15.1-rasm. Er osti kollektorlarini betonlovchi g‗ildirab gorizontal ko‗chiriladigan qolip:
a – qolipni o‗rnatish; b – qolipni ko‗chirib olish; 1 – ichki qolip; 2 – betonlanadigan kollektor;
3 – tashqi qolip; 4 – markaziy tirgak; 5 – domkrat; 6 – g‗ildiraklar; 7 – telejka (aravacha); 8 –
kollektorning tubi.
YUqori shchitlar ulanadigan bo‗lib, u tirgakni ustida sharnirli mahkamlangan. Vertikal va
gorizontal shchitlar ham sharnirlar bilan biriktirilgan. YUqorigi shchitlarni ish holatiga o‗rnatish va bu
shchitlarni ko‗chirib olish tirgaklarda joylashgan domkratlarni burash bilan amalga oshiriladi. Tashqi
qolip sharnirli biriktirilgan ikkita yon ramalardan tashkil topgan; ular qolipni ish holatiga o‗rnatishda
va ko‗chirib olishda buralishi mumkin. Tashqi qoliplar kran yordamida ko‗tarilib joyi o‗zgartirilsa,
ichki qoliplar ko‗chirilgach, relsli izdagi telejkalarda lebedkalar yordamida tortilib joyi o‗zgartiriladi.
Yo‗naltiruvchi bo‗ylab yoki relsda qoliplarni siljitish uchun u g‗ildiraklar va telejkalar bilan
ta‘minlangan bo‗lib, ular lebedkalar yoki uzatmalar bilan tortib qo‗zg‗atiladi
Beton qorishmasi yotqizilib va qotgandan so‗ng qolip shchitlarini betondan ajratib olib
tashish (transport) holatiga keltiriladi. So‗ngra qolip yo‗naltiruvchi
qurilmalar yordamida barpo
etiladigan inshootning bo‗ylamasiga yangi to‗xtash joyiga siljitiladi. Qolipni ajratishda ichki
gorizontal shchitlar xuddi sindirilgandek qayriladi va pastga tushirilish mobaynida o‗zi bilan vertikal
shchitlarni tortadi; ular ham betondan ajraladi va buriladi.
Kollektor va tunnellar uchun mo‗ljallangan G‗GKQlar to‗g‗riburchakli va egri chiziqli
kesimli bo‗lishi mumkin. Qolip bilan eni 2100…2800mm (100mm modulda)
xamda balandligi
1800...2200 mm bo‗lgan inshootlarni betonlash mumkin. Balandligi yon tomonda joylashgan
teleskopik ko‗taruvchi tirgaklar yordamida o‗zgartiriladi. Enini esa yon tomon sirtini markaziy tirgak
bilan pastki rigel(to‗sin)ga nisbatan surish orqali amalga oshiriladi. Bu tirgak vintli domkrat bilan
jihozlangan, u esa ichki qoliplarni ko‗chirish (ajratish) yana uni ish holatiga o‗rnatishga imkon
yaratadi.
G‗GKQ
lar
ning gumbazsimon-qobiqli va ikki tomonlama egrili qobiqsimon konstruksiyalarni
betonlashda qo‗llaniladigan turlari ham bor. Betonlanayotgan oralik(prolet)larning orasi 12...18m
gacha, inshootning poldan orayopma tagigacha balandligi 5...7m gacha etishi mumkin.
Bir zveno
inventar qolipining uzunligi 6m ga ega, qamrov uzunligi bo‗yicha talab qilingan ish maromiga ko‗ra
bir vaqtning o‗zida 2...3 va undan ortiq bug‗un qoliplar bo‗lishi mumkin.
G‗GKQlarning baland va uzun o‗lchamli devorlar yoxud tirgak devorlarni betonlashda
qo‗llaniladigan turlari ham mavjud (15.2-rasm). Qolip shchitlari 8m gacha uzunlikda bo‗lib, ular
qo‗zg‗aladigan P-simon rama (portal)larga mahkamlangan. Portalning 800 mm gacha qalinlikdagi har-
xil devorlarni yaratishga imkoni bor. Portalning yo‗naltiruvchi qurilmalari orqali navbatdagi yarus
(pog‗ona) ni betonlash uchun qolipni yuqoriga siljitib qayta o‗rnatish mumkin. Qolip shchitlari
betondan ajratilgach, domkratlar
bilan gorizontal siljitiladi, ko‗tarish-tushirish esa po‗lat troslar
yordamida amalga oshiriladi.
15.2-rasm. Devorlarni betonlashga mo‗ljallangan G‗GKQ
1 – vibrator; 2 – muayyan holatda mahkamlovchi moslama (fiksator)lar; 3 – to‗g‗ri chiziq
bo‗yicha sirg‗aluvchi qism (polzun); 4 – tutashtiruvchi to‗sin; 5 – qolip shchitlari; 6 – shchit-larni
ko‗taruvchi lebedka; 7 – montaj
qurilmasi; 8 – zina; 9 – G‗GKQ tirgaki (ustuni); 10 – elektr uzatma;
11 – telejka (aravacha); 12 – ishchilar uchun to‗shama; 13 – to‗shama
ning
himoya to‗sig‗i; 14 –
vibrator o‗rnatilgan beton qorishma bunkeri (idish); 15 – gorizontal ko‗chiriladigan telejka; 16 – relsli
yo‗l.
Do'stlaringiz bilan baham: