198
199
farq qilishi bilan ajralib turadi. Shunday
usul da alohidalashgan populatsiyalardan
ke yin cha lik mu ta tsion o‘zgaruvchanlik,
tabiiy tan la nish tufayli yangi turlar paydo
bo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo
bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona bitta ajdod
baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan
18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqa tur-
kumining bir ajdod turidan 250 ta yangi
tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari
sim patrik yo‘nalishdagi yangi turlarning
paydo bo‘ lishi ekologik alohidalanish
nati jasi ekanligidan dalolat beradi.
Ekologik alohidalanish natijasida
umu miy areal doirasida chittaklarning
5 turi kelib chiqqan. Katta chittak bog‘larda
yirik hasharotlar bilan, moskovka chitta-
gi hasharotlar tu xumlari va qurtlari bilan,
lazorevka chittagi daraxt, butalar po‘st-
log‘i orasidagi mayda hasharotlar bilan,
kokilchali chittak esa o‘simlik urug‘lari
bilan oziqlanadi.
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning
hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi
hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida
xromosomalarning tarqalishi buziladi. Xromosoma sonining ortishi yoki
kamayishi yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ ladi. Murakkabguldoshlar
oila si ga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida
12 dan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Hujayraning bo‘linish
duki (urchuqi)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni hujayra ning
ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploid
turlarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali,
tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi
aniqlangan. Polipoid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega tur lar ga
nisbatan muhitning noqulay sharoit lariga ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi.
Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Chunonchi,
olxo‘ri olcha bilan tog‘olchaning chatishi shidan so‘ng xromo somalar sonining
ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid
to‘plami 16, tog‘olchada esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragay da xromo-
somaning gaploid to‘plami 24 ga teng. Olimlarning fi kricha, xromosoma ning
gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi
bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa
ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze
g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: