Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlar.
Hayvonlar va
o‘simliklarning tarixiy rivojlanishida aromorfozlar idioadaptatsiyaga nisbatan
kam uchraydi. Shunga qaramay aromorfozlar organik olamning rivojlanishida
doimo yangi, yuqori bosqich amalga oshganligini ifodalaydi. Aromorfoz
yo‘nalishi tufayli tuzilishi murakkablashgan organizmlar ajdodlarga nisbatan
yangi o‘zgargan muhitga ko‘proq moslashadilar. Bu moslashish evolutsiyaning
idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya yo‘nalishi bilan mustahkamlanib
boradi. Binobarin, har bir aromorfozdan so‘ng idioadaptatsiyalar uchun yangi
imkoniyatlar yaraladi. Idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya esa aromorfoz
yo‘li bilan paydo bo‘lgan organizmlarning tuzilish darajasini oshirmagan holda
muhitga moslashib olishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |