95. Laboratoriya ishi: gemoglobinni fotometrik gemiglobinsianid usuli yordamida aniqlash.
96. Laboratoriya ishi: Bilirubinni qon zardobida aniqlash (qo‘llanma).
Bilirubin - retikulo-endoteliai tizimi hujayralarida eritrotsitlaming tabiiy parchalanishi natijasida hosil bo'lgan erkm gemoglobinning fermentativ
oksidlanishidan paydo bo'lgan mftxsulotdir (gem parchalanishining oxirgi
mahsuloti), u o't kislotalari guruhiga kiradi. Bilirubin — toksik modda, chunki
bilirubin molekulasi gidrofob bo-lib, gemato-ensefalik to'siq orqali bosh miya
hujayralariga o'tishi mumkin. Jigarda glyukuron kislotalari bilan kon’yugatlar
xosil qffish orqali bilirubin zararsizlantiriladi.4GepatotsitIarda sfartezlangan bilirubin-diglyukuronid o't bilan oshqozon-ichak traktiga ekskretsiyalanadiki,
bu yerda u kon’yugatlardan ozod bo'lib, urobilinogengacha qaytariladi, keyin
sterkobilinogenga aylanadi, va shu shaklda organizmdan chiqariladi.
Qonda bilirubinning 2 fraktsiyasi mavjud: Icon ’yugatsiyalanmagan
(qonda umumiy miqdoming 75% ni tashkil qiladi, gidrofob, albbumin bilan
bog' langan, jigarda zararsizlantirilmagan, «bilvosita», siydik bilan chiqarilmaydi) va kon’yugatsiyalangan (umumiy miqdoming 25% ni tashkil qiladi,
gidrofil, kam toksik, glyukuron kislotasi b ita bog'langan, «bevosita», qonda
konsentratsiyasi ortganda siydikda paydo bo'ladi), har ikkt bilirubinning
summasi umumiy bilirubinni tashkil qiladi.
Usulnfag tasnifi. Bilirubinni miqdoriy aniqlash usulimng asosida Unitog
Erlix diazoaralashmasi bilan azobirlashuvi yotadiki, buning natijasida xosil
bo’lgan azobilirubin hisobiga to'q qizil rang paydo bo'ladi. Kuchli nordon
muhitda NG1 ta’sirida bilirubinning tetrapirrol bog' i uziladi va ikkita dipirrol
hosil bo'ladi, ular diazobenzosulfon kislotasi bilan diazotirlanib, azobiBrubinni hosil qiladi. Azobilirubin konsentratsiyasi fotokolorimetrik aniqlanadi. Bilirubindiglyukuronid diazoaralashma bilan bevosita ta’sirliashadi, etkin bilirubin esa azobirlashuv reakqiyasi kechayotgan kuchli hordon muhitda barqaror
emas, shuning uchun kofein, yoki spirt, siydikchi, atsetat, natriy benzoati kabi
stabilizator mavjud bo'lishini talab qiladi.
Ishning borishi. 2 ta probirkaga reaktivlar sxemada keltitriigandek
solinadi.
Ingredientlar
Tajriba namunasi, ml
Umumiy bilirubin
Bog'langan bilirubin
Qon zardobi
0,5 0,5
Kofein reaktivi 1,75
*
Natriy xloridi
eritmasi
. -
1,75
5 min turgach,
FEK da ko'riladi (El)
Diazoaralashma - 0,25
Diazoaralashma
Diazoaralashma - 0,25
5 min turgach,
FEK da ko'riladi (E3)
Xona haroratida
20 minut turadi
FEK (E2)
Bog'langan bilirubinni aniqlash uchun o'lchash diazoaralashma qo'shilgach, 5-10 minutdan so'ng o'tkaziladi, chunki uzoq turib qolganda bog'lanmagan bilirubin reaksiyaga kirishadi. Umumiy bilirubinni aniqlash uchun namunani rang rivojlanishi uchun 20 min ushlab, keyin fotometrda aniqlanadi.
Yanada uzoq turganda rang o'zgarmaydi.
O'lchovni suvga qarshi 0,5 sm qalinlikdagi kyuvetada 500-560 nm
to'lqin uzunligida (yashil svetofiltr) olib boriladi.
Hisoblashni kalibrovka chizig'i yordamida olib boriladi. Umumiy va
bog'langan bilirubin miqdori aniqlanadi. Klinik ahamiyati. Normada sog'lom odam qonida umumiy bilirubin
miqdori 4,5-20,5 mkmolb/1 ni tashkil qilib, uning 6,4-17,1 mkmol/1 ni bilvosita bilirubin tashkil qiladi.
Bilirubin konsentratsiyasining qon zardobida 20,5 mkmol/1 dan oshishi
giperbilirubinemiya deyiladi. 30-35 mkmol/1 dan ortiq giperbilirubinemiya
skleralar hamda teri qoplamining sariq rangga kirishi bilan birga kechadi. Fiziologik giperbilirubinemiy^ T bu yangi tug'ilgan cbaqaioqlaming neonatal fiziologik sariqligidir. Umumiy bilirubin bilvosita bilirubin hisobiga ortadiki, bu fetal gemoglobin saqlovchi eritrotsitlaming intensiv getnolizi, hamda bilirubin kon’yugatsiyasi fermenti - UDFG-transferazaning etarli darajadagi miqdorini saqlamaydigan, to'liq etilmagan gepatotsitlar natijasidir.
Patologik giperbilirubinemiya turli sabablar orqali yuzaga kelishi mumkin.
Bu xolat bilirubinni normal jigar ekskretsiya qilish imkonyatidan ko'proq xosil
bo'lishi (jigar usti sariqligi) natijasi bo'lishi mumkin; normal miqdordagi bilirubin ekskretsiyasini buzuvchi jigaming zararlanishi (jigar sariqligi), hamda bilirubinni chiqib ketishiga to'sqinlik qiluvchi o't yo'Hanning yopilib qolishi natijasi (jigar osti sariqligi) bo'lishi mumkin.
Ushbu barcha xolatlarda bilirubin qonda to'planib qoladi va ma’lum konsentratsiyaga etgach, to'qimaga o'tib uni sariq rangga bo'yaydi. Bu holat sariqlik deyiladi. Sariqlikni engil (qonda bilirubin konsentratsiyasi 86 mkmol/1 gacha),
o'rta-og'ir (87-159 mkmol/1) va og'ir (160 mkmol/1 dan yuqori) shakllarini ajratishadi.
Klinik amaliyotda sariqlikni gemolitik, parenximatoz va obturatsion
shakllarga ajratish keng yoyilgan. Gemolitik va parenximatoz sariqlik - kon’yugatsiyalanmagan, obturatsion esa - kon’yugatsiyalangan giperbilirubinemiyadir.
Ba’zi xollarda sariqlik patogenezi bo'yicha aralash bo'lishi mumkin. Masalan,
o't suyuqligini oqib tushishligini uzoq vaqt davomida buzilishi (mexanik sariqlik) jigar parenximasining ikkilamchi zararlanishi oqibatida o't kapillyarlariga bevosita bilirubinni ekskretsiyasi buziladi va u to'g'ridan-to'g'ri qonga tusha boshlaydi; bundan tashqari, jigar hujayralariniiig bilirubin glyukuronidlarini sintez qilish qobiliyati pasayadi, buning natijasida bilvosita bilirubin miqdori ortadi.
Qonda bilirubin miqdorini oshishining sabablari quyidagilar bo'lishi
mumkin.
■ Eritrotsitlar gemolizi intensivligining oshishi.
■ Jigar parenximasining, uning bilirubin ajratuvchi funksiyasini pasayishi bilan, zararlanishi.
■ O' t suyuqligini o't yo' llaridan ichakka oqib tushishini buzilishi.
■ Bilirubin glyukuronidlari biosintezini ta’minlovchi ferment tizimi faolligini buzilishi.
a Kon’yugatsiyalangan bilirubinni o'tga o'tishining jigar sekretsiyasini
buzilishi.
Bilvosita bilirubin miqdori gemolitik anemiyalarda, pemitsioz anemiyada,
yangi tug'ilgan chaqaloqlar sariqligida, Jilber, Krigler-Nayyar, Rotor
sindromlarida ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |