Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 5.3. Biologik membranalarda ko’chish



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/116
Sana26.02.2022
Hajmi2,18 Mb.
#466991
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Bog'liq
biofizika

§ 5.3. Biologik membranalarda ko’chish
 
 
Tirik organizmlar ochiq tizimlardir. Shuning uchun biologik membranalar 
orqali moddalar ko’chishi hayotning zaruriy shartidir. Membranalar orqali 
moddalar ko’chishi bilan hujayra metabolizmi jarayonlari, bioenergetik jarayonlar, 
biopotensiallar hosil bo’lishi va boshqa jarayonlar bog’liqdir. Biomembranalar 
orqali moddalar ko’chishida buzilishlar ro’y bersa, organizmda turli patologiyalar 
paydo bo’ladi. 
Biologik membranalar orqali moddalar ko’chishini ikki asosiy turga ajratish 
mumkin: passiv va aktiv.
Passiv ko’chish deb moddaning konsentrasiyasi yoki elektrokimyoviy 
potensiali katta bo’lgan joydan kichik bo’lgan joylarga ko’chishga aytiladi. Passiv 
ko’chishning quyidagi turlari bor:
1) erkin diffuziya;
2) yengillashgan diffuziya. 
Aktiv ko’chishda modda elektrokimyoviy potensial gradiyentiga qarshi 
ko’chadi, bunda energiya sarf bo’ladi.
Erkin diffuziya deb molekulalarning xaotik issiqlik xarakati tufayli 
moddaning konsentrasiyasi katta bo’lgan sohadan konsentrasiyasi kichik bo’lgan 
sohalarga o’z-o’zidan ko’chishga aytiladi. Biologik membranalar orqali erkin 
diffuziya amalga oshishining bir necha turi mavjud: lipid biqatlami orqali, lipid 
qatlamidagi teshiklar va oqsillardagi teshiklar orqali. 
5.3-rasm. 
Membrana orqali erkin diffuziyaning asosiy turlari: a) lipid biqatlami 
orqali; b) lipid qatlamidagi teshiklar orqali. s) oqsildagi teshiklar orqali. 
Lipid qo’shaloq qatlami orqali erkin diffuziya membranadagi konsentrasiyalar 
gradiyenti tufayli ro’y beradi. Modda oqimining zichligi Fik qonuniga binoan (5.7-
tenglama).
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


85
l
i
C
C
D
DgradC
I


=

=
0
(5.16) 
Bunda 

D
diffuziya koeffisiyenti. 
0
C
va 
i
C
- moddaning hujayra tashqarisida 
va ichidagi konsentrasiyasi, 

l
membrana qalinligi. Fik qonunini membrana 
o’tkazuvchanligi koeffisiyenti 
P
orqali ham yozish mumkin. O’tkazuvchanlik 
koeffisiyenti 
P
quyidagicha aniqlanadi: 
l
DK
P
=
(5.17) 
Bunda 

K
modda konsentrasiyasining membrana tashqarisida va ichidagi 
nisbatini ko’rsatuvchi taqsimlanish koeffisiyenti deb ataladi. 
O’tkazuvchanlik koeffisiyenti orqali Fik qonuni quyidagicha ifodalanadi: 
)
(
0
i
C
C
P

=
τ
(5.18) 
O’tkazuvchanlik koeffisiyenti diffuziya koeffisiyentiga (
D
), modda 
membranada naqadar yaxshi erishi (
K
) ga to’g’ri proporsional, membrana qalinligi 
(
l
) ga teskari proporsionaldir. O’tkazuvchanlik koeffisiyentining o’lchami m/s dir. 
Membrananing fosfolipid fazasida qutbsiz moddalar, masalan, organik yog’li 
kislotalar, efirlar yaxshi eriydi. Bu moddalar membrananing lipid fazasi orqali 
yaxshi o’tadi.
Lipid qo’shaloq qatlam orqali qutbli, suvda eruvchi moddalar: tuzlar, asoslar, 
shakarlar, aminokislotalar va spirtlar yomon o’tadi.
Keyingi davrda lipid qo’shaloq qatlami orqali kichik qutbli molekulalar 
o’tishini fosfolipid molekulalarining moy kislotali dumlari orasida kichkina 
bo’shliqlar – kinkilar hosil bo’lishi bilan bog’lashadi. 
Issiqlik harakati tufayli “kinki”larning membranaga ko’ndalang holda 
ko’chishi ro’y beradi, bunda ularga tushgan kichik molekulalar, birinchi navbatda 
suv molekulalari ham ko’chadi. 
Membranadagi lipid va oqsil teshiklar orqali lipidlarda erimaydigan va suvda 
eruvchan gidratlashgan ionlarning molekulalari o’tadi. Bunda membrana orqali 
o’lchamlari katta molekulalarning o’tishi qiyin bo’ladi.
Bunda ko’chishning tanlanuvchanligi membranalarda turli radiusli teshiklar 
borligi bilan ta’minlanadi. O’tkazuvchanlik koeffisiyenti 
P
membrana potensialiga 
ham bog’liqdir. Masalan, kaliy ionlari uchun eritrosit membranasidagi teshiklar 
orqali o’tkazuvchanlik koeffisiyenti, membrana potensiali 80 mV bo’lganda, ancha 
kichik qiymat 4pm/s ga teng bo’lsa, potensial 40 mV gacha kamayganda 4 marta 
kamayadi. Kalmar aksoni membranasining kaliy ionlari nayi orqali boshqa ionlar 
ham o’tishi mumkin, biroq 
P
ning kichikroq qiymatlari bilan (5.1 – jadval). 
 
 
Kalmar aksonidagi kaliy nayidan bir valentli ionlar
o’tkazuvchanligining nisbati 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish