223
Radioaktiv izotoplar tibbiyotda ikki maqsadda ishlatiladi: tashxis va
davolashda. Tashxis uchun nishonlangan atom usulida organizmning ma’lum
qismiga izotop kiritiladi va o’sha qismning aktivligi aniqlanadi. Masalan, izotop
53
Ĵ
125
yoki
53
Ĵ
131
hisoblagich yodning to’planishiga qarab tashxis qilish mumkin.
Xuddi shunday izotopni o’simlik ildizlari yaqinidagi tuproqqa suv yoki havoning
oqimiga, tirik organizm to’qimalariga, dvigatel moyiga kiritiladi. So’ngra
hisoblagich yordamida kiritilgan izotopning ko’chishi kuzatiladi. Bu kuzatishlar
natijalari tahlil qilinib tekshirilgan tizimda o’tadigan jarayonlar to’g’risida
ma’lumotlar olinadi. Nishonlangan atomlar qo’llanishi qishloq xo’jalik
ekinlarining fosforli oziqlanish jarayonini kuzatish bilan tushuntirish mumkin.
Tekshiriladigan
15
R
32
izotop tuproqqa ildiz oldiga ko’miladi. Shundan so’ng
o’simlik davriy ravishda hisoblagich yordamida tekshirilib turiladi. Bunda
o’simlikning turli qismlaridan chiqadigan nurlanishga qarab fosforning
taqsimlanishi haqida ma’lumot olish mumkin. Masalan, fosforning qachon ildiz
tizimiga kirishi, o’simlik ichkarisida qanday tezlik bilan ko’chishi, o’simlikda
taqsimlanishi, modda almashinuvida ishtiroki va hokazolar. Bu tekshirishlar odatda
radioavtograflash bilan to’ldiriladi, ya’ni o’simlik kesilib quritiladi va fotografiya
plastinkasiga joylashtirib surati olinadi. Fosfor bor joylar qorayadi. Renozariyada
esa
Ĵ
izotopi tirik organizmga (odam yoki xayvon) yuborilib radiogrammasi olinadi
va buyrakning ish faoliyati o’rganiladi. Nishonlangan atom usuli yordamida
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi uchun muhim bo’lgan fotosintez, o’g’itlarni
rasional ravishda qo’llash, o’simliklarni turli elementlarni o’zlashtirishi, qishloq
xo’jalik hayvonlarining ovqatlanishi, sut yog’ini va muskul oqsillarini sintez qilish,
suv va suv bug’ining tuproqdagi ko’chishi, hashoratlarning ko’chib yurishi,
insektisidlarning (hashoratni o’ldiruvchi moddalar) ta’siri, avtomobil va traktor
detallarining ishqalanadigan qismlarining yemirilishi va boshqalar muvaffaqiyatli
o’rganilmoqda.
Radioaktiv izotoplarning organizmda to’planishini o’rganish uchun gamma-
tipograf (ssintigraf) ishlatiladi. Organizmdagi suyuqlik hajmini aniqlashda ham
foydalaniladi. Masalan, qonning qanchaligini aniqlash mumkin. Davolash
maqsadida
γ
– nurlar qo’llaniladi. Manba sifatida So
60
ishlatiladi.
Nurlangan moddaga berilgan energiyaning shu modda massasiga nisbatiga
nurlanishning yutilgan dozasi deyiladi.
O’lchov birligi Grey (Gr) – u 1 kg massali nurlangan moddaga 1J ionlovchi
nurlanish energiyasi berilishiga teng bo’lgan nurlanish dozasiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: