Binoning yer osti qismini loyihalash



Download 19,51 Kb.
bet5/5
Sana05.07.2022
Hajmi19,51 Kb.
#741535
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 (1)

Vazifadoshlik narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik, o‘xshashlik asosida nom ko‘chishidir. Masalan, chiroq so‘zi o‘tmishda moy shimdirilgan pilik yordamida yorug‘lik beruvchi moslamani anglatgan. Hozirda esa elektor yoritgichlar ham chiroq deb yuritiladi. Yoki tarixan qamish yoki patdan yasalgan yozuv quroli qalam deb atalgan. Hozir esa grafitli maxsus yasalgan yozuv quroli ham shu nom bilan yuritiladi. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chish so‘zning ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ma’no ko‘chishning boshqa usullariga nisbatan ancha kam uchraydi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning yuzaga kelishida polisemantik so‘z va yasovchi affikslarning ham alohida o‘rni bor. Masalan, tuzsiz taom, tuzsiz gap birikmalari tarkibidagi -siz ko‘p ma’noli affiksi va o‘zak birligi ko‘p ma’noli so‘zning yuzaga kelishida muhim rol o‘ynagan. Polisemantik so‘zlar, qancha ma’noga ega bo‘lmasin, bu ma’nolar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Agar ular o‘rtasidagi ma’no bog‘liqlik davrlar o‘tishi bilan uzilib qolsa, u holda bunday so‘zlar o‘zaro omonimga aylanadi. Masalan, gap-fikr, mulohaza; gap-tengdoshlar, hamkasblar yig‘ini, ziyofati; ko‘k-rang, ko‘k-osmon kabilar. Keltirilgan misollarda ma’no bog‘liqlikni ilg‘ab olish ancha qiyin. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, polisemantik so‘zlar bir xil fonetik qobiqqa ega bo‘lgan so‘zlar takrori nuqtai nazaridan omonimlarga o‘xshasa ham, ko‘p ma’nolilik, avvalo bir turkum doirasida yuzaga kelishi, ular qancha ma’noga ega bo‘lmasin, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan omonimlardan farqlanadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, odatda, izohli lug‘atlarda, shakldosh so‘zlar esa omonim so‘zlarning izohli lug‘atida beriladi.


Binoning yer ostki qismini loyihalash
Binoning yer ostki qismini loyihalash Turar-joy va jamoat binolarining yer ostki qismlari podvali, texnik yerto‘lali va podvalsiz turlarga bo‘linadi. Binoning podval qismida har xil yordamchi xonalar bo‘lib, ularda binoni normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi. Hozirgi paytda binolarni isitish sxemasi markazlashtirilganligi tufayli podvalli binolar soni kamayib bormoqda. Injenerlik tarmoqlari va bino ichidagi aloqa kommunikatsiyalari texnik yerto‘lalarga o‘rnashtiriladi. Binoning podval devorlari odatda podvalsiz bino poydevori materiali bilan bir xil bo‘ladi. Ular tuproqning gorizontal bosimiga yetarlicha bardosh beruvchan, podval isitiladigan binolarda esa issiqlikni saqlash xususiyatlariga xam ega bo‘lishi kerak. Podval xonalarni shamollatish va yoritish uchun yer satxidan pastda joylashgan deraza o‘rnatiladi va o‘z navbatida deraza oldida maxsus chuqur (priyamka) qoldiriladi. Podval qavati xonalariga bino ichidan, ya’ni zina katagida joylashgan yoki bino tashqarisida joylashgan, aloxida chuqurga o‘rnatilgan bir marshli zinalar orqali kiriladi. Chuqurning tepa qismi yopmalar yordamida yoki yondosh qurilgan bino bilan o‘ralib, yog‘in-sochindan muxofaza qilinadi. Poydevorlar yerto‘la, podval devorlari va zaminga tegib turadigan boshqa konstruksiyalar asosdagi namlik hisobiga zax tortadi. Bunday konstruksiyalarni kapillar namlikdan asrash uchun poydevorlarga gorizontal va vertikal gidroizolatsiya qatlamlari qo‘yiladi. Ular yopishtiriladigan material (ruberoid, gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz) qatlami va bo‘yoq parda va suvoq (sement qorishma, asfalt va boshqa bitumli materiallar) bo‘lishi mumkin . Podvalsiz binolarda devorning poydevor bilan tutashgan qismiga gorizontal gidroizolatsiya sifatida qalinligi 20-30mm sement-qum qorishma (tarkibi 1:2) yoki ikki qavat ruberoid, gidroizol yoki nam o‘tkazmaydigan boshqa material bitumli mastikada yotqiziladi. Bulardan tashqari, 25-30mm qalinlikda asfalt to‘shama bilan ham devorni gidroizolatsiya qilish mumkin. Gorizontal gidroizolatsiya binoning birinchi qavat poli betonining sathi bilan baravar va bino atrofiga ishlangan otmostka sathidan 15-20 sm balandda joylashadi. Ichki poydevorlarda gorizontal gidroizolatsiya poydevorning tepa yuzasiga joylashtiriladi. Podvalli binolarda gorizontal va vertikal gidroizolatsiyadan foydalaniladi. Gorizontal gidroizolatsiya devor g‘ishtlarini yoki mayda bloklarini terganda qatorlar orasiga rulonli materiallardan lenta tarzida bitumli mastika yordamida yotqiziladi. Gidroizolatsiyaning birinchi qatlami podval poli bilan bir tekislikda, ikkinchi qatlami esa birinchi qavat poli plitalari ostida joylashgan bo‘ladi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek tilining leksik qatlamlari haqida so`zlab bering.
2. So`z – leksikologiyaning o`rganish obyekti sifatida. Sohangiz bo`yicha bir va ko`p ma’noli so`zlarga misollar keltiring
3. Ijtimoiy leksika. Sohaviy leksika haqida gapiring
Download 19,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish