1-Amaliyot mavzu: Jamoat binolari. Qurilish hududlarining
iqlimiy tasniflarini aniqlash.
Reja:
1. Jamoat binolari va inshootlari.
2. Qurilish xududlarining iqlimiy tasniflari.
Tayanch iboralar:
jamoat binolari va inshootlari, jamoat binolarining
klassifikatsiyasi, jamoat binolarining sanitar uzellari, jamoat binolarida yong‘inga
qarshi tadbirlar.
Jamoat binolari va inshootlari shaxarlarning xajm-rejaviy, kompozitsion
strukturasida muxim rol uynaydi. Ular shaxarlarning markazlariqurilishida va
tashkillanishida asosiy kompozitsion element bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ko‘chalar,
maydonlar, transport magistrallari bilan rejaviy va funksional bog‘lanishi shaxar
rejasining asosini yaratadi.Xar bir arxitektura inshootining asosida uning xayotiy
funksiyasi yotadi. Xozirgi zamon odamlari ijtimoiy xayotining shakli xilma-xildir:
ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy, madaniy, maishiy va boshqalar. Bu xilma-xil protsesslarni
tashkil etish uchun esa ashyoviy qobiq bo‘lgan turli xil jamoat binolari
xizmatqiladi.Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, xayotiy protsesslarga bo‘lgan
talablarning o‘zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi jamoat binolarida kechadigan
funksional-texnologik protsesslarni xam o‘zgarishga olib keladi. SHuning uchun
jamoat binolarining tiplari xam o‘zgarib turadi, bir xillari yuqoladi, boshqalari esa
paydo bo‘ladi.Jamoat binolarining klassifikatsiyasi
funksional vazifa va
foydalanishning o‘ziga xos tomonlarini xisobga olgan xolda, jamoat binolari maxsus
va universal ko‘rinishlarga
bo‘linishi mumkin.Maxsus jamoat binolari aniq
funksiyaga ega bo‘lib, butun foydalanish davrida bu funksiyasini o‘zgartirmaydi.
Xozirgi kunda loyixalash me’yorlari asosida jamoat binolari quyidagicha
guruxlarga bo‘linib klassifikatsiya kilinadi:
1.Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalari. Bu gurux turli tipdagi
maktabgacha bo‘lgan tarbiya muassasalarini, umumta’lim va maxsus maktablarni,
maktab-internatlarni, akademik litseylarni, kasb-xunar kollejlarini, oliy o‘quv
yurtlarini o‘z ichiga oladi.
2.Sog‘liqni saqlash, dam olish, jismoniy tarbiya va sport muassasalari. Bu
gurux kasalxonalarni, ambulatoriyalarni, poliklinikalarni, turistik idoralarni, dam olish
oromgoxlarini, sport binolari va inshootlarni o‘z ichiga oladi.
3.Ilmiy tadqiqot institutlari, loyixa va konstruktorlik muassasalari.
4.Arxiv muassasalari.
5.Madaniyat,ma’rifiy va tomosha muassasalari:kutubxonalar, muzeylar va
ko‘rgazma zallari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari va shunga o‘xshash binolar.
6.Axoliga xizmat ko‘rsatadigan savdo, umumiy ovqatlanish muassasalari.
7. Axoliga maishiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalar.
8.Kommunal xo‘jalik muassasalari.
9.Boshqarish, bank va kredit, sug‘urta qilish muassasalari (ma’muriy binolar).
10.Turli xil jamoat idoralari.
11.Transport muassasalari: xamma turdagi transportlar uchun vokzallar,
transport agentligi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish idoralari.
12.Mexmonxonalar,motellar va kempinglar.
13.Ko‘p funksiyali jamoat binolari.
Universal jamoat binolari
ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Birinchi
ko‘rinishga xonalari bir necha soat ichida o‘zgartirilib, boshqa vazifani o‘tashga
tayyor bo‘luvchi, ko‘p maqsadli funksiyaga ega bo‘lgan jamoat binolari kiradi.
Ikkinchi ko‘rinishiga vaqt-vaqti bilan xonalarning o‘lchamlari, ularning guruxlanishi
va uskunalarini
joylashtiruvlari
o‘zgartiriladigan jamoat binolari kiradi. Bu
o‘zgartirishlar funksional protsesslarning mukamallashganligi munosabati bilan
yuzagga keladi. Ba’zi bir jamoat binolarining transformatsiya sxemasi kuyidagi
rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |