Biofizika kitob yangisi 2013. doc



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/116
Sana15.04.2023
Hajmi2,18 Mb.
#928647
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA

 
1.5 - rasm. 
Ma’lum qiymatli valent burchakli polimer 
zanjiri. 
Kristall polimerlarda atomlar, bo’g’inlar va zanjirlar joylashishida uzoq tartib 
mavjud. Amorf polimerlarda esa bo’g’inlar joylashishidagina yaqin tartib 
kuzatiladi.
Oqsil makromolekulalari konformasiyasi spiralsimon (fibrillyar oqsillar) yoki 
globula (globulyar oqsillar) shaklida bo’lishi mumkin. Ushbu strukturalar (oqsillar 
uchun ular ikkilamchi deb ataladi, birlamchi deb yaqin tartibdagi bo’g’inlar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18
konformasiyasiga aytiladi), bir necha spirallarning bir-biriga chirmashib ketishi 
yoki tugun hosil qilishi bilan murakkablashadi. Ushbu strukturalar uchlamchi deb 
ataladi. Vodorod, tuz, disulfid va boshqa bog’lanishlar tufayli bir necha 
makromolekulalar umumiy tizim hosil qilishsa, to’rtlamchi struktura vujudga 
keladi.
Polisaxaridlarda (sellyuloza va kraxmal) spiralsimon makromo-lekulalar 
bog’larga birikadi. 
Amorf polimer yuqori elastiklik holatida kuchli deformasiyalanish xossasiga 
(1000% gacha) ega bo’lib, uning deformasiyalanishida qaytuvchanlik mavjuddir. 
Kristall polimerlarning eng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: kristallitlar, 
monokristallar, fibrillalar, sferolitlar. Ayrim kristall polimerlar tuzilishi 1.6-rasmda 
ko’rsatilgan.
Yuqori molekulyar strukturalarning o’lchami va shakli polimerlarning 
mustahkamligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kichik sferolitli polimerlar katta 
mustahkamlikka va yaxshi elastiklik xususiyatiga ega bo’lib, yirik sferolitli 
nusxalar esa mo’rtlik bilan buzilib ketadi.
Polimerlar o’lchamlari bir xil bo’lgan holda quyidagi uch turga bo’linadi : 
elastik , yarim elastik va qattiq to’g’ri tayoqcha. Ushbu bir-biridan elastikligi bilan 
farq qiluvchi polimerlar turli nazariy modellar bilan xarakterlanadi. Elastik 
polimerlar Zimm modeli asosida tushuntirilsa, qattiq tayoqcha holatidagi 
polimerlar uchun suyuq kristallik holatda ichki dinamik harakat deyarli yo’qligi tan 
olinadi. Yarim elastik polimerlar nazariyasi bu ikki chekka holat nazariyalarining 
sintetik birlashmasidan iborat. 
a
б
в
с
1.6 - rasm.
Kristall polimerlar strukturasi. 
a - monokristall (polietilen); b - halqali sferolit; v - radial sferolit; g- sferolit 
tasma. 
Kratki-Porod modelida polimerning yarim elastik zanjirida erkin energiyaning 
o’zgarishi (dG) ning polimer konturi bo’ylab siljishi (ds) ga bog’liqligi quyidagi 
tenglama bilan aniqlanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


19
2
2
2
2
1










+

=
ds
d
d
G
d
ds
d
d
dG
ds
dG
θ
θ
θ
θ
(1.8) 
Zanjirda doimiy egilish momenti bo’lmasa 
0
=
θ
d
dG
va bu holda (1.8) tenglamadan
2
2







=
ds
d
k
ds
dG
θ
(1.9) 
Bundan polimerning egilishga bikrligi uchun quyidagi tenglikka ega 
bo’lamiz: 
2
2
θ
d
G
d
k
=
(1.10) 
To’la energiyaning o’zgarishi (
G

)ni topish uchun (1.9) ifodani L-kontur 
uzunligi bo’yicha integrallaymiz: 







=

L
ds
d
k
G
0
2
2
θ
(1.11) 
Zanjirning kichik siljishlarida egilish burchagi siljish uzunligiga proporsional 
bo’ladi (
s
r

=
θ
, bunda r-doimiy kattalik), u holda (1.11) tenglama quyidagicha 
bo’ladi. 

=

L
ds
kr
G
0
2
2
(1.12) 
Bu yerda 
ds
d
r
θ
=
Umumiy egilish burchagini quyidagi ifodadan topamiz: 

=
=
L
L
rL
rds
0
θ
(1.13) 
Shunday qilib, energiya uchun quyidagi tenglamaga ega bo’lamiz: 
L
k
G
L
2
2
θ

=

(1.14) 
Egilish burchagini termodinamik muvozanatida bo’lgan tizimlar uchun 
Bolsman tenglamasidan foydalanib topish mumkin: 
k
LrT
d
e
d
e
L
kT
G
L
L
kT
G
L
=
=






π
π
θ
θ
θ
θ
0
/
0
2
/
2
)
(
(1.15) 
Zanjirning ko’ndalang yo’nalishlardagi siljishlarini hisobga olsak (1.15) 
tenglamani 2 ga ko’paytirish kerak bo’ladi. U holda 
k
LrT
L
2
)
(
2
=
θ
(1.16) 
Yuqoridagi mulohazalardan elastiklik kuchi paydo bo’lishi termodinamik 
xarakterga ega ekanligi kelib chiqadi. 
Elastik zanjirning dumaloq o’ram shaklini egallashi uning termodinamik 
elastikligi bilan aniqlanadi. Eritmada polimerning eng ehtimoliyatli konformasiyasi 
– dumaloq o’ram shakli bo’lib, bunda tizim entropiyasi maksimal bo’ladi. Polimer 
cho’zilishida o’ram ochilishi boshlanadi va mumkin bo’lgan konformasiyalar soni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


20
kamayadi, bu entropiya kamayishiga olib keladi. Turli ko’p molekulali tizimlarda 
atomlar orasidagi barcha o’zaro ta’sirlarni ikki turga ajratish mumkin: ko’shni 
bo’g’inlar atomlari orasidagi yaqin tartibli o’zaro ta’sirlar, va zanjir bo’ylab bir-
biridan uzoqdagi atomlarning zanjir egilishi paytida tasodifiy holda bir-biriga 
yaqinlashgan paytida hosil bo’lgan uzoqdan o’zaro ta’sir yoki hajmiy effektlar. 
Hajmiy o’zaro ta’sirlar tufayli yaqinlashgan qismlar bir-birini tortishi yoki itarishi 
mumkin.Harorat oshishi monomerlarning o’zaro itarilishini oshirsa, pasayishi 
ularning o’zaro tortilishiga imkon beradi. Shunday qilib, harorat o’zgarishi polimer 
o’lchamlarining o’zgarishiga olib keladi, bu esa monomer bo’g’inlari soni o’rtacha 
zichliklari (n) o’zgarishda o’z ifodasini topadi. 1.7-rasmda qattiq tayoqcha zanjiri 
va egiluvchan zanjir uchun bo’g’inlar soni o’rtacha zichligining haroratga 
bog’lanish grafigi keltirilgan. 
Quyida keltirilgan grafikda qattiq tayoqcha uchun harorat oshgan sari 
o’ramning globulaga aylanishi turli fazalar orasidagi birinchi turdagi o’tishi, ya’ni 
polimer, agregat holatining o’zgarishi bilan birgalikda ro’y beradi. Egiluvchan 
zanjirlar uchun bu o’tish issiqlik effektlarsiz, ikkinchi turdagi fazali o’tish kabi 
ro’y beradi. 
Yuqorida keltirilgan xulosalar gomopolimerlar uchun to’g’ri edi. Real 
biopolimerlarda 
konformasion 
o’zgarishlarini 
qarab 
chiqishda 
monomer 
bo’g’inlarining turli tabiatga ega ekanligi, hamda hajmiy o’zaro ta’sirlarning o’ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
1.7 - rasm.
Monomer bo’g’inlari soni o’rtacha zichligining haroratga 
bog’lanishi. 1-qattiq tayoqcha, 2-egiluvchan zanjir,n-bo’g’inlar soni o’rtacha 
zichligi, T-harorat 
Oqsillarning haroratviy denaturasiyasi (tabiiy strukturasining buzilishi) 
birinchi turdagi faza o’tishiga yaqin bo’ladi. Issiqlik denaturasiyasi jarayonida 
biopolimerning globulyar (yoki spiral) holatdan denaturasiyalangan o’ramli 
holatga o’tishida issiqlik sig’imining o’zgarishi ro’y beradi. 1.8 - rasmda 
biopolimerlar issiqlik denaturasiyasi sohasida issiqlik sig’imining o’zgarishi 
ko’rsatilgan. 






PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


21
1.8 - rasm.
Biopolimerlar isssiqlik denaturasiyasi sohasida issiqlik 
sig’imining o’zgarishi. S - issiqlik sig’imi T

- boshlang’ich harorat T
d

issiqlik yutishi maksimumining harorati, T

- erish jarayonining oxirgi harorati. 
Biopolimerlar harorati o’zgarganda mikrostrukturasining o’zgarishiga eritma 
tarkibi, uning pH qiymati ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish