5 – Laboratoriya ish
Mavzu:
Inson xarakat dinamikasi biomexanikasini o‘rganish va zamonaviy
komplekslarni taxlil qilish
Ishdan maqsad:
Inson xarakat kinematikasi va dinamikasini taxlil qiluvchi
dasturiy-apparat dasturiy komplekslar tahlili.
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta’lim dasturi doirasida bajarilayotgan
«TechReh (Technology in rehabilitation): O‘zbekiston oliy ta’lim muasssasalari va
tibbiyot markazlari salohiyatini reabilitatsiyaning innovatsion usullari ehtiyojlariga
mos ravishda oshirish» loyihasi Oliy ta’lim salohiyatini oshirish loyihalari oilasiga
mansub bo‘lib, 2015-2018 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
TechReh loyihasi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning 6 muassasasi:
Sannio universitei (Italiya), Pyer va Mariya Kyuri universiteti (Fransiya), Plovdiv
tibbiyot universiteti (Bolgariya), Yevropa jismoniy
va reabilitatsiya tibbiyoti
jamiyati, Vilnyus tibbiyot universiteti (Litva), PLUX - simsiz biosignallar tibbiy
ishlab chiqarish korxonasi (Portugaliya), shuningdek O‘zbekistonning 6
muassasasi: Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali,
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
va uning Qarshi filiali, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi
va Respublika fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy markazini o‘z atofiga
birlashtirdi.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda
meditsina reabilitatsiyasi
sohasida innovatsion metodlari ehtiyojlariga muvofiq holda tibbiy markazlar va
oliy ta’lim muassasalari salohiyatini oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, loyihadan
quyidagi natijalar kutiladi:
Tibbiy xodimlar va shifokorlarni innovatsion
metodologiyalar asosida
tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
Hamkor mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda, “Tibbiyotda kompyuter
texnologiyalari” nomli magistratura mutaxassisligi o‘quv dasturini yaratib,
yangi
mutaxassilik ochish taklifini tayyorlash;
Reabilitatsiya sohasida fan, ta’lim va innovatsiya integratsiyasini yoyish,
doimiy muloqotni o‘rnatish uchun veb-platforma orqali bajariladigan boshqaruv
tizimini yaratish. Shuningdek, bir nechta magistrlik modullarini elektron ta’lim
metodlari yoki internetning maxsus xizmatlari (forum, chat, ma’lumotlar bazasi va
haakozo) orqali amalga oshirish;
O‘zbekistonning har bir hamkor universitetida ilmiy tadqiqotlarni
yuritishda va tibbiy reabilitatsiyada texnologiyalardan foydalanishda asosiy rol
o‘ynovchi laboratoriya va doimiy ofis tashkil etish.
Har biri 40 ming yevro qiymatga teng bo‘lgan laboratoriyalarning 4 ta
oliygohda (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti va uning Qarshi filiali, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning
Nukus filiali) tashkil etilishi mazkur loyihaning ahamiyatini yanada oshirdi.
Hozirda ushbu laboratoriyalardan ilmiy va o‘quv
jarayonlarida foydalanila
boshlandi.
Ilmiy laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilar:
Ilmiy laboratoriya «Inson xarakat a’zolari texnik reabilitatsiyasi»
muammolari va yechimlari masalalari yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib boradi;
Ilmiy-tadqiqot olib borish bilan bir qatorda Qashqadaryo viloyatida tibbiy
reabilitatsiya va jismoniy sport sohasida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish bilan
shug‘ullanadigan muassasalar bilan yaqindan
xamkorlikda ishlarni amalga
oshirish;
«Bolalar serabral falaji» kasalligini reabilitatsiyasi bo‘yicha maxsus tibbiy
muassasasalar bilan xamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yish;
Laboratoriyani texnik imkoniyatlaridan foydalangan xolda sportchilarimizni
kinematik va dinamik ko‘rstakichlarini kompyuterli taxlilini olib borish va
kelajakda rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsadida ularni ma’lumotlar
bazasida saqlash bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish.
Laboratoriyada tadqiqotlar o‘tkazish uchun
maxsus apparat va dasturiy
vositalarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: