Bino va inshootlar qurilishi


Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Qish sharoitida bino va inshootlarni qurish. 
Qish vaqtining alohida jihatlari. 
Me‘yoriy talablarga binoan qish sharoiti deganda, tashqi havoning o‗rtacha sutkalik xarorati 
5
0
S dan past va sutkalik minimal xarorat 0

S dan past bo‗lgan holatlar tushuniladi. SHunday iqlimiy 
sharoit O‗zbekistonda yilda 2-3 oy davom etishi mumkin. 
Qish davri konstruksiyalarni monolit betondan tiklashda ko‗p jihatdan ta‘sir etadi. Qish 
davrida beton ishlarini to‗xtatib qo‗yish qurilish muddatining uzayishiga, ustama xarajatlarning va 
mablag‗larning aylanish muddatining ortishiga olib keladi. Natijada qurilish maxsulotining tannarxi 
ko‗tariladi, uning realizatsiyasi xajmi qisqaradi va xar xil ijtimoiy muammolar tug‗iladi. 
Beton ishlarini qishda bajarishda bir qator talablar quyiladi, ulardan asosiylari: 
-
qishda betonlashning texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan usulini tanlash, ishlarni 
bajarish texnologik xaritalarni ishlab chiqish; 
-
beton qorishmasini tayyorlash davrida uning xaroratini 35
0
S dan oshmagan holatda 
isitish; 
-
beton qorishmasini ob‘ektga tashib keltirish, konstruksiyaga joylash davrida uning 
boshlang‗ich issiqlik energiyasini maksimal saqlab qolish; 
-
qolip ichini va yuzasini qordan, armatura karkaslarini muzdan tozalash; 
-
betonni konstruksiyaga joylashda uning zichlash davomiyligini 25% oshirish; 
-
qotish davrida betonga kerakli harorat-namlik sharoitini ta‘minlash;
-
muzlaguniga qadar betonning talab etiladigan sovuqqa chidamlilik mustaxkamligini 
ta‘minlash. 
Qish sharoitida betonning mustaxkamlik tavsiflarini ro‗yobga chiqarishning o‗ziga xos 
jihatlari mavjud. Asosiy muammo shundan iboratki, beton strukturasi shakllanishining boshlang‗ich 
davrida undagi kimyoviy bog‗lanmagan suvlarning muzlab, xajmini 9% oshirishi va betondagi 
bog‗lanishni buzishidir. SHu sababdan uning keyingi mustaxkamligi normal holda qotgan betonga 
nisbatan 15-20% kam bo‗ladi. 
Betondagi suvning muzlashi uning mustaxkamligini pasaytiruvchi boshqa jarayonlarga ta‘sir 
etib, ya‘ni muz plenkasi armaturani va to‗ldiruvchilarni qurshab olib ularning sement bilan 
jipslashishiga qarshilik ko‗rsatadi, beton erigandan so‗ng zich struktura hosil bo‗lmaydi. 
Qishda betonlash texnologiyasining shakllangan asosi shundan iboratki, bunda monolit temir 
beton konstruksiyalarda qisqa vaqtda, kam sarflar bilan sovuqqa chidamligi bo‗yicha yoki talab 
etiladigan loyihadagi yuklamalarni qabul qila oladigan darajadagi mustaxkamligini ta‘minlashga 
erishish. 
Betonning kritik mustaxkamligi R
28
ga nisbatan foizda ifodalangan bo‗lib, bu kritik 
mustaxkamlikka erishgandan so‗ng, beton muzlab issiq xaroratda muzi erisa, bu uning mustaxkamlik 
ko‗rsatkichlariga ta‘sir etmaydi. 
Beton ishlarini olib borish uchun tayyorgarlik, betonlashning ayrim jihatlarini va monolit 
konstruksiyalarning taxminiy ekspluatatsiya qilish sharoitini taxlil etishdan boshlanadi. Betonlash 
texnologiyasiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar: 


• betonlanadigan yuzaning moduli M
yu
konstruksiya xajmining katta-kichikligini tavsiflovchi 
ko‗rsatkich bo‗lib, ya‘ni sovuq ta‘sir etuvchi konstruksiya yuzalari yig‗indisining, shu konstruksiya 
xajmiga nisbati tushuniladi; 
• beton joylanadigan asosning grunt qatlamini tayyorlash; 
• beton joylanadigan asosni (muzlagan grunt, tayyorgarlik qatlami) 40-50
0
S va 
konstruksiyani 30 sm qalinlikgacha isitish; 
• beton sinfi, uning boshlang‗ich xarorati, konstruksiyani armaturalash darajasi, qolipning turi 
va alohida jihatlari, betonning qotish vaqtida unga ta‘sir etuvchi texnik va kimyoviy manbaalar va 
boshqalar. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish