90-rasm. Qoramol zotlari va ularning ajdodi.
Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mum-
kinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. XX asr ikkinchi
yarmida akademik K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hay-
von larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi.
U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning
odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir
guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga
tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi
guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
K. D. Belyayev uchinchi guruhga mansub erkak va urg‘ochi tulkilarni
ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez
ko‘nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida
sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga
tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan tulkilar chiqarildi. Xatti-
harakatiga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik
va fi ziologik belgilari ham o‘zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan,
dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda
yilda bir marta–aprelda urchisa, xonakilashtirilganlari esa ikki marotaba
dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchigan.
Darvin sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi tanlash uchun olin-
gan organizmlarning son jihatdan ko‘pligiga, ulardagi individual o‘zgaruv-
chanlikka, seleksionerning tajribasi va sinchkovligiga, tanlash olib borilayot gan
organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga, tanlash ta’sirini irsiy o‘zga-
ruvchanlik tufayli to‘plana borishiga bog‘liq deb hisoblagan.
Sun’iy tanlash o‘zida bir-birini to‘ldiruvchi uch hodisani mujas samlash-
tiradi: ko‘zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlash; inson
talablariga mos bo‘lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarish; chatishtirish
uchun zarur bo‘lgan ota-ona formalarini saralash hamda ulardan yangi-yangi
nasl olish.
Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda irsiy o‘zgaruvchanlik va sun’iy
tanlash asosiy omil, ya’ni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Darvin zamoniga
nisbatan hozirgi vaqtda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan.
Darvin sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish,
yovvoyi o‘simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi-xossalarini
o‘zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydigan orga-
nizmlarda ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y berishi mumkin degan fi krga
keldi. U har qanday o‘simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan,
Do'stlaringiz bilan baham: |