Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik



Download 4,86 Mb.
bet15/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar
– sement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo‘ljallangan. Ular yer ostida va yer ustida, bir qavatli va ko‘pqavatli, isitiladigan va isitilmaydigan bo‘lishi mumkin.
Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o‘zgarishi va havoni namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh nuri va atmosfera yog‘inlaridan himoyalanishi kerak bo‘lgan – yog‘och mahsulotlari , asbestosement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi .
Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan materiallar − g‘isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash uchun mo‘ljallangan. Odatda omborlar, ob’yektda xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir.
Ochiq omborlarni bir qismi, jumladan konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish maydonida maxsus kranlar – gusenitsali va pnevmog‘ildirakli , chorpoyali va minorali kran-yukortgichlar bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Bu mexanizmlardan yiriklashtirilgan konstruksiyalarni o‘rnatiladigan yoki montaj qilinadigan joyga yetkazishlan oldin transport vositalariga ortish uchun foydalaniladi. Odatda, omborda og‘ir yuklar kranga yaqin masofaga joylashtiriladi, yengil yuklar o‘zoqroq , chunki ular kranni katta qo‘lochida ham ko‘tarilishi mumkin.
Joylashtirish maydonlari yog‘in va muzdan erigan suvlarni oqishini ta’minlash uchun tekis , 2...5% oraligidagi nishablik bilan bo‘lishi kerak. Suvni yaxshi o‘tkazmaydigan gruntlarda tekislash bilan birga 5...10 sm li sheben va qum qatlami hosil qilinadi.Kerak bo‘lgan holatda yuza zichlanadi.
Har bir konstruksiya va yig‘ma mahsulotlar turlari uchun alohida taxlash joylari ajratiladi. Ular bir-biridan kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan yo‘lkalar bilan ajratiladi. Har turli material uchun joylashtirishning o‘zini qoidalari bor.
G‘isht sorti, markasi va yuzasini rangiga qarab taxlanadi. Betartib olib kelingan g‘isht balandligi 1.6 m o‘zaro bog‘langan shtabel shaklida, noto‘liq kavakli g‘ishtlar esa bushlig‘i pastga qaratilgan holda taxlanadi. G‘isht joylashtirilgan paket yoki poddonlar omborda bir-ikki yarus qilib taxlanishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar inventar taglik va qistirmalar ustiga taxlanadi, ularni urnatish joylari yig‘ma elementlarda chizilgan chiziqlarga mos kelishi kerak. Elementlar shtabel qilib taxlanganda ular orasidagi qistirmalar birbiriga nisbatan vertikal bo‘lishi kerak.Taglik va qistirmalar odatda tomonlarining o‘lchovlari 6...8 sm bo‘lgan kvadrat yuzali bo‘ladi. O‘lchovlar shunday tanlanishi kerakkim yuqorida joylashgan yig‘ma elementlar pastdagi montaj ilintirish halqasiga yoki pastdagi elementlarni chiqib turuvchi qismlariga tayanmasligi kerak (3.4-rasm).
3.1-jadval
Elementlarni joylashtirish usullari

Elementlar

Qatorlar soni, elementlarni joylashishi

Taxlanish balandligi, m




Shtabellarda




Poydevor bloklari va yostiqlari, yerto‘lalar bloki

4

2.2 gacha

Ustunlar,(kolonnalar)

3...5



Rigel, progon, peremichkalar

3...4

2.0 gacha

Orayopma plita va panellari

8...10

2.5 gacha

Balandligi 2 m dan baland yirik devor bloklari

Vertikal



Xona o‘lchoviga mos orayopma panellari

Vertikal, yotiq



Zinapoya marshlari

5...6 ( zinalar yuqoriga)



Zinapoya maydonchalari

4 gacha






Kassetalarda




Devor panellari, balka (to‘sin) lar , fermalar, kran osti balka
(to‘sin) lari

1 qator vertikal holatda





Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish