Bino (inshoot) sinchi - kuchni va ta’sirni o’ziga oluvchi va bino
(inshoot) mustahkamligini va turg’unligini ta’minlovchi yuk ko’taruvchi
o’zak tizimi.
Bino (inshoot)ning turg’unligi - bino (inshoot)ning uni birlamchi
statik yoki dinamik muvozanat holatidan chiqarishga urinuvchi
zo’riqishlarga qarshi turish xususiyati.
Bino - yuk ko’taruvchi va to’suvchi yoki birgalikdagi (ko’taruvchi
va to’suvchi) qurilmalardan tarkib topib, yerda yopiq hajm tashkil
etuvchi vazifaviy belgisiga qarab odamlarni yashashi yoki bo’lishiga va
turli
ko’rinishdagi
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
bajarishga
mo’ljallangan qurilish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |