O‘simliklarning mineral oziqlanishi. Yashil o‘simliklar organizmidagi
hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsillar, lipidlar, nuklein
kislotalar, viraminlar, fi togormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod,
vodorod, kisloroddan tashqari azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar
ham kiradi. Bu elementlar o‘simliklar tomonidan mineral moddalar: sulfatlar,
nitratlar, fosfatlar ko‘rinishida qabul qilinadi. O‘simliklar suvda erigan mineral
moddalarni tuproqdan shimib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |