- Protein (oqsil) bufer sistemasi qon zardobidagi kislota-asos muvozanatini saqlashda yuqorida keltirilgan bufer sistemalarga nisbatan kamroq ahamiyatga ega. Hujayra va to‘qimalar oqsil borligi uchun ma’lum miqdordagi kislota va ishqorni neytrallaydi.Oqsil molekulalari tarkibidagi karboksil va aminoguruxlar hisobiga ko‘p negizli kislota va asos (amfolit) xususiyatiga ega bo‘ladi. Protein bufer sistemalar ko‘p hollarda kislotali sistema tabiatiga ega bo‘ladi. Bunga sabab ularning tarkibiga kirgan va monoaminodikarbon kislotalariga mansub bo‘lgan asparagin va glutamin kislotalarining nisbiy miqdorlarining ko‘p bo‘lishi va ularning karboksil guruxlarining oson dissotsiatsiyaga uchrashidir.Qon zardobida bo‘lgan protein bufer sistemasi qondagi pH qiymati 7,2-7,4 bo‘lgan chegaralarida eng katta effektivlikka ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |