207
o’tkazishga imkon beradi. Lyuminessent analiz fan va amaliyotning turli
sohalarida ishlatiladi. Masalan, kriminalistikada ultrabinafsha nur bilan nurlantirish
yordamida qonning ko’rinmaydigan izlarini aniqlash mumkin. Odamlar, hayvonlar
va qushlar qonining nurlashi bir-biridan farq qiladi. Xuddi shunday haqiqiy va
qalbaki pullar ham turlicha nurlaydi. Lyuminessent analiz yordamida suratlarning
haqiqiy yoki nusxa ekanligini aniqlash mumkin.
Veterinariya-sanitariya ekspertizasida ham bu usuldan keng qo’llaniladi.
Masalan go’sht-sut stansiyalarida, bozorlardagi veterinariya laboratoriyalarda
mahsulot sifatini nazorat qilishda ekspres analiz uchun mahsulotlar ultrabinafsha
nurlar bilan nurlantirilganda uning buzilish darajasining ko’payishiga qarab qizil
binafsha rangdan, zangori-ko’k rang ko’rinishida, baliqlar – sariq rangdan sarg’ish-
zangori rang ko’rinishida, sut – zangor sarg’ish rangdan ko’k rang ko’rinishiga
qarab o’zgaradi. Lyuminessent analiz bir necha minut ichida mahsulotlarning
boshlang’ich buzilishini aniqlab berishi mumkin. Bundan tashqari, lyuminessent
mikroskoplar yordamida ham mahsulotlar sifatini, mikropreparatlar nurlanishiga
qarab infeksion kasalliklarni uyg’otuvchilarni, immunofluoressent usul yordamida
hayvonlarda infeksion kasalliklarning boshlanishini aniqlash mumkin.
Biokimyoviy
lyuminessensiya
deb
tirik
to’qimalarning
kuchsiz
shu’lalanishiga aytiladi.
Biolyuminessensiyada ba’zi tirik organizmlarning nurlanishning ko’rinadigan
sohasida lyuminessent nurlanishiga aytiladi. Bu holda kimyoviy energiyaning
yorug’lik energiyasiga o’tish darajasi ancha yuqori bo’ladi. Buning mexanizmi
ancha murakkab va to’la o’rganilgani yo’q. Ko’p tirik organizmlarda vodorod bilan
boy organik birikmalarda fermentativ oksidlanish, ya’ni lyusiferinoz yuz beradi.
Oksidlanishni tezlatuvchi fermentlarga lyusiferedlar deyiladi.
Alohida olingan lyusiferin oksidlanishi va nurlashi uncha katta emas, lekin
lyusiferin ta’sirida lyuminessensiya intensivligi 10000 marta oshishi mumkin.
Biolyuminessensiya bo’lishi uchun, lyusiferin molekulalari bo’lishi zarurdir.
Uning tarkibida atigi 10
-9
gramm bo’lsa lyuminissensiya yuz beradi. Ba’zi hollarda
fermentlar bo’lmasa ham nurlanish bo’lishi mumkin.
Biolyuminessensiya ko’plab har xil jonivorlar uchun xos bo’lgan
xususiyatdir. Masalan, bakteriyalar, hashoratlar baliqlar, malyuskalar va hokazo.
Taxminan 250 turga yaqin jonzodlarda bu hol kuzatiladi. Ko’plari bu xususiyatdan
o’ljasini ushlashda, ba’zilari dushmanini qo’rqitishda qo’llaydi. Bunday hollarda
nurlanish energiyasi 0,02 kJ bo’lishi mumkin. Ko’plab o’simlik va jonzodlarda
nurlanish intensivligi kuchsiz bo’lib, ularni fotokuchaytirgichlar yordamida qayd
qilish mumkin. Bu lyuminessensiya hujayradagi bo’linishlar bilan bog’liq
bo’lganligi sababli tirik organizmdagi o’zgarishlar haqida qo’shimcha axborotlar
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: