Binolarning ekspluatatsiyasini tashkil qilish masalalari.
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga texnologik muhit, atmosfera hodisalari, ekspluatatsiyaviy yuk va shu kabi boshqa ta’sirlar natijasida ularning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarida pasayish sodir bo’ladi. Bulardan tashqari konstruksiyalardagi ekspluatatsiyaviy xususiyatlarning pasayishiga loyihalashdagi xatolar, buyumlarni tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar, nomunosib ekspluatatsiya tufayli bo’ladigan eskirishlar, metallar zanglashi, bioximiyaviy ta’sirlar sharoit yaratadi. Har bir bino va inshoot mavjud ekan, o’zida 3 bosqichni namoyon etadi, ular: moslashuv bosqichi, me’yoriy ekspluatatsiya bosqichi va eskirish bosqichidir. Bunda eng muhim masalalardan biri, bino va inshootlarning me’yoriy ekspluatatsiya davrini uzayishiga imkon tug’diruvchi tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Zamonaviy o’lchash texnikalarini qo’llash va inshootlar sinovi uslublarini taraqqiy ettirish binolar ekspluatatsiyasining turli bosqichlaridagi texnik holatiga etarli darajada to’liq va ob’ektiv baho berish imkonini beradi. Konstruksiyalar holatini aniqlashdagi mavjud usullar ekspluatatsiyaga qabul qilinayotgan inshootlarning sifatini baholash, konstruksiya unsurlaridagi buzulish jarayonini oldini olish uchun, ularni ishlash mobaynidagi holatini baholash, avariya holatidagi va nuqsonli konstruksiyalarni ko’rsatib berish sharoitini yaratadi. Bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishdan boshlab konstruksiyalarni buzulish va nuqsonlar paydo bo’lgan hollarda, ularning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari tiklanuviga qadar bo’lgan holatlarini nazorat etish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bino va inshootlar texnik ekspluatatsiyasi xizmatining asosiy masalasi, butun me’yoriy xizmat muddati mobaynida unsur va tizimlarning me’yoriy ekspluatatsiyasini taminlab beruvchi majmuiy tadbirlar bo’lib qoladi. Bu majmuiy tadbirlar bino inshootlarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni texnik ekspluatatsiyasini o’z ichiga oladi.
Texnik ekspulatatsiya bo’yicha tadbirlar asosini orasida tavsifi va hajmi turlicha bo’lgan ishlar bo’lgan joriy va kapital remontlar tashkil etadi. Joriy remont mobaynida konstruksiyani atrof-muxit ta’siridan va vaqtidan ilgari eskirishidan saqlovchi ishlar bajariladi. Kapital remont mobaynida esa jismoniy eskirish natijasida yo’qotilishi sodir bo’lgan unsurlar va muhandislik tizimlarining ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini tiklash amalga oshiriladi. SHunday qilib bino va inshootlar ularga qo’yiladigan konstruksiyaviy, texnologik, badiiy-estetik va ekspluatatsiyaviy talablar rioya etish bino va inshoot qismlarini va umuman o’zlarini uzoq vaqt, har xolda ularning me’yoriy xizmat muddatidan kam bo’lmagan davr, ishonarli va to’xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Bino va inshootlarning asliy xizmat muddati me’yoriy xizmat muddatidan farq qilishi mumkin. Xizmat muddatini kamayshi sababi loyihalash va qurilish va remont qurilish ishlari sifatining pastligi, hamda binoga hizmat ko’rsatilishidan ekspluatatsiyaviy talablarning buzilishi bilan izohlanishi mumkin. Bino xizmat muddatining oshishi esa unga lozim bo’lgan texnik xizmatlarni etarli darajada amalga oshirilishi hollarda kuzatiladi. U yoki bu hollarda ham binoning me’yoriy xizmat muddatidagi og’ish uni etarli darajada ishonchlilik bilan bashorat etish bilan bog’liqligi istisno etilmaydi. Loyihachilar, quruvchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar turar-joydan samarali foydalanishini ta’minlashdek ishda mas’uliyat xis etishlari lozim. Buning uchun esa ular binoning tuzilishi xususiyatlarini, ularga qo’yiladigan talablarni, bino konstruksiyalari holatini baholash qoidalarini puxta bilishlari, aholi bilan muloqotda bo’lishi hamda bino va inshootlarga xizmat ko’rsatishda yuqori texnika saviyasiga ega bo’lish asoslarini tashkil etuvchi boshqa masalalarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |