Biolog 10 indd



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/343
Sana13.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#354708
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   343
Bog'liq
@Kitob Darsliklar 10-sinf Biologiya

Hayvonlarni  klonlash.
  Bir  bakteriya  hujayrasi  bo‘linishi  natijasida  hosil 
bo‘lgan  bakteriya  koloniyasiga  klon  deb  aytiladi.  O‘simliklarning  kloni  bir 
hujayradan  sun’iy  sharoitda  ko‘paytirilib  yoki  vegetativ  ko‘paytirish  usuli 
bilan  olinadi.  Yuksak  hayvonlar  vegetativ  yo‘l  bilan  ko‘paymasligi  sababli 
ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 
1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida 
yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi (73-rasm). 
73-rasm. 
1 – baqaning yadrosi olib 
tashlangan tuxum hujayrasi; 
2, 3, 4, 5 – yadrosi olib tashlan-
gan tuxum hujayraga itbaliq ichak 
hujayrasi yadrosining ko‘chirib 
o‘tkazilishi; 6 – yosh baqaning 
rivojlanishi.
1997-yil  Shotlandiyaning  Roslin  instituti  olimlari  qo‘yning  klonini 
yaratdilar.  Bu  tajribaga  qadar  yadrosi  olib  tashlangan  zigotaga  boshqa 
embrional  hujayradan  olingan  yadro  ko‘chirib  o‘tkazilar  va  hosil  bo‘lgan 
transplant  tuxum  hujayra  o‘gay  ona  bachadoniga  kiritilar  (implantatsiya 
qilinar)  edi.  Shotlandiyaning  Roslin  instituti  olimlari  erishgan  natijalarning 
J.  Gyordon  tajribasidan  farqi  shundaki,  ular  ilk  bor  yadrosi  olib  tashlangan 
zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni 
kiritib, yetuk organizm oldilar (74-rasm).


141
Gibridomalar
.  Hujayra  muhandisligi  rivojlanishi  gibridomalar  olish 
biotexnologiyasini  vujudga  keltirdi  va  monoklonal  antitanalar  sintez  qilish 
imkonini yaratdi.
Ma’lumki,  normal  hujayralar  juda
 
sekin  bo‘linib  ko‘payadi  va  ularning 
bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali 
oqsil  sintezlovchi  normal  hujayra  biomassasini  sun’iy  sharoitda  ko‘paytirib, 
shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan 
yetarli  biomassa  olish  cheklangan  bo‘lganligi  uchun  bunday  muammolar  o‘z 
yechimini topmagan edi.
74-rasm.
 Qo‘y klonining yaratilishi. 
1975-yilda  ingliz  olimlari  Keler  va  Milshteyn  sun’iy  sharoitda  antitana 
sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini 
bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. 
Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana 
sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi.
Gibridoma  hujayrasini  maqsadga  muvofi q  har  qanday  hujayrani  rak 
hujayrasi  bilan  biriktirish  yo‘li  bilan  hosil  qilish  mumkin.  Bu  texnologiyani 



142
hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida 
gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra mu-
handisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish