R
2
C
2
+ 2sAMF
→ R
2s
AMF
2
+ 2C
Bu jarayon qaytar bo‘lganligi sababli, hujayrada sAMF miqdorining
ortishi proteinkinazaning faollanishiga olib keladi. Bu jarayonning
pasayishi esa – ingibirlanishni vujudga keltiradi.
Proteolitik fermentlarning oqsil ingibitorlari keng tarqalgan. Bu
ingibitorlarning funksiyasi – organizm to‘qima va suyuqliklarida
oqsillarning barvaqt parchalanishining oldini olish hisoblanadi.
Xususan, qon plazmasidagi proteinazalarning oqsil ingibitorlari
fiziologik faol peptid, qon ivishi, qon laxtalarining erishi kabi
jarayonlarni boshqarishda qatnashadilar. Oqsil effektorlarining ta’sir
mexanizmi ferment konformatsiyasining o‘zgarishi hamda metabolitlar
bilan allosterik boshqarishdagi kabi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |