Bino va inshootlar


-amaliy mashg‘ulot: Sanoat binolari bosh tarxini loyixalash va



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

14-amaliy mashg‘ulot: Sanoat binolari bosh tarxini loyixalash va 
obodonlashtirish tadbirlari. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
bosh tarx, shamol guli, ko‘kalamzorlashtirish 
Reja:
1.Sanoat binosining bosh tarx loyixalashtirish 
2.Sanoat binosining bosh tarxida obodonlashtirish ishlarini rejalashtirish
3.Sanoat binolarini bosh tarxida shamol gulining roli. 


214 
Sanoat korxonalari bosh rejasini texnologik talablar va ko‘zda tutilgan bino 
rejalari hamda shahar qurilishiga bog‘langan holda loyihalanadi. 
Korxona bosh rejasini loyhalashda QMQ asosida quyidagilarga amal qilinadi: 
shamol yo‘nalishini aniqlash; korxonani asosiy yo‘llar bilan bog‘lash; korxonaning 
xududini funksional zonalarga bo‘lib chiqish va undan to‘liq foydalanish; bino va 
inshootlar orasidagi masofani mumkin qadar qisqa bo‘lishini ta’minlash hamda ular 
orasidagi yo‘llar, injenerlik tarmoqlarini me’yor talablariga javob berishiga erishish; 
binolar orasidagi masofalarni yong‘inga qarshi talablar asosida qoldirish, hamda 
sanitariya me’yor va qoidalariga amal qilish kabilardir. 
SHular bilan birga, issiqlik, gaz bug‘ quvurlari va elektr tarmoqlarini korxona 
iste’molchilariga yaqin bo‘lishiga erishish, hamda korxona maydonini obodonchiligi 
va kqkalamzorligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Bosh reja loyihasi chizmasida texnikaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirilgan 
bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar korxona xududining umumiy maydoni(ga), qurilgan bino 
va inshootlar maydoni(ga), ochiq omborxonalarning maydoni(ga), qurilish chizig‘i 
(bino, inshoot va ochiq omborxonalarning maydonini korxona territoriyasi 
maydoniga nisbatan, %), ko‘kalamzor maydoni(ga) va avtomobil hamda temir 
yo‘llarning egallagan maydoni(m
2
) va uzunligi (PM) bilan belgilanadi. 
2.65-rasm ma’muriy-maishiy binosini hajmiy – rejalashtirish echimlariga doir 
misollar. 
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan maishiy xonalarni ham shu yo‘sinda qurilish 
me’yorlari va qoidalari QMQ asosida loyihalanadi. Ma’muriy-maishiy binolarni 
ko‘pincha sinchli turda loyihalanib, jamoat binolarida ishlatiladigan konstruktiv 
elementlardan quriladi. Ular ikkinchi sinfga to‘g‘ri keluvchi bino turiga mos keladi 
(2.65-rasm). 
- yopma - o‘rama ashyolar (ruberoid, karton, qog‘oz, shisha asosli o‘rama 
ashyolar), asbotsement ashyolardan qilingan to‘lqinsimon yoki tekis listlar, 
metalladan ishlangan yupqa tunukalar; 


215 
- tekislovchi qatlam, ya’ni o‘zidan pastda joylashgan qatlam ustini tekislovchi 
asfalt yoki sement – qum qorishmasi suvalgan qatlam; 
- issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam sochma yoki plita ko‘rinishida 
bo‘lib, ko‘pik beton, keramzibeton, mineral g‘ovak va hakozolardan iborat bo‘ladi; 
- bug‘dan himoyalovchi qatlam – karton qog‘oz (pergamin), ruberoid yoki 
bitum mastikasidan qilinadi; 
- o‘zidan yuqorida joylashgan tom yopmasi elementlarini ko‘taruvchi 
temirbeton nastillar (2.34-rasm) kabi elementlar kiradi. 
Tom yopmalari og‘ir ekspluatatsiya sharoitlari, ya’ni ishlatish davomida har xil 
atmosfera ta’siri ostida bo‘lganligi uchun ham uning mustahkamligi, uzoq vaqt 
ishlatishi ko‘pincha chegaralanib qoladi. SHuning uchun ham tom yopmasi 
ashyolarini va konstruksiyasini tanlashda qurilish me’yor va qoidalariga (QMQ) 
qat’iy amal qilinishi talab etiladi. 
Tom yopmasi ashyosi engil, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga mo‘ljallangan, 
o‘rnatilishi va ta’mirlanishi oson, deformatsiyalanish talablariga javob beruvchi, 
o‘tga chidamli bo‘lishi va o‘rnatilgada tom nishobini kamaytirishga olib keluvchi 
bo‘lishi kerak. 
Keyingi paytda qurilishda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 
profillangan po‘lat nastillar (qalinligi 1mm bo‘lgan ruxlangan tnukalar oralariga 
50mm qalinlikda penoplast yoki penopolistriol qo‘yilib ishlangan) keng ko‘lamda 
qo‘llanilmoqda. Bunday nastillarning balandligi 80mm, eni 600mm uzunligi esa 
12mgacha bo‘ladi. 
Bunday nastillarni qo‘llash natijasida temirbeton nastillarni qo‘llashdagiga 
nisbatan mehnattalablik 25-40% ga kamayadi (2.31-rasm). 
YOpmalarni yirik elementlardan (plastmassa asosida hosil qilingan panellardir) 
tayyorlash samarali hisoblanadi. Bular asbotsementli va alyuminiy-plastmassali 
panellardir. Misol uchun shamollatiladigan tomlarni (qurishda) o‘rnatishda 
ishlatiladigan asbopenoplastli panellarni o‘lchamlari 165x6,0m: balandligi 300mm 
bo‘ladi. Ularni zavodlarda 4 ta bo‘ylama asbotsement shvellerlari, uchta ko‘ndalang 
asbotsement diafragmalarni va ikkita qalinligi 10mm silliq listlarni hamda qalinligi 
50-100mm bo‘lgan izolyaziya ashyolarini birgalikda yig‘ib hosil qilinadi (2.32-rasm). 
Sanoatda chiqarilayotgan mahsulot turlarining ko‘rinishi 250 tagacha bo‘lgan 
ishlab chiqarish tarmoqlari va guruhlarini tashkil etadi. SHuning uchun ham sanoat 
binolarining turlari va ko‘rinishlari juda katta diapozonga ega bo‘ladi. 
Bunday ishlab chiqarish binolarini rejalashlarni ikki turga ya’ni alohida yoki 
yoppasiga joylashuvchi sanoat binolari kabilarga ajratiladi. 
Birinchi turdagi binolar ko‘proq kichik quvvatga ega bo‘lgan korxonalarda 
uchraydi. Bunda kamchilik sifatida, katta maydondagi qurilish, muxandislik va 
transport tarmoqlarining uzayib ketishi, obodonlashtirish ishlari hajmining oshib 
ketishi, ishlab chiqarishda ketma-ketlik usulini qo‘llab bo‘lmaslik kabilarni keltirish 
mumkin. 
Hozirgi zamon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, Ishlab chiqarishni bir turdagi va 
boshqa turdagi hamda boshqa hil texnologik jarayonlarini bitta binoda yig‘ish 
maqsadga muvofiqdir. 


216 
Binolarni 
blokirovkasi 
texnologik 
dastgohlarni 
ko‘p variantlarda 
o‘rnashtirishga imkon berib, korxona maydonini 30-40% kamaytirishga olib keladi
tashqi devor parametrlarini 50% qisqartiradi, bino tannarxini 15-20% kamaytiradi, 
muxandislik transport tarmoqlarini va korxona xududini obodonlashtirish ishlarini 
birmuncha qisqartiradi. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish