О t tosh kasalligi — patologik jarayon, bunda o ‘t pufagida toshlar hosil bo ladi, ulaming asosini xolesterol tashkil etadi. Xolesterolning o‘tga chiqarilishi xolesterol gidrofob molekulasini o‘tda mitsella holatida saqlab turuvchi o't kislotalari va fosfolipidlar chiqarilishi bilan proporsional bo‘ lishi kerak (6.4-jadval). 6.4-jadval 0 ‘t tarkibi O't tarkibi Miqdori, mmol/l O't kislotalari Fosfatidilxolin Xolesterol 0 ‘t pigmentlari 310 8 25 3.2 0 4 tosh kasalligi bilan og‘rigan ko‘pchilik bemorlarda GMGKoA-reduktaza faolligi yuqori, demak xolesterol sintezi ortgan. 162 o‘t kislotalar sintezida qatnashuvchi 7 a-gidroksilaza faolligi esa pasaygan. Natijada xolesterol sintezi ko‘paygan, o ‘t kislotalar sintezi esa sekinlashgan, bu esa ajralayotgan o‘t tarkibida xolesterol va o ‘t kislotalar nisbatining o‘zgarishiga olib keladi. Agar bu nisbatlar o‘zgarsa, o‘t pufagida xolesterol cho‘ka boshlaydi, awal cho‘ziluvchan cho'kma hosil qiladi, keyinchalik u qattiqlasha boshlaydi. Ba’zida unga gemning parchalanish mahsuloti — bilirubin, oqsillar va kalsiy tuzlari shimiladi. 0 ‘t pufagida hosil bo‘ luvchi toshlar faqat xolesteroldan (xolesterinli toshlar) yoki xolesterol, bilirubin, oqsil va kalsiy aralashmalaridan tarkib topishi mumkin. Xolesterinli toshlar, odatda, oq rangli, aralash toshlar esa jigarrang bo‘ ladi. 0 ‘t tarkibida o‘t kislotalar va xolesterol nisbatining o‘zgarishiga olib keluvchi sabablar ko‘ p: xolesterolga boy ovqat, giperkaloriyali ovqatlanish, o ‘t pufagida o ‘tning dimlanib qolishi, enterogepatik sirkulyatsiyaning buzilishi, o't kislotalar sintezining buzilishi, o ‘t pufagida infeksiya rivojlanishi shular jumlasidandir. Agar toshlar o‘t pufagidan o‘t yoilariga harakatlansa, ular o ‘t pufagi va yo‘ llarida spazmni vujudga keltiradi, bemor qattiq og‘riq sezadi. Agar tosh bir oz vaqt o‘t yoMini berkitsa, o ‘tning ichakka tushishi buziladi, o‘t pigmentlari gepatotsit membranalari orqali sinusoidlarga o‘tadi va qonga tushadi, natijada obturatsion (jigar osti) sariqligi rivojianadi. 0 ‘t tosh kasalligini davolash. Tosh hosil bo‘ lishining boshlang‘ ich bosqichida dori vositasi sifatida xenodezoksiholat kislotadan foydalanish mumkin. Bu o ‘t kislota o‘t pufagiga tushgandan so‘ng xolesterol cho‘kmalarini asta-sekin eritadi (xolesterinli toshlar), lekin bu jarayon sekin, bir necha oy boradi.
Azot balansi va oqsillarning biologik qiymati. Oshqozon-ichak traktida oqsillarning hazm bo'lishi va so'rilishi.
Musbat va manfiy azot balansi Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan organizmda chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida) azot miqdori o‘rtasidagi farqdir. Katta yoshdagi sog‘lom odamda ovqat normal bo‘lganida azot muvozanati qaror topadi, yani organizmdan 257 chiqariladigan azot miqdori unga tushadigan azot miqdoriga teng bo‘lib turadi. Organizm unib-osib boradigan davrda shuningdek, holdan toydiradigan kasalliklardan sogayib kelinayotgan paytda organizmga tushib turadigandan ko‘ra kamroq azot chiqarib turiladi. Bu musbat azot balansidir. Odam qariganda, och qolganda va holdan toydiradigan kasalliklar avjida azot tushganidan ko‘proq chiqib turadi. Bu manfiy azot balansidir. Kaloriyalarning soni jihatidan yetarli bo‘lgan ratsionda azot muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori 30-50 g ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish qobiliyati uchun zarur optimumni ta’minlab bermaydi. Ortacha jismoniy mehnat bilan shugullanuvchi katta yoshli odam bir kecha-kunduzda 100 g oqsil qabul qilishi kerak. Oqsillarning biologik qiymati Yaxlit organizmni oqsil almashinuvining holati faqat ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki uning tarkibini sifatiga ham bog‘liqdir. Xilma-xil oqsillar turlicha biologik qiymatga egadir. Shunga ko‘ra organizmning plastik ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil ovqat oqsillarni iste’mol qilish lozim. Ehtimol, iste’mol qilinadigan ovqat oqsilning aminokislota tarkibi tana oqsillarining aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo‘lsa, bunday oqsillarning biologik qiymati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat oqsilining o‘zlashtirilishi darajasi oshqozon-ichak yoli fermentlari ta’sirida uning parchalanishiga bog‘liqdir. Qator oqsil moddalari, masalan: jun, sochlar va boshqalar, tana oqsillarining aminokislotasi tarkibiga yaqin bo‘lishiga qaramay, ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi. Chunki ular ichak proteazalari ta sirida gidrolizlanmaydi. Gosht, sut, tuxum oqsillarining biologik qiymati birmuncha yuqoridir, chunki ularning aminokislotasi tarkibi tana oqsillari aminokislotasi tarkibiga yaqindir va ichak fermentlari ta’sirida oson parchalanadi. Oqsillarning biologik qiymati tushunchasi bilan essensial almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar «tarkibi nima?» degan savol chambarchas bog‘langandir. Shuni takidlash kerakki, odam organizmida 20 aminokislotalardan faqat 9 tasigina sintezlanib, ular almashtirib bo‘ladigan aminokislotalardir; (uglevodlar va lipidlar almashinuvi mahsulotlaridan sintezlanadi), 3 tasi yarim almashinib bo‘ladigan (21- jadval). Qolgan 8 ta aminokislota organizmda sintezlanmaydi, shuning uchun ular hayotiy muhim, essensial yoki almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Oqsillar hazmlanishi Oqsillar va peptidlarni hazmlanishida ishtirok etuvchi proteolitik fermentlar oshqozon-ichak yollarida proferment sifatida sintezlanadi va ajralib chiqadi. Ular nofaoldir va ozining oqsillarini parchalamaydi. Me’dada oqsillarni hazmlanishi Me’dada oqsillar pepsin proteolitik ferment ta’sirida hazm bo‘lib boradi va bu jarayonda me’da shirasining xlorid kislotasi muhim rol o‘ynaydi. Xlorid kislota me’da bezlarining qoshimcha hujayralarida hosil bo‘ladi va me’da boshligiga ajralib chiqadi. Me’da boshligida uning konsentratsiyasi 0,16 M (taxminan 0,5% ga) yetadi. Shuning hisobiga me’da shirasiga pH qimmati pastdir, yani 1-2 atrofida bo‘ladi. Emadigan yosh bolalarning me’da shirasida sutni ivitadigan renin fermenti bo‘ladi. Ca2+ ishtirokida renin sutning erigan kazeinlarini erimaydigan shaklga aylantiradi. Ma’lumki, suyuqliklar me’dada uzoq turmaydi. Sut ivitishning fiziologik ahamiyati uning oqsillari hazm bo‘ladigan vaqtgacha me’dada ushlab turishdan iboratdir. Katta yoshli odamlar me’dasida renin bo‘lmaydi. Ularda sut kislotali muhit bilan pepsinning birgalikda ta’sir qilishi natijasida ivib ketadi. Me’dada, pepsin ta’sirida, oqsillardan turli xil kattalikda polipeptidlar va ehtimol, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. Me da shirasi rangsiz suyuqlik bo‘lib, kuchli kislotali reaksiyaga egadir. Odamda sutkasiga 1,5 litr oshqozon shirasi ajralib chiqadi.Uning tarkibida suv, oqsillar, fermentlar (pepsin, gastriksin, renin, mutsin, gastrin gormoni, xlorid kislota, kislota muhiti yaratuvchi fosfatlar va qator boshqa moddalar) mavjuddir Me’da bezlarining asosiy hujayralarida pepsinning o‘tmishdoshi pepsinogen oqsil sintezlanadi. Uning molekulyar og‘irligi 40000. Pepsinogen polipeptid zanjiri pepsin (molekulyar massasi 34000), pepsin ingibitori (molekulyar massasi 3100) va qoldiq polipeptiddan iborat. Pepsin ingibitori lizinni 8 qoldig‘i va argininni 4 qoldig‘ini tutgani uchun kuchli asos xususiyatiga egadir. Me’da bezlarining shirasida pepsinogendan molekulasining 42 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga oladigan N-uchli qismi ajralib chiqadi. Oldin polipeptid qoldiq ajraladi, so‘ng ingibitorni ajralishi kuzatiladi. Qolgan qismining konformatsion tarzda qayta qurilishi natijasida faol markaz yuzaga keladi. Pepsin fermenti hosil bo‘ladi. Pepsinogenning pepsinga aylanishi xlorid kislota yoki pepsinning oz ta’siri bilan, yani autokatalitik yo‘l bilan borishi mumkin. HCI Pepsinogen —→ pepsin (asta-sekin) pepsin Pepsinogen —→ pepsin (tez) Xlorid kislota ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiya asta-sekin rivojlanadi. Holbuki, autokatalitik jarayon juda tez o‘tadi. Shunday qilib xlorid kislota ishtirokida hosil bo‘lgan biroz miqdorda pepsin me’da shirasi ajralib chiqqandan keyin ko‘p otmay pepsinogen qolgan qismining tezgina pepsinga aylanishiga olib keladi. Pepsin peptid zanjirining uchlaridan olisdagi peptid bog‘larini gidrolizlaydi, bunday peptidgidrolazalar endopeptidazalar deb ataladi. Shu munosabat bilan pepsin ta’siri natijasida me’dadagi oqsillar polipeptidlargacha parchalanadi. Pepsin pH 1-2,5 bo‘lganda barchasidan katta faollik ko‘rsatadi. Pepsin ayniqsa, aromatik aminokislotalar karboksil gruppasidan hosil bo‘lgan peptid bog‘larini uzadi. U deyarli barcha tabiiy oqsillarini parchalaydi. Alifatik va dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga sekin ta’sir etadi. Ayrim keratinlar, prota’minlar, gistonlar, muko‘proteinlar bundan mustasnodir. Pepsin ozining gidrolitik ta’sirini denaturatsiyaga uchragan oqsillarda ko‘rsatadi. Gastriksin molekulyar massasi bo‘yicha pepsinga yaqindir (31500). Uning pH optimumi taxminan 3,5 teng. Gastriksin dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga ta’sir ko‘rsatadi. Me’da shirasida pepsin/gastriksin nisbati 4:1 teng. Yara kasalligida uni gastriksin tomonga siljishi kuzatiladi. Me’dada bu 2 proteinazalarni birgalikda ta’siri organizmni turli xil ovqatlanishga moslashtiradi. Masalan: o‘simlik va sut mahsulotlari bilan ovqatlanishda oshqozon 261 shirasining kislotali muhitini qisman neytrallanishiga olib keladi va oqsillarni pepsin ta’sirida emas, balki gastriksin ta’sirida parchalanishiga olib keladi. Pepsin va gastriksin ta’sirida oqsillar polipeptidlar (albumozlar va peptonlargacha) parchalanadi, oqsillarning asosiy parchalanishi esa ingichka ichakda yuz beradi.
Transaminlanish, transaminazalar.Shu jarayonda B6 vitaminining funktsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |