ishlatiladi. Bunday arkalarni ustki qismi (sterjeni) oldindan zo‘riqtirilgan
temirbetondan ishlangan bo‘ladi. Tomlarning po‘lat fermalari
Qo‘shtavrli kesimga ega hamda ulama (tuzilgan) po‘lat to‘sinlar tomlarni
ko‘taruvchi konstruksiyalarni eng oddiylari hisoblanadi.
Katta oraliq binolardan po‘lat fermalari ishlatiladi. Po‘lat fermalarni poyas
chiziqlarga ko‘ra poligonal ko‘rinishdagi, parallel poyasli va uchburchak
ko‘rinishdagi turlarga ajratiladi (2.40-rasm).
2.40-rasm. Po‘latdan ishlangan storopil fermalari.
a-fermalarni asosiy turlari; b-parallel poyasli fermalarni ustunlarga “nol”
bog‘lanishda tayanish qismi; v-bunda ham, poligonal fermalarni “250” yoki
“500mm” bog‘lanishda tayanish qismi; g-bunda ham uchburchaksimon fermalarni
nol bog‘lanishda tayanish qismi;
1-tayanch usti ustuni; 2-ustun; 3-fahverk rigelli to‘sini.
160
Ferma turlarini yopma ashyolarga asosan tanlanadi. Po‘lat fermalari ham
qanday oraliqli binolarda ishlatish mumkin. unifikatsiya qilingan 24-30 va 36 metrli
prolyotga ega bo‘lgan fermalarni ustunlari qadami 6 metr va 12 metr bo‘lgan
binolarda qo‘llaniladi.
Poligonal fermalarni tayans qismi balandligi 2200mm parallel poyasli
fermalarda esa bunday balandlik 2500 va 3750mmga teng bo‘ladi.
Ferma elementlari asosan qo‘shburchakliklardan iborat bo‘lib, ularni “fasonka”
deb, ataluvchi listlarga payvandlanib, tugunlar hosil qilinadi. Fermalarni po‘lat
ustunlari yoki tomoniga qotiriladi, temir-beton ustunlarga esa fermalar to‘sinlar
singari sharnirlar yordamida biriktiriladi. Hosil bo‘lgan rama elementlarini fazoviy
birligini va ustivorligini ta’minlash uchun ular orasiga ferma ostki va ustki poyasi
orqali vertikal va gorizontal bog‘lanishlar o‘rnatiladi.
-
yopma - o‘rama ashyolar (ruberoid, karton, qog‘oz, shisha asosli o‘rama
ashyolar), asbotsement ashyolardan qilingan to‘lqinsimon yoki tekis listlar,
metalladan ishlangan yupqa tunukalar;
-
tekislovchi qatlam, ya’ni o‘zidan pastda joylashgan qatlam ustini
tekislovchi asfalt yoki sement – qum qorishmasi suvalgan qatlam;
-
issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam sochma yoki plita ko‘rinishida
bo‘lib, ko‘pik beton, keramzibeton, mineral g‘ovak va hakozolardan iborat bo‘ladi;
-
bug‘dan himoyalovchi qatlam – karton qog‘oz (pergamin), ruberoid yoki
bitum mastikasidan qilinadi;
-
o‘zidan yuqorida joylashgan tom yopmasi elementlarini ko‘taruvchi
temirbeton nastillar (2.34-rasm) kabi elementlar kiradi.
Tom yopmalari og‘ir ekspluatatsiya sharoitlari, ya’ni ishlatish davomida har xil
atmosfera ta’siri ostida bo‘lganligi uchun ham uning mustahkamligi, uzoq vaqt
ishlatishi ko‘pincha chegaralanib qoladi. SHuning uchun ham tom yopmasi
ashyolarini va konstruksiyasini tanlashda qurilish me’yor va qoidalariga (QMQ)
qat’iy amal qilinishi talab etiladi.
Tom yopmasi ashyosi engil, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga mo‘ljallangan,
o‘rnatilishi va ta’mirlanishi oson, deformatsiyalanish talablariga javob beruvchi,
o‘tga chidamli bo‘lishi va o‘rnatilgada tom nishobini kamaytirishga olib keluvchi
bo‘lishi kerak.
Keyingi paytda qurilishda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan
profillangan po‘lat nastillar (qalinligi 1mm bo‘lgan ruxlangan tnukalar oralariga
50mm qalinlikda penoplast yoki penopolistriol qo‘yilib ishlangan) keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda. Bunday nastillarning balandligi 80mm, eni 600mm uzunligi esa
12mgacha bo‘ladi.
Bunday nastillarni qo‘llash natijasida temirbeton nastillarni qo‘llashdagiga
nisbatan mehnattalablik 25-40% ga kamayadi (2.31-rasm).
YOpmalarni yirik elementlardan (plastmassa asosida hosil qilingan panellardir)
tayyorlash samarali hisoblanadi. Bular asbotsementli va alyuminiy-plastmassali
panellardir. Misol uchun shamollatiladigan tomlarni (qurishda) o‘rnatishda
ishlatiladigan asbopenoplastli panellarni o‘lchamlari 165x6,0m:
161
balandligi 300mm bo‘ladi. Ularni zavodlarda 4 ta bo‘ylama asbotsement
shvellerlari, uchta ko‘ndalang asbotsement diafragmalarni va ikkita qalinligi 10mm
silliq listlarni hamda qalinligi 50-100mm bo‘lgan izolyaziya ashyolarini birgalikda
yig‘ib hosil qilinadi (2.32-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |