populatsiya to‘lqini
deb
ataladi (80-rasm).
Populatsiya to‘lqini harorat, namlik, yorug‘likning mavsumiy o‘zga rishi,
oziq miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, tabiiy ofatlar tufayli yuz berishi
mumkin. Populatsiya to‘lqini natijasida ayrim individlar soni ortishi, ba’zilari
sonini kamayishi kuzatiladi. Halok bo‘lgan individlardagi genlar va ularga mos
belgilar populatsiya doirasida yo‘qolib boradi. Yashab qolgan individlarning
genofondi saqlanib qoladi. Bunday voqealarning tez-tez takrorlanishi
populatsiya genofondining o‘zgari shiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |