Bino va inshootlar qurilishi


Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

4.1. Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini 
yaratish 
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga kiradi: 
• gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk ko‗taruvchanligi; 
• qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash; 
• geodezik rejalash asosini yaratish; 
• bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish 
Gruntlarni muhandislik baholanishi
oldindan ob‘ektni loyihalashga qadar 
bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari – granulometrik tarkibi, zichligi, 
namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi. Bu maqsadda maxsus tashkilotlar 
qo‗yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan yoki yuzadan burg‗ilash yordamida 
namunalar olishadi. Olingan ma‘lumotlar asosida loyihalanish jarayonida tayyorlanish 
usullari, ko‗chaytirish , maqsadga muvofiq mexanizatsiyalashtirish va ishlarni olib 
borish , ayrim hollarda barpo etilayotgan binoni konstruktiv xususiyatlari haqida ham 
kerakli qarorlar qabul qilinadi. 
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash 
ishlarni bajarishni loyihalashda 
qurilish jaryonida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini , kerak 
bo‗lgan holatda ob‘ektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish bo‗yicha 
takliflarni beradi. 
 
Tayanch geodezik to„rni yaratish. 
Qurilish maydonini va unda qurilayotgan 
inshootlarni geodezik rejalashtirish er ishlari va keyingi bajariladigan qurilish ishlarini 
geodezik ta‘minoti uchun asos bo‗lib xizmat qiladi:
• Tayanch geodezik to‗rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo‗lish va reperlar 
bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash; 
• quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish, va tayanch geodezik 
to‗riga yoki mavjud qushni binolarga bog‗lash; 
• bino atrofi bo‗ylab obnoska qurish, o‗qlarni ko‗chirib mahkamlash. 


Boshqa so‗z bilan aytganda qurilish maydonini tayyorlash bosqichida keyinoq 
qurilishni hamma bosqichlarida va u tugallangandan so‗ng kerakli belgilarni ham 
planda ham vertikal bo‗yicha oddiy aniqlab beradigan geodezik rejalash asoslari 
yaratilishi kerak. Rejalashtirish uchun qurilish bosh plani, inshootning ishchi chizmalari 
va rejalashtirish chizmalari boshlang‗ich material bo‗lib xizmat qiladi. 
Geodezik rejalash asoslari qurilish ob‘ektlarini plandagi o‗rnini, va keyingi 
rejalashtirish ishlarida mahalliy erdagi balandlik belgilarini aniqlash uchun qo‗yidagi 
ko‗rinishlarda to‗ziladi: 
• barpo etilayotgan binoning o‗rni va o‗lchamlarini aniqlovchi bo‗ylama va 
ko‗ndalang o‗qlardan iborat qurilish to‗ri; 
• qurilishning qizil chiziqlari, shuningdek shaharni o‗zlashtirilgan territoriyasida
alohida binoning qurilishga muljallangan holatini va o‗lchamlarini joyga biriktiruvchi 
bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlari. 
Qurilish to‗rini va uning o‗rnini 
loyihalagan 
paytda 
qo‗yidagilarni 
ta‘minlash kerak: 
• rejalashtirish ishlarini bajarishga 
maksimal qo‗layliklar yaratish; 
• barpo etilayotgan asosiy bino va 
inshootlarni 
to‗r 
figuralari 
ichida 
joylashtirish; 
• to‗r chiziqlarini barpo etilayotgan bino va inshootlarning asosiy o‗qlariga 
parallel va mumkin qadar Yaqin joylashtirish; 
• to‗rning hamma tomonlari bo‗yicha kerakli uzunliklarni o‗lchash; 
• to‗r belgi ( nishon, reper) larini o‗lchash uchun va yon reperlarni ko‗rinishi
qo‗layligini ta‘minlash, hamda ularning buzilmasligi va turg‗unligini ta‘minlovchi joyda
o‗rnatish.
Yer inshootlarini geodezik rejalashtirish qurilish bosh plani kabi masshtabda 
chizilgan qurilish maydonini geodezik plani asosida amalga oshiriladi. Planda Davlat 
triangulyasion to‗riga hamda mavjud bino va inshootlarga bog‗lanish beriladi; Geodezik 
reja asosida inshootni joydagi holati, uning gorizontal va balandlik bo‗yicha bog‗lanishi 
aniqlanadi. 
Qurilishga tayyorlanish jarayonlarida va bo‗lajak er inshootlarini ―natura‖ 
holatiga ko‗chirish uchun qurilish maydoni territoriyasi asosiy va qo‗shimcha kvadrat 
va turtburchaklarga bulinadi. Relefga qarab asosiy figuralarni uzunligi 100...200 m, 


qushimcha figuralarniki – 20...40 m bo‗ladi. Hosil bo‗lgan figuralarning uchlari reperlar 
bilan mahkamlanadi. Kvadrat uchlariga nivelir yordamida qoziqchalar o‗rnatiladi, 
ularning balandligi er sathiga nisbatan reperlarni loyiha balandliklariga mos kelishi 
kerak.Bu keyinroq tekislash ishlarini bajarish uchun, qaerda ko‗tarma va qaerda 
qazilma bo‗lishini aniqlash uchun bajariladi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish