8-jadval
1 2 3 4 5 6 7 8
HbA: Val- Gis- Ley- Tre- Pro- Glu- Glu- Liz-
HbS: Val- Gis- Ley- Tre- Pro- Val- Glu- Liz-
Bitta aminokislotaning almashinishi eritrotsit shaklini o‘zgartirib
qolmay, balki og‘ir irsiy kasallikning rivojlanishiga – o‘roqsimon-
hujayra anemiyasiga olib keladi.
Talassemiyalar gemoglobinopatiyalar emas. Ular gemoglobin
normal zanjiridan birining sintezi genetik buzilishi natijasida vujudga
keladi. Agarda
β−zanjir sintezi buzilsa, β−talassemiya, α−zanjir sintezi
genetik nuqsonida
α−talassemiya rivojlanadi. α-talassemiya qonda HbA
1
bilan bir vaqtda 15% gacha HbA
2
paydo bo‘ladi va HbF ning miqdori
15-60%gacha keskin ortadi. Kasallik giperplaziya va miya ko‘migining
buzilishi, jigar, taloq jarohatlanishi, kalla suyagi deformatsiyasi bilan
kechadi. Talassemiyada eritrotsitlar nishonsimon shaklga ega bo‘ladi.
Eritrotsitlar shaklining o‘zgarish mexanizmini tahlil qilishga muvaffaq
bo‘linmagan.
Tibbiyot amaliyotida ko‘pincha qon pigmentlarining tahlili
o‘tkaziladi. U gemoglobin gemining, aniqrog‘i, uning oksidlanish
mahsulotlarini, spektrosko‘pik xususiyatlarini aniqlashga asoslangan.
Sulfit ammoniy bilan gematin globin ishtirokida qaytarilganida
gemoglobinning hosilasi – gemoxromogen hosil bo‘ladi, unda
denaturlangan globin gem bilan bog‘langan. Hosil bo‘lgan kompleks
o‘ziga xos nur yutish spektriga ega. Bu usul sud tibbiyotida qon
dog‘larini tekshirishda keng qo‘llaniladi.
Shifokorlarda qiziqish tug‘diradigan gemoglobin unumlaridan
avvalambor, gemoglobinning molekulyar kislorod bilan birikmasi –
oksigemoglobinni ko‘rsatish lozim. Gemoglobin molekulasidagi har
bir gem bilan kislorod temirning koordinatsion bog‘lari yordamida
bog‘lanadi. Tetramerga bir molekula kislorodning bog‘lanishi ikkinchi
molekula, so‘ngra uchinchi va to‘rtinchilarni bog‘lanishini
yengillashtiradi. Shuning uchun gemoglobinning kislorod bilan to‘yinish
egri chizig‘i sig‘ma shaklida bo‘lib, kislorod bog‘lanishining
kooperativligini ko‘rsatadi. Bu kooperativlik nafaqat o‘pkada
kislorodning maksimal bog‘lanishini, balki kislorodning periferik
to‘qimalarda ajralishini ta’minlaydi; bunga jadal almashinuvli
to‘qimalarda H
+
va CO
2
ionlarining bo‘lishi ham yordam beradi. O‘z
navbatida o‘pka to‘qimasida kislorod CO
2
va H
+
ionni chiqarilishini
tezlashtiradi. Bu H
+
, O
2
va CO
2
bog‘lanishi o‘rtasidagi allosterik
bog‘liqlik «Bor effekti» deb nomlangan.
54
Kisloroddan tashqari gemoglobin boshqa gazlar, xususan CO, NO
va boshqalar, bilan ham oson birikadi. Uglerod oksid bilan
zaharlanganda gemoglobin u bilan oson birikadi va karboksigemoglobin
(HbCO) hosil qiladi. Bunda gemoglobinning COga birikish qobiliyati
yuqori bo‘lganligi uchun kislorodga bog‘lanish qobiliyatini yo‘qotadi
va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli ta’minlanmasligidan o‘lim sodir
bo‘ladi. Lekin nafas olinayotgan havo tarkibida kislorod parsial
bosimining tez ko‘tarilishi natijasida gemoglobindan COni siqib
chiqarish va o‘limning oldini olish mumkin.
Azot oksidi, nitrobenzol bug‘i va boshqa birikmalar bilan
zaharlanganda gemoglobinning bir qismi uch valentli temir saqlovchi
metgemoglobingacha (HbOH) oksidlanadi. Metgemoglobin o‘pkadan
to‘qimalarga kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun,
metgemoglobinemiyada (oksidlovchilar bilan zaharlanish natijasida)
zaharlanish darajasiga bog‘liq ravishda kislorod yetishmasligidan
o‘limga olib keladi. Agarda, vaqtida yordam berilsa, ya’ni kislorodning
parsial bosimi ko‘tarilsa (toza kislorod bilan nafas oldirish), bunda
bemorni xavfli holatlardan chiqarish mumkin.
Gemoglobin turli unumlarini sifat jihatidan aniqlashning eng yaxshi
usuli bo‘lib, ularni nur yutish spektrini tekshirish hisoblanadi.
Transferrinlar (siderofilinlar) – murakkab oqsillar guruhi bo‘lib, turli
manba’lardan ajratilgan va mustahkam temir ionlari Fe (III) va boshqa
o‘zgaruvchan metallarni bog‘lash qobiliyatiga ega. Bu guruh oqsillardan
eng yaxshi o‘rganilgani qon zardobi transferrinidir. Transferrinning
vazifasi gemoglobin biosintezi sodir bo‘ladigan retikulotsitlarga temir
ionini transport qilish. Transferrin – retikulotsit sistemasi metallning
oqsil va oqsil molekulasining hujayra bilan ta’sirini o‘rganishda
ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |