Tayanch so‘zlar: matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya,
genetik kod, start kodon, stop kodon.
Savol va topshiriqlar:
1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.
2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.
3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Matritsali sintez nima?
5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?
6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.
11-§. HUJAYRANING HAYOT SIKLI
Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga
o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir
bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta
DNK dan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli
DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkita
xromatidadan iborat bo‘ladi. Yadro bo‘linishidan avval xromosomalar yorug‘lik
mikroskopida aniq ko‘rinmaydigan, lekin maxsus bo‘yoqlar yordamida
bo‘yaladigan uzun va ingichka tuzilmalar holida bo‘lib, bu tuzilmalar xromatin
deb ataladi. Spirallanish darajasiga ko‘ra xromatinda ikki xil qismlarni farqlash
mumkin.
Euxromatin – xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay-
digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatin – xromatinning
spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi.
Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan,
yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin-
chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan.
«Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash,
hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning
o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan
naslga o‘tishini ta’minlash.
Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra DNK (40%) va oqsillar (60%)dan
tarkib topgan. DNK irsiy axborotni saqlash, oqsillar tuzilma va regulatsiya
(boshqarish) funksiyalarini bajaradi. Bo‘linayotgan hujayrada xromosomalar
kuchli spirallashuvi tufayli irsiy material ixcham shaklga kiradi. Bu holat
xromosomalarning mitoz davrida hujayra bo‘ylab harakatlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi 2 metr
bo‘lsa, spirallashgan xromosomalarning umumiy uzunligi 150 mkm (mikron)
ga teng bo‘lib qoladi (28-rasm).
Xromosomalar bo‘linayotgan hujayralarda, ay niq sa, mitozning meta-
fazasida yorug‘lik mikrosko pida yaxshi ko‘rinadi. Bunday xromosomalar
ikkita yelkadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida birlamchi belbog‘ (sentromera)
joylashadi. Xromosomalarning shakli aynan sentro meraning joylashuviga
bog‘ liq.
Asosan uch xil tipdagi xromosomalar farq la nadi: 1) teng yelkali –
Do'stlaringiz bilan baham: |