Oqsillarning birlamchi strukturasining turga oid spetsifikligi
Turli hayvonlar insulini uglevod almashuvida bir xil funksiyani
bajaradi. Ammo bu insulin oqsillari o‘zaro bitta yoki ikkita aminokislota
qoldig‘i boshqa aminokislotaga almashganligi bilan farq qiladi. Turli
hayvonlar insulinining A-polipeptid zanjirida 8-, 9- va 10-o‘rinlarida
aminokislota qoldig‘ini boshqa aminokislotalarga almashganligi bilan
bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga har xil hayvonlardan olingan
insulin oqsillarining B-polipeptid zanjirini C-oxiridagi aminokislota
qoldig‘i boshqa bo‘ladi. Insulin molekulasi A va B polipeptid zanjiri
quyidagi sxema bo‘yicha tuzilgan:
Insulin A-polipeptid zanjiri 21 aminokislota, B-zanjiri esa 30
aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. Bu ikki polipeptid zanjir o‘zaro ikkita
disulfid bog‘i bilan bog‘langan bo‘ladi.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |