Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini
urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi,
murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning
hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik,
ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga
yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinfi : baliqlar, suvda hamda
quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar
embrional rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida bir-biriga juda o‘xshash
bo‘lib, ularning bosh, tana, dum, tomoqlari yonida jabra yoriqlari bo‘ladi.
Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o‘xshashlik
kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi , turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos
belgi-xossalar paydo bo‘la boshlaydi. Chunonchi, gorilla bilan odam embrioni
dastlab o‘xshash bo‘lsa-da, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam
embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligini
ko‘rish mumkin.
Binobarin, har bir hayvonning embrional rivojlanishda oldin katta, pirovar-
dida esa kichik sistematik birliklarga xos belgilar rivojlanadi. Boshqacha ayt-
gan da, embrional rivojlanishda tarixiy rivojlanishning qisqacha takrorlanishi
hamda belgilarning umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi
(109-rasm). Bu biogenetik qonun deb ataladi. Biogenetik qonun hayvonot
dunyosida o‘z ifodasini topadi. Masalan, baqa itbalig‘i suvda ham quruqlikda
yashovchilarning ajdodlari bo‘lmish baliqlarning rivojlanish bosqichini
takrorlaydi. Biogenetik qonun o‘simliklarga ham taalluqlidir. Chigitdan ungan
madaniy g‘o‘za navlarida oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik bo‘lakli barglar
hosil bo‘ladi. Yovvoyi g‘o‘za turlari raymondiy, klotshianium poyasidagi
barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat. Lekin shaxsiy rivojlanishda
organizmlar tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari
takrorlanadi, boshqalari tushib qoladi. U ajdodlar tarixiy rivojlanishi million
yillar davom etganligi; shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o‘tishi
bilan izohlanadi. Ikkinchidan, ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas,
balki faqat embrion bosqichlari qaytariladi.
109-rasm. Umurtqalilarda embrional rivojlanish bosqichlari.
Filogenez ontogenezga ta’sir ko‘rsatar ekan, ontogenez fi logenezga ta’sir
ko‘rsatmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shuni qayd etish lozimki,
ontogenezda faqat ajdodlarning ba’zi bosqichlari tushibgina qolmay, ba’zan
ularda kuzatilmagan o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Buni rus olimi A. N. Seversov
o‘zining fi loembriogenez nazariyasi bilan isbotlab berdi. Ma’lumki, mutatsion
o‘zgaruvchanlik individ embrion rivojining har xil bosqichlarida sodir bo‘ladi.
Foydali mutatsiyaga ega organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda
g‘olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan naslga berib, oqibatda fi logenez
borishini o‘zgartiradi. Masalan, sudralib yuruvchilar terisida epitelial va uning
204
205
ostidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari rivojlanib, tangachalar hosil qiladi.
Sutemizuvchilarda esa epitelial va biriktiruvchi to‘qima hosilalari rivojini
o‘zgartirib, teri orasida soch xaltasini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |