8.5-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi:
1 – kran; 2 – teleskopik vaqtincha tayanchlar; 3 – domkratli tayanch tugunlari.
Qo‘shni elementlarini tayanishi uchun mo‘ljallangan, bu tayanchning pastki qismi esa arkalarning tortqi elementlarining tayanishi uchun mo‘ljallangan. Arka, tortqi va osmalarining elementlari gusenitsali kran yordamida montaj qilinadi. Yig‘ilib montaj qilingan elementlar to‘g‘rilanib, ularning geometrik holati tekshirilib, ikkita navbatdagi to‘sinlarning va ular tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib, barcha tirgaklar va ular orasidagi bog‘lanishlar montaj qilingandan va loyihaviy mahkamlangandan so‘ng ko‘chirish - gumbaz hosil qilish amalga oshiriladi. Bu maqsadda vintli domkratlar vaqtinchalik tayanchlarning ichki teleskopik seksiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak.
Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki seksiyalari kran yordamida quyi holatga tushiriladi va montaj qilishga navbatdagi yarim arklar juftligi tayyorlanayotgan keyingi to‘xtash joyiga ko‘chiriladi.
8.5. Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko‘chirish usullari
Tayanchlarga o‘rnatish usuliga bog‘liq holda vertikal ko‘tarish, burish, surish, dumalatish yo‘li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi.
Vertikal ko‘tarib o‘rnatish usuli ko‘tarilayotgan konstruksiya yoki inshootning massasi montaj mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiq bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Umuman bu usulning qo‘llanilishi konstruksiyani yaxlit holda ma’lum bir balandlikka u yoki bu mexanizmlar yordamida ko‘tarish va bunday ko‘tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan bog‘lanadi. Ko‘tarilgan konstruksiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo‘yish imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashga darhol kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm).
Tomyopma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig‘ib olib, keyin loyihadagi belgiga ko‘tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruksiyani yig‘ishni o‘rnatish joyida, binoning chetida yoki barpo etilayotgan inshootning bevosita yaqinida joylashgan, maxsus jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin.
Ayrim bloklarni, butun tomyopmani yoki uning asosiy ko‘taruvchi qismini loyihaviy holatga o‘rnatish joyi ostida yig‘ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus gidroko‘targichlar yoki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida ustunlar bo‘yi baland konsolli bo‘lishi kerak bo‘lib, bu konsollarga ko‘taruvchi polispastlarning qo‘zg‘almas bloklari osiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |