Bino va inshootlar


Binolarnnng pardadevorlari



Download 24,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/153
Sana16.04.2022
Hajmi24,05 Mb.
#555953
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153
Bog'liq
УМК ГЕДРОТЕХНИКА

Binolarnnng pardadevorlari.
Binolarning qavatlarini xonalarga ajratish uchun qo‘llaniladigan yupqa yuk
ko‘tarmaydigan vertikal ichki to‘siq konstruksiyalari pardadevorlar deb ataladi.
YUk ko‘tarmaydigan pardadevorlar odatda qavatlararo yopmalarning yuk
ko‘taradigan konstruksiyalariga tayanadilar. Birinchi qavatda ham bunday


60
pardadevorlarning ostidan alohida poydevor qilish shart emas. Ularni pol
ostidagi beton yoki shag‘al to‘shamaga tayantirish mumkin.Pardadevorlar iloji
boricha engil, yupqa bo‘lishi, lekin yaxshi tovush izolyasiyasi xususiyatlariga
ega va yonmaydigan bo‘lishlari talab qilinadi. Sanitariya-gigiena talablariga
ko‘ra pardadevorlarning sirti silliq, oson tozalanadigan bo‘lishi kerak.
Pardadevorlarda teshiklar va o‘yiqlar bo‘lmagani ma’qul. Pardadevorlarni
industrial usullarda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pardadevorlarning
konstruksiyalari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aladigan bo‘lishi mumkin.
Turar-joy binolaridagi pardadevorlarni vazifalariga ko‘ra xonalararo,
kvartiralararo va sanitariya oshxona pardadevorlarigabo‘lish mumkin. Bir
kvartiraga tegishli xonalararo pardadevorlarning havo shovqinidan tovush
izolyasiyasi indeksi
I
N
ning qiymati 41 dB dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Bu ko‘rsatkich yashash xonalari bilan sanitariya xonalari orasidagi
pardadevorlar uchun 45 dB dan, kvartiralararo pardadevorlar uchun esa 50 dB
dan kam bo‘lmasligi kerak. Undan tashqari sanitariya xonalari va oshxonalarni
boshqa xonalardan ajratib turuvchi pardadevorlarning konstruksiyalari namlik
ta’siriga chidamli va sirtining pardoz qatlami yuvishga qulay bo‘lgani ma’qul.
Qo‘zg‘almas pardadevorlar uchun turli qurilish materiallaridan
foydalanish mumkin. Masalan, gips asosida olinadigan turli materiallardan,
turli engil va yacheykali betonlardan, g‘ishtdan, kovakli keramik (sopol) va
engil beton mayda blok (tosh) lardan, DVP vaDSP plitalardan keng
foydalaniladi. Qanday material qo‘llanilishi pardadevorning vazifasiga bog‘liq.
Nam xonalarni o‘rab turuvchi pardadevorlarda gips asosida tayyorlanadigan
materiallar va konstruksiyalarni qo‘llamagan ma’qul. Pardadevorlar joyida
tiklash usullariga qarab yig‘ma,ya’ni zavod yoki qurilish maydonida
tayyorlanadigan yirik elementlardan bo‘lishi, yoki g‘isht, keramik va engil
beton blok va plitalar kabi mayda elementlardan bo‘lishi mumkin .
Pardadevorlarning konstruksiyasini tanlaganda ularning industrial
usullarda
tayyorlanishiga,imkon
boricha
mahalliy
materiallardan
foydalanishga, montaj qilish qulay va tez bajarilishiga, qish sharoitida ham
bajapishmumkinbo‘lishiga, bajarilayotgan konstruksiyaga mumkin qadar kam
nam kiritilishiga e’tibor berilishi lozim. Pardoz ishlari (choklarni to‘ldirish,
sirtini tekislash, suvash, lakbo‘yoq ishlari) uchun kam mehnat talab qiladigan
pardadevor konstruksiyasi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yig‘ma pardadevor panellarining o‘lchamlari, odatda, binodagi
xonalarning
o‘
lchamlariga muvofiq ravishda qabul qilinadi. Ulardan
qilinadigan pardadevorlarga mayda elementlardan qilingandagiga nisbatan
1,5-2 barobar kam mehnat sarflanadi. Pardadevor panellari asosan ko‘pqavatli
binolardaqo‘llaniladi.


61
Yirik pardadevor panellardan vibroprokat usulda tayyorlanadigan
gipsobeton panellar qurilishda keng qo‘llaniladi. Ularning qalinligi 80-100 mm.
Gipsobetonga to‘ldiruvchi sifatida shlaklar, arrato‘pon va boshqa engil mineral
yoki organik materiallar qo‘llaniladi. Pardadevorning etarli tovush
izolyasiyasiga ega bo‘lishiga qalinlik yoki mayda va yirik to‘ldiruvchilar-ning
og‘irligini to‘g‘ri tanlash orqali erishish mumkin. Masalan, gips-qum-
arrato‘ponlardan iborat gipsobetonda ularning o‘zaro nisbatlarini o‘zgartirish
hisobiga hajmiy og‘irlikni 900 kg/m
3
dan 1500 kg/m
3
gacha o‘zgartirish
mumkin. Gips-qum-arrato‘ponning hajmiy nisbati 1:1:1 va hajmiy og‘irligi
1300 kg/m
3
bo‘lgan gipsobetondan qilingan qalinligi 80 mmpardadevorning
havo shovqinidan tovush izolyasiyasi indeksi xonalararo pardadevorlar uchun
etarli hisoblanadi.
Vibroprokat pardadevor panellarga yog‘ochreykalardan tayyorlanadigan
armatura karkasi o‘rnatiladi. Karkas kesimi 10x20 mm bo‘lgan yog‘och
reykalardan hosil qilinadigan kataklari 300x300 mm dan 400x400 mm gacha
bo‘lgan panjaradan iborat. Karkasning reykalari ostidan va yon tomonlardan
kesimi 40x40 mm dan kichik bo‘lmagan ikkita juft bruschalar va ustidan uch-
burchak kesimli juft reykalardan iborat chorcho‘p (jaspak) bilan mahkamlana-
di. Karkasning ostki chorcho‘pini pol konstruksiyasi to‘sib turadi, ustki
chorcho‘p esa, uchburchak profilga ega bo‘lgani uchun, pardadevor panelining
gipsobeton qatlami ichida qoladi. Bunday pardadevorlarda eshik o‘rni bo‘lgan
hollarda eshik o‘rnining atrofida ham karkasning reykalari kesimi 40x40 mm
bo‘lgan juft yog‘och bruschalardan qilinadigan chorcho‘p bilan mahkamlanadi.
Ularga eshikning kesakisi mahkamlanadi.
YOg‘ochni tejash va mehnat sarfini kamaytirish maqsadida karkasni ostki
va ustki chorcho‘plar yonida joylashtirishga ruxsat beriladi. Bunday panelning
bikrligi diametri 6 mm lik po‘lat armaturadan qilinadigan 4 ta montaj ilmog‘i
Hisobidan ta’minlanadi. Montaj ilmog‘larini barcha turdagi pardadevor
panellarida o‘rnatiladi.


62
Vibroprokat pardadevor panellarining yog‘och armatura karkasining
sxemasi: a - eshik o‘rni bor yaxlit karkas; b - engillashtirilgan karkas; 1 -
ustki chorcho‘p; 2 - ostki chorcho‘p; 3 - karkasning reykalari; 4 - montaj
ilmog‘i;
5 - vertikal chorcho‘p; 6 - gipsobeton.
Kvartiralararo pardadevorlarda ikki qatlamli (tashqi qatlamlar orasida 50
mm havo bo‘shlig‘i bor) panellar ko‘llaniladi.
Taxtalardan ham ikki yoki uch qatlamli balandligi xonaning balandligiga
teng yirik o‘lchamli pardadevorlar uchun shitlar tayyorlanishi mumkin.
Pardadevor qilinadigan joyda yog‘och bruslardan karkas o‘rnatib, ularga
gipsokarton plitalar, DSP va DVP qoplash yo‘li bilan ko‘p qatlamli pardadevor
hosil qilish mumkin. Lekin bunday pardadevorlarning tovush izolyasiyasi
uncha yaxshi emas, yong‘inga chidamsiz. Karkasli qoplamali ko‘p qatlamli
pardadevorlarning tovush izo-lyasiyasini oshirish uchun qoplamalar orasi
mineral paxta plitalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Yirik o‘lchamli pardadevor panellarini qo‘llab bo‘lmaydigan (ularni ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan yoki ko‘tarma kranlardan foydalanishning
imkoni bo‘lmagan) hollarda va ko‘pincha kam qavatli binolarda
pardadevorlarni yuqorida aytib o‘tilgan mayda elementlardan bajariladi.
Pishgan g‘ishtdan qalinligi 1/2 va 1/4 g‘ishtbo‘lgan pardadevorlar qilish
mumkin. Qalinligi 1/2 g‘isht bo‘lgan pardadevorlarni balandligi 3M
,
uzunligi
5 m gacha bo‘lganda. ularning konstruksiyasiga armatura kiritilmasa ham


63
bo‘ladi. Agar pardadevorning o‘lchamlari bundan katta bo‘lsa, har 6 qator
g‘ishttermasidan keyin gorizontal choklardagi qorishma orasiga kesimi 1,5x 25
mm bo‘lgan lentasimon po‘lat sim to‘qimalaridan qilinadigan armatura
o‘rnatiladi. Armatura lentasining oxiri asosiy konstruksiyalar bilan biriktiriladi.
Qalinligi 1/4 g‘isht bo‘lgan pardadevorlarining ustivorligini oshirish
uchun ham lentasimon po‘lat sim to‘qimasidan yoki diametri 4-5 mm bo‘lgan
simlardan qilinadigan armaturadan foydalaniladi. Armatura odatda o‘lchamlari
525x525 mm bo‘lgan kvadrat kataklar hosil qiladi. G‘isht pardadevorlarining
og‘irligini kamaytirish maqsadida ularni teshikli g‘ishtdan qilgan ma’qul.
Pardadevorlarni kovakli shlakobeton yoki keramik plita va bloklardan
qilinganda g‘ishtpardadevorlarga nisbatan mehnat sarfi ancha kamayadi.
Pardadevorlar uchun shlakobeton plita va bloklarni binoning asosiy devorlari
mayda beton bloklardan qilinganda, keramik blokchalarni esa, g‘ishtdevorli
binolarda qo‘llagan ma’qul.
Mayda elementlardan qilinadigan pardadevorlar:
a - kovakli shlakobeton plita; b - shlakobeton blok: v - kovakli keramik
blok; g - kovakli shlakobeton plitalardan qilingan parvadevorning umumiy
ko‘rinishi; d -qalinligi 1/2 g‘isht pardadevor: e -qalinligi1/4 g‘isht pardadevor;
1 - lentasimon po‘lat sim to‘qimasi; 2 - qum suvoq.


64
O‘lchamlari 800x400x80(100) mm gipsobeton plitalarini gips qorishmasi
yordamida terib pardadevor qilinadi. Plitalarning yaxshi birikishini ta’minlash
maqsadida ularning yon qirralarida va ustida yarim doira shaklida ariqcha
qilinadi. YOnma-yon turgan plitalar orasida hosil bo‘ladigan vertikal silindrik
kanallar gips qorishmasi bilan to‘ldiriladi.
Balandligi 4,5 metrgacha bo‘lgan bir qatlamli gipsobeton plitalardan
qilinadigan pardadevorlar karkassiz qilinishi mumkin. Balandlik bundan ko‘p
bo‘lgan hollarda, pardadevor konstruksiyasiga yog‘och bruslardan karkas (2-3
m masofada o‘rnatiladigan ustin) kiritilishi yoki pardadevorni ikki qatlamli
qilish maqsadga muvofiq. Agar pardadevorda eshik o‘rni bo‘lsa,
pardadevorning balandligi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, eshik o‘rnining
yonlariga yog‘och ustin o‘rnatish yordamida pardadevor kuchaytirilishi lozim.
Qo‘zg‘aladigan pardadevorlarni qo‘llaganda, zarur bo‘lgan hollarda biror
xonani vaqtincha boshqasidan ajratib turish yoki, aksincha, ikkita xonani
birlashtirib kattalashtirish imkoniyati bo‘ladi.
Qo‘zg‘aladigan pardadevorlar garmonsimon yoki tavaqali bo‘lishlari
mumkin. Garmonsimon qo‘zg‘aladigan pardadevorlar qattiq yoki yumshoq
yaxlit qoplamali karkasli konstruksiyaga ega bo‘ladilar.
Qattiq garmonsimon pardadevorlar pantograflar zanjiri yordamida o‘zaro
biriktirilgan yog‘och ustinlardan iborat karkasga ega bo‘ladilar. Karkasga ikki
tomondan fanera listlar mahkamlanadi. Ikkita yonma-yon joylashgan fanera
listlar vertikal yo‘nalishda egiluvchan plastik lenta (polosa) yoki mato
yordamida o‘zaro biriktiriladi. Fanera listlar xuddi shu usulda karkas bilan ham
biriktiriladi. Bunday pardadevorning ostida juft gildirakchalar o‘rnatiladi.
Pardadevor shu gildirakchalar yordamida polda joylashgan metall ariqcha
bo‘ylab harakatlanib o‘z holatini o‘zgartiradi.
YUmshoqgarmonsimon pardadevorlarda ikki tomondan yumshoqplastik
tortilgan metall karkas qo‘llaniladi. Pantograflar zanjiri pardadevorning ustki
va ostki qismida joylashadi. Ustidagi pantograflar zanjirida qutisimon
yo‘naltiruvchi moslama bo‘ylab harakatlanish uchun g‘ildirakchalar bo‘ladi.
G‘ildirakchadar pardadevor konstruksiyasini ko‘tarib ham turadi. YUmshoq
gormonsimon pardadevorning ostida g‘ildirakchalar ham,yunaltiruvchi
moslama ham bo‘lmaydi.


65
Garmonsimon qo‘zg‘aladigan pardadevorlar:
a - qattiq qoplamali garmonsimon pardadevor;
b - yumshoq qoplamali
garmonsimon pardadevor; 1 - pontograflar zanjiri; 2 - yuk ko‘taruvchi va
harakatlanuvchi g‘ildirakchalar; 3 - qutisimon yo‘naltiruvchi moslama; 4 juft
g‘ildirakcha(rolik)lar; 5 - qattiq yoki yumshoq qoplama.
Qo‘zg‘aladigan tavaqali pardadevorlar alohida tavaqalardan tashkil
topadilar. Har bir tavaqa g‘ildirakchalar yordamida pardade-
Qo‘zg‘aladigan tavaqali pardadevor.
Pardadevorlarning tovush izolyasiya xususiyatlarini yaxshilash uchun
quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:


66
pardadevorlarni bevosita polning ustiga o‘rnatish mumkin emas;
temirbeton plitali yopmalarda pardadevorlarni bevosita plita ustiga
qorishma to‘shab o‘rnatish kerak; polning pardadevorlarga tutashgan qismida
elastik materiallardan
tovush izolyasisi xususiyatiga ega qistirmalar qo‘yilishi zarur; qavatlararo
yopma konstruksiyasi balkali bo‘lgan va pardadevor konstruksiyasi balkalar
joylashgan yo‘nalishga ko‘ndalang yo‘nalishda o‘rnatiladigan hollarda,
pardadevorning ostida ochiq teshiklar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
pardadevorning butun uzunligi bo‘yicha betondan, g‘ishtdan yoki boshqa zich
materialdan qalinligi pardadevorning qalinligidan kam bo‘lmagan vertikal
diafragma qilinishi kerak; pardadevor va asosiy devorlar tutashgan choklar zich
bo‘lishi ta’minlanishi lozim, buning uchun chokka sement-qum qorishmasiga
botirib olingan paklyatiqiladi va ikki tomonidan qorishma bilan to‘ldiriladi;
pardadevor konstruksiyasi yopma ostigacha 10-15 mmetmaydigan qilinadi;
pardadevor bilan shift orasidagi chokka ham qorishmaga botirilgan paklya
tiqilib, chokning ikki tomonidan 20-30 mm qalinlikda qorishma tiqilib
to‘ldiriladi.
Pardadevorlarning binoning asosiy konstruksilariga mahkamlanishi ham
binoning fazoziy ustivorligini taminlashda muhim ahamiyatga ega.
Pardadevorlarning ostki qismi odatda pol kokstruksiyasi orasida joylashadi,
shuning uchun alohida mahkamlash usullarini qo‘llash to‘g‘risida tavsiyalar
berilmaydi. Lekin pardadevorlarni devorlarga va yopmalarga mahkamlash
usullari to‘g‘risida ayrim tavsirlar berish mumkin.
Yirik panel pardadevorlarni g‘isht devorlarga maxsus tishlik po‘lat mixlar
(ershlar) yordamida mahkamlanadi.


67
Pardadevorlarning boshqa konstruksiyalarga birikishi: a - pardadevorning
temirbeton yopmalarga o‘rnatilishi; b - pardadevorni ershlar (tishli mix)
yordamida devorga mahkamlash; v - yopma plitaga
mahkamlash; g - yopma plitalar orasidagi chokka mahkamlash; d - bir qatlamli
pardadevorning progonga mahkamlanishi; e - ikki qatlamli pardadevorning
progonga mahkamlanishi; 1 - ersh; 2 - yog‘och element; 3 - devor; 4 -
pardadevor paneli; 5 - ersh joylashadigan o‘yiq; 5 - po‘lat plastinka; 7 - yopma
plita: 8 -
ilmoq; 9 - po‘lat sim; 10 - anker; 11 - qorishma; 12 - progon; 13 - shuruplar; 14
- paklya; 15 – havo qatlami: 16 - qorishma: 17 - devor yoki progon; 18 - elastik
materialdan qistirma.
Pardadevorlarni shiftga po‘lat plastinkalar yordamida mahkamlanadi.
Buning uchun yopma plitada pardadevorning uzunligi bo‘ylab 2-3 joyda 10-15
mm
chuqurlikda o‘yiq, pardadevorning ustki qismida o‘sha joylarda ikki
tomondan chuqurligi 6-7 mm o‘yiqlar qilinadi. Po‘lat plastinkani
pardadevordagi o‘yiqqa usti yopma plitadagi o‘yiqqa kiradigan qilib
joylashtiriladi va mix yoki shuruplar yordamida pardadevorga mahkamlanadi.

Download 24,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish