Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar


PZR usulini amalga oshirishning umumiy tamoyillari, afzalliklari va ko'llanishi



Download 170,61 Kb.
bet35/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

93. PZR usulini amalga oshirishning umumiy tamoyillari, afzalliklari va ko'llanishi.
Polimeraza zanjir reaksiyasi. Polimeraza zanjir reaksiyasi ( PZR ) usuli 1983 - yilda Kerri Mullis tomonidan taklif qilingan ( Nobel mukofoti , 1993 - yil ) boʻlib , bu XX asrning molekulyar biologiya sohasidagi muhim kashfiyoti edi . Bu usul in vitro sharoitida har qanday DNK namunalarini matritsa sifatida ishlatib , uzunligi bir necha o'ndan bir necha yuz juft nukleotidgacha boʻlgan DNK qismlarini spetsifik amplifikatsiya qilishga imkon beradi . PZRni amalga oshirish uchun amplifikatsiya qilinishi kerak boʻlgan sohaning nukleotid ketma - ketligini bilish shart . DNKning tekshirilayotgan qismini sun'iy ravishda sintezlangan va uzunligi 15 tadan 30 tagacha nukleotid juftidan tashkil topgan ikki praymerlar bilan gibridizatsiya qilinadi , ular DNKning amplifikatsiya qilinadigan komplementar bo'ladi . Praymerlar orasidagi masofa sintez qilinadigan sohasidagi kodlovchi va kodlamaydigan zanjirlarning 3 ' - uchlariga molekulalarning uzunligini belgilaydi . PZR usulida matritsa sifatida har qanday DNK xilini ishlatish mumkin , masalan odamning genomi DNKsi , turli xil pro- va eukariotlar DNKsi , hujayralar kulturasidan ajratilgan DNK , genlar " kutubxonalari ” dan va boshqa manbalardan olingan DNK . Usul tekshirilayotgan DNKning ko'p miqdorda bo'lishini talab qilmaydi , umuman olganda bir dona molekulaning bo'lishi yetarli , masalan , boshdagi bitta soch tolasi , bir tomchi qon yoki sperma tarkibidagi bir dona molekula kifoya . Usulni ishlab chiqishdagi muvaffaqiyat ko'p jihatdan ferment sifatida issiq geyzer buloqlarda yashovchi bakteriyalardan ajratib olingan va yuqori harorat ta'siriga chidamli bo'lgan termofil DNK polimerazani ishlatilishi bilan bog'liq . Bizni qiziqtirgan DNKni hosil qilish uchun reaksion aralashmada o'rganilayotgan DNK namunasi , reaksiya substratlari — 4 xil dNTF , 2 ta praymer , termostabil yoki Taq - polimeraza va Mg2 + ionlarini tutuvchi bufer boʻladi . Har bir polimerizatsiya sikli 3 bosqichni o'z ichiga oladi ( 6.3 - rasm ) : erish : 90-97 ° C haroratda o'rganilayotgan ikki zanjirli DNK namunasi denaturatsiyaga uchraydi va bir zanjirli shaklga o'tadi ; - DNKning praymerlar bilan gibridizatsiyasi : matritsa DNKning har bir zanjiri bilan praymerlarning komplementar bogʻlanishi va har ikki DNK ipida ikki zanjirli sohalarning shakllanishi ; elongatsiya : matritsa DNKga komplementar ravishda Taq - poli meraza ta'sirida DNK iplarining 5 ' - uchidan 3 ' - uchiga tomon uzayishi . Keyin harorat yana ko'tariladi va erish bosqichi takrorlanadi . bunda yuqori harorat tufayli DNK sintezi to'xtab , matritsa va yangi sintezlangan DNK molekulalari orasidagi ikki zanjirli soha denatu ratsiyaga uchraydi . Ikkinchi va undan keyingi sikllarda praymerlar ham dastlabki matritsa DNK , ham miqdori geometrik progressiya boʻyicha koʻpayayotgan yangi sintezlangan DNK molekulalari bilan gibridizatsiyalanadi . Eng oxirgi siklda DNK sintezining to'xtashi haroratning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lmay , balki DNK - polimera zaning amplifikatsiya qilinayotgan qismning chegarasiga yetib bor ganligi bilan tushuntiriladi , bu holat hosil bo'lgan mahsulot oʻlchami ning bir nukleotid darajasigacha o'ta aniqligini belgilaydi . Siklning har bir bosqichi bir necha o'n soniyadan 1-3 daqiqagacha davom etadi , natijada toʻliq sikl bir daqiqadan bir necha daqiqagacha bo'lgan vaqtda sodir bo'ladi .

Yuqorida keltirilgan DNKni amplifikatsiya qilish jarayoni maxsus qurilmada ( siklizator yoki termotsikler , DNK amplifikatori ) avtomatik ravishda amalga oshiriladi . Bunday qurilmada sikllarning kerakli miqdorini belgilash hamda vaqt va haroratning optimal ko'rsatkichlarini tanlash mumkin . 25-30 sikl davomida sintezlangan DNK nusxalari soni bir necha millionga yetadi . PZR yordamida mutatsiyalar yoki saytlar polimorfizmi mavjudligi taxmin qilingan DNK sohalarining kerakli miqdorda nusxalarini olish , bemorlarning virusli , bakterial va zamburug'li kasallik qo'zg'atuvchilari bilan infitsirlanganligini aniqlash mumkin .

Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish