Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda
esa tashqi muhit
omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda
o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida
kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan
nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan
naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy
o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda
muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga
qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari
bilan avvalgi boblarda tanishgansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |