Ribosomalar
Ma’lumki, tirik organizmlar hujayralarning strukturasiga qarab 2
guruhga – prokariot va eukariotlarga bo‘linadilar. Prokariotlar
membrana bilan o‘ralgan yadro va mitoxondriya yoki xloroplastlarni
saqlamaydi; ular asosan mikroorganizmlar uchun xosdir. Hayvon va
o‘simliklar, shuningdek, qo‘ziqorinlar, membrana bilan o‘ralgan yadro,
shuningdek mitoxondriya (ba’zi hollarda xloroplastlar ham) va boshqa
hujayra organellalarini saqlaydi.
Ikkala tur hujayralarda ribosomalar bo‘ladi, eukariot ribosomalari
(molyar og‘irligi 4,2·10
6
) katta o‘lchamli (diametri 23 nm), prokariot
ribosomalariga (molyar og‘irligi 2,5·10
6
,diametri 8 nm) nisbatan.
Odatda, ribosomalarni sentrifugada sedimentatsiya qilish tezligi bilan
xarakterlanadi, ular Svedberg birliklarida S-konstanta sedimentatsiyasi
bilan belgilanadi. S kattaligi nafaqat bo‘lakchalar o‘lchamiga, balki
ularning shakli va solishtirma og‘irligiga bog‘liqdir, chunki u o‘lchamiga
proporsional emasdir. Ribosomalar soni mikrob hujayralarda taxminan
10
4
, prokariotlarda esa – 10
5
.
Kimyoviy tuzilishi jihatidan ribosomalar nukleoproteinlar bo‘lib,
RNK va oqsildan tarkib topgan 80 S ribosoma ularni teng miqdorda
saqlaydi hamda prokariotlarni 70 S ribosomasida RNK va oqsilni
miqdori 65 va 35%ni tashkil etadi. RNK ribosomasini ribosamal RNK
deb ataladi va rRNK deb belgilanadi. 80 va 70 S ribosomalar 2 ta
subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni elektron mikrosko‘pda yoki Mg
+2
ionlarini past konsentratsiyali eritmalari bilan ishlov bergandan keyin
ko‘rish mumkin. Bunday sharoitlarda ribosomalar subbirliklarga
dissotsiatsiyalanadi. Ular bir-biridan ultratsentrifuga yordamida
ajratilishi mumkin. Subbirliklarni biri o‘lchami bo‘yicha ikkinchisiga
nisbatan 2 marta kattadir. 70 S ribosoma subbirliklarini S kattaligi 50 S
va 30 S ga teng, 80 S ribosomalarda u 60 S va 40 S dir. E. Coli da katta
va kichik subbirliklar 34 va 21 tadan oqsil, 23 S va 5 S bo‘lgan 2
94
molekula rRNKni katta subbirlikda va 16 S rRNKni kichik subbirlikda
saqlaydi. Ribosomal oqsillar nafaqat ajratilgan, balki sekvenirlangan
hamdir. Molekulyar og‘irligini turliligi bilan farqlanadi (6000 dan 75000
gacha). Barcha 55 bakterial ribosomal oqsillar polipeptid sintezida
ferment yoki uni komponentlari sifatida qatnashadilar, lekin ularning
ko‘pchiligini bajaradigan vazifasi aniqlanmagan. 23 S va 5 S RNKlar
3200 va 120 tadan nukleotid saqlaydi, 16 S RNKda esa 1540 nukleotid
mavjuddir. Eukariot hujayra ribosoma subbirliklari tuzilishi juda
murakkab, ular tarkibida 4 xil rRNK va 70 xildan ortiq oqsillar ikkala
subbirligida bo‘lib, katta subbirlik (60 S) 3 ta turli rRNKlar saqlaydi:
28 S (4700 nukleotid), 5,8 S (160 nukleotid) va 5 S (120 nukleotid),
hamda 49 xil oqsil bo‘ladi. Kichik subbirlik (40 S) faqat 1ta molekula
18 S rRNK va 33 ga yaqin oqsil saqlaydi. Eukariotik ribosomalar tarkibiy
qismlari biologik vazifalari polipeptid zanjir sintezi bilan bog‘liq bo‘lib,
lekin ularni aniq vazifalari yetarli darajada yoritilmagan.
Ma’lumki, yadroda DNK yuzasida sintezlanuvchi umumiy bo‘lgan
barcha tur RNKlar o‘tmishdoshidan rRNK hosil bo‘ladi. Ribosomal
oqsillar sitoplazmada hosil bo‘lib, keyin yadrogacha o‘tkaziladi, u yerda
ribosomal bo‘lakchalar oqsillar va tegishli rRNKlarni o‘z-o‘zidan
birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Birlashgan subbirliklar birgalikda yoki
alohida yadro membranasi teshiklari orqali sitoplazmaga o‘tkaziladi.
U yerda oqsil sintezida bevosita ishtirok etadigan ribosomalar mRNK
bilan polisoma yoki poliribosoma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |