Bino va inshootlar joylashish planining namunasi
Bosh plan chizmasida bino konturining ichida (
) belgi qo‘yilib,
chiqarish chizig‘ining polkasida 1-qavat poli sathi ( 0,00) ga mos ke-luvchi
absolyut balandlikning qiymati yoziladi.
Bunday planlarda chizma masshtabida bino konturi yonida darvoza va
kirish eshiklarining o‘rni, ularning o‘qi va o‘qning koordinatasi ko‘rsatiladi.
Koordinatsiyasi ko‘rsatiladigan nuqtalarda o‘qlar chiziladi va markalanadi.
Bino va inshootlar joylashish planida, bulardan tashqari, qizil chiziqlar,
ajratilgan xudud chegarasi, binolar, inshootlar, turli maydonchalar, yo‘llar va
yo‘lkalar, transport kommunikatsiyalari, xududga kirish darvozalari va
eshiklari, orientatsiyani belgilovchi «janub-shi-mol» strelkasi va boshqa
zarur elementlar ko‘rsatiladi.
Xududni obodonlashtirish bosh plani
Xududni obodonlashtirish bosh plani bino va inshootlarni joylashtirish
plani asosida ishlab chiqiladi. Bu planda binolarning koordinatsiya o‘qlari,
koordinatalar, ularga bog‘lanish o‘lchamlari, sath-larning absolyut
balandliklari va orientatsiyani ko‘rsatuvchi strelka-lar chizilmaydi. Xududda
katta hajmda va juda ko‘p xil obodonlashti-rish tadbirlari rejalashtirilgan
hollarda bunday bosh planlarni «Ko‘kalamzorlashtirish plani», «Kichik
arxitekturaviy shakllarning joylashish plani», «Yo‘l qoplamalari, yo‘lkalar,
trotuarlar, maydon-chalar plani va konstruksiyasi» kabi alohida chizmalar
ko‘rinishida ba-jarish mumkin.
Obodonlashtirish (daraxtzorlar, butazorlar, o‘tloqlar, gulzorlar, suv
havzalari va shunga o‘xshash) elementlarini binolar devorlarining tashqi
sirtiga, «qizil» chiziqqa, avtomobil yo‘llariga yoki temir yo‘l-ga bog‘lash
mumkin. Ularni arab raqamlari bilan markalanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish loyiha chizmalarida daraxtlar, o‘simliklar-ning
ekiladigan joylari, assortimenti va soni ko‘rsatiladi. Qator o‘tqaziladigan
daraxtlar va butalar uchun qatorning bosh plandagi bosh-qa, bazis sifatida
foydalanish mumkin bo‘lgan elementlarga bog‘la-nish o‘lchami ko‘rsatiladi.
Daraxtlar va butalar erkin guruhlar tarzida joylashgan hollarda, chizmada
tomonlari 5-10 m bo‘lgan yordamchi kvad-rat to‘rlar chiziladi va ularni
bazisga bog‘lanadi.
Obodonlashtirish elementlari tasvirining yonida ular haqida kasr
ko‘rinishida ma’lumot beriladi: kasrning ustida – ele-ment yoki uning turi
belgilangan marka nomeri, maxrajida esa – soni ko‘rsatiladi. Gulzorlar va
o‘tloqlarning belgilarida maxrajda ular-ning maydoni ko‘rsatiladi.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bosh planlarida «Kichik
arxitekturaviy shakllar ruyxati», «Obodonlashtirish elementlari ruyxati»,
«Trotuarlar, yo‘lkalar va maydonchalar ruyxati» tuziladi. Daraxtlar, butalar,
gulzorlar va o‘tloqlarning ekilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar odatda shtamp
(asosiy yozuv) ning ustida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |