq
qilishi bunga yorqin misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: