ZAMONAVIY QURILISHLARDA MEHNAT MUHOFAZASINI O'RNI.
Bizning davlatimizda ishchi va xizmatchilarning mehnat jarayonida sog'liqini saqlash ya'ni kasbiy kasalliklar va tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olish davlat nazorati ostiga olingan.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining 1992 - yil 8 - dekabrda qabul qilingan.
Konstitusiyasida O'zbekiston Fuqorolariga o'zlariga ma'qul va jamiyatga foydali bo'lgan mexnat bilan shug'ullanish xunar o'rganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sog'liqni muhofaza qilish va boshqa huquqlar kafolatlangan.
Hukumatimiz qonunlaridan yana biri O'zbekiston Respublikasining "Mexnat Kodeksi"dir. Bunda mexnat muxofazasiga taalluqli barcha masalalar qonun asosida tasdiqlangan.
1996 - yil 1 - apreldan buyon amalda qo'llanib kelinayotganyana bir qonun O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksidir. Bunda mexnatkashlarning sog'ligi va mexnatini muxofaza qilish maqsadida ma'muriy huquqbuzarliklarga nisbatan majburiy javobgarlik jazo choralari tayinlangan.
Bu qonunlar ishchi va xizmatchilarni ish jarayonida xavfsizliklarini muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini sanitariya va xavfsizlik talablariga javob bera oladigan saviyada ta'minlanishini nazorat qilishga xizmat qiladi. Bu qonunlar ishchilarning mehnatini muhofaza qiladi.
Sanoat korxonalari va fuqaro binolarini loyihalash, qurish va ularni foydalanishda
albatta mexnat muxofazasi tartib - qoidalariga rioya qilinmog'i shart. Loyihalarda qurilish
jarayonidagi mexnat xavfsizligi to'la ta'minlanmagan bo'lsa, bunday loyihalar ishlab chiqarishga ruxsat etilmaydi va qurilayotgan biror sanoat korxonasi yoki jamoat binolari qurilishda inson salomatligi xavfsizlik qoida va me'yorlarida ko'rsatilganidek ta'minlanmagan bo'lsa, bunday binolar ham foydalanishga qabul qilinmaydi.
Yuqoridagi qonunlardan tashqari qurilishda mexnat muxofazasini boshqaradigan bir qator xavfsizlik me'yorlari mavjudki, ularga quyidagilar misol bo'la oladi:
- San Pin 0029-94-Radiatsiya xavfsizligi bo'yicha sanitariya qoidalari va me'yorlari;
- Mexnat muxofazasini boshqarish qoidalari (qurilish sanoati va qurilish - montaj
tashkilotlarida mexnat xavfsizligi xizmati haqida umumiy qoidalar);
- Xotin - qizlar, yoshlar va ish faoliyati sust bo'lgan shaxslar mexnatini maxsus muxofazasi haqida qoida va me'yorlar;
- Mexnat muxofazasi borasida davlat jamoa nazorati tashkilotlari faoliyatini
boshqaradigan qoidalar (Davlat tog' - texnik nazorati qo'mitasi - Gosgortexnadzor);
- Mexnat muxofazasiga taalluqli qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |