2. Kislorodsiz bosqich. Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik
bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza
kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning
ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula
glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C
3
H
6
O
3
), 2 molekula ATF hosil bo‘ladi,
hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz
parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% i
ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida
tarqalib ketadi.
C
Do'stlaringiz bilan baham: |