Takrorlash uchun savollar.
1.Sanoat binolari vazifasi nimalardan iborat?
2. Xalq xo‘jaligin binolari qanday binolar turlariga mansubdir? 3.
Sanoat binolari va inshootlarini loyixalashdagi xujjatlar.
4. Texnik talablarga nimalar kiradi.
17-amaliyot mavzu: Sanoat binolari. Bir va ko‘p qavatli sanoat
binolari. Kran uskunalarining asosiy parametrlarini aniqlash.
Reja:
1.Sanoat binolari.
2.Sanoat binolarning tasnifi.
3.Ko‘tarma-transport uskunalari.
Tayanch iboralar:
Ko‘tarma transport, texnologiya, fabrigat,
transformator, elektr stansiyalar, shtampovkalash, asbobsozlik, tikuvchilik va
h.k.
Sanoat binolari xalq xo‘jaligining ma’lum bir qismi, ishlab chiqarish
sohalariga ko‘ra, sanoat korxonalaridan tashkil topadi.
O‘z navbatida sanoat korxonalari ishlab chiqarish-texnologik
jarayonlarini joylashtirish uchun, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir mahsulot
yoki yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat binolaridan
iborat bo‘ladi.
Tarmoqlardan kat’iy nazar sanoat binolarini to‘rt guruhga, ya’ni, ishlab
chiqarish, energetika, transport, ombor xo‘jaligi binolari turlarga ajratiladi.
Tayyor yoki yarim fabrikat mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan binolar ishlab chiqarish binolari deyiladi. Ular ishlab chiqarish
tarmoqlariga ko‘ra: tikuvchilik, shtampovka-temirchilik, termik, asbobsozlik,
ta’mir va shu kabi ko‘pgina turlarga ajraluvchi binolardir.
Xalq xo‘jaligini elektr energiyasi, siqilgan havo, bug‘, gaz bilan
ta’minlashda kerak bo‘ladigan issiqlik va gidro elektr stansiyalari, elektr va
transformator yordamchi stansiyalari, bug‘ xonalar va hakozolar energetika
binolari turlariga mansubdir.
Transport-ombor xo‘jaligi binolariga esa garajlar, tayyor transport
omborlari, o‘t o‘chiruvchilar deposi va hokazolar kiradi.
Ma’muriy idoralar, maishiy, ovqatlanish va tibbiyot punktlari
joylashgan binolar yordamchi bino turlariga kiradi.
Sanoat binolarining reja va o‘lchamlari katta kichikligi va ularning
konstruktiv echimlari bino vazifasiga hamda unda kechadigan texnologik
jarayon xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Sanoat binolari quyidagicha tasniflanadi:
Ishlab chiqarish turiga ko‘ra:
Ishlab chiqarish binolari (mexanik yig‘uv, ta’mirlash ustaxonasi);
energetik (TES, transformator stansiyalari); transport-ombor
xo‘jaligi(omborlar); yordamchi binolar (ma’muriy maishiy
binolar).
Qavatlar soniga ko‘ra:
bir qavatli (og‘ir sanoat);
ko‘p qavatli (engil sanoat);
aralash qavatli (ximiya
sanoati). Oraliqlar soniga
ko‘ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |