Irsiy enzimopatiyalar. Hozirgi vaqtda 500 dan ortiq ferment yoki
izofermentlarning genetik sintezlanishi buzilishi natijasida vujudga
kelgan modda almashinuvining buzilishi bilan boradigan kasalliklar
ma’lumdir. Bularga qon kasalliklari, gemolitik anemiya, koagulyatsiya
va fibrinolizning buzilishi, uglevod, oqsil, aminokislota almashinuvining
buzilishi kiradi. Enzimopatiyalar ichida asosiy o‘rinni to‘planish
kasalliklari egallaydi, ular lizosomal fermentlarning yetishmasligi yoki
kam sintezlanishi natijasida vujudga keladi (masalan: glikogenoz 1.4 –
glyukozidaza fermentining yetishmasligi sababli, Farbi kasalligi –
α-
galaktozidaza fermentining yo‘qligidan va boshqalar). Bu kasalliklar
umumlashtirilib, lizosomal kasalliklar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |