Tayanch so‘zlar: populatsiya, areal, genlar dreyfi , geografi k alohidalanish,
ekologik alohidalanish, reproduktiv alohidalanish.
Savol va topshiriqlar:
1. Populatsiya deb nimaga aytiladi?
2. Populatsiya genofondidagi genlarning tasodifi y o‘zgarishi nima deyiladi?
3. Populatsiya to‘lqini nima?
4. Populatsiya genofondi qaysi jarayonlar natijasida o‘zgaradi?
5. Organizmlarda alohidalanish xillarini aytib bering.
2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Mavzu: Turning morfologik mezonini aniqlash.
Lаbоrаtоriya mashg‘ulоtining mаqsаdi: ta’lim muassasalari atrofi da keng
tarqalgan ikki xil tur yoki uning gerbariysi, yoki kolleksiyasidan foydalanib turning
morfologik mezoni bilan tanishish, turga xos morfologik belgilarni aniqlay olish,
morfologik mezonga ko‘ra individlarning bir turga yoki har xil turga mansubligini
aniqlash.
Lаbоrаtоriya jihоzlаri: 2 ta turga mansub o‘simliklarning 3–5 tadan
gerbariysi yoki tirik namunalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |