FUNKSIONAL JARAYON
Reja bo‘yicha loyixalanayotgan bino Fargona viloyati Rishton tumanidagi bino. Bino 1 qavatdan iborat(1-kavat rejasi va chordok rejasi). Rishton tumanidagi oziq ovqatlarni saqlash binosida oshxona birlashtirilgan ,kiyinish xonalari, zallar, dam olish xonalari, muzlatgich xonalar va boshka xonalari joylashgan.
Binoni ko‘rinishi zamon talablariga javob beradi.
BOSH REJA
Rishton tumanidagi oziq ovqatlarni saqlash binosi uchun bosh reja viloyat shart –sharoitlaridan kelib chiqqan xolda tuzilgan.
Rishton tumanidagi oziq ovqatlarni saqlash binosiga shamol yo‘li asos qilib olingan.
Bosh reja TIK
1.Umumiy maydon 40000 m2
2.Binolar maydoni 10000 m2
3.Ko‘kalam maydon 16000 m2
4.Yo‘l va yo‘laklar – 14000 m2
G‘k =G‘/G‘um*16000/40000=0.45*100=45%
G‘mf=14000+16000+12000/40000=0.99
Bosh reja tasnifi
Loyixalanayotgan bino
Turar joy binolari
Turdosh binolar
Magazin
Sartaroshxona
Apteka
BINONING XAJMIY REJAVIY ECHIMLARI
Bino va inshootlarni loyixalashda ularni xar tomonlama chiroyli,zamonaviy – iqtisodiy jixatdan arzon, lekin mustaxkamligi yuqori, uzoq muddat xizmat qilishi ko‘zda tutgan xolda loyixalash maqsadga muvofiq.
Binoni loyixalashda ularni vazifalarini xisobga olgan xolda yuqoridagi talablarga qatьiy rioya qilish zarur.
Fargona viloyati Toshlok tumanida qurilish loyixalangan bino 1-8 o‘qlar bo‘yicha 36000mm, A-V o‘qlar bo‘yicha 9200mm masofada joylashgan bo‘lib takrorlanuvchi qavat balandligi 3.300 mni tashkil qiladi.
KONSTRUKTIV ECHIMLAR
Binoni qurilishida industrial tuzilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday tuzilmalar zavodlarda yuqori sifatli texnologiyalar asosida sifatli mustaxkam yuqori darajada va issiq sovuqdan juda yaxshi ximoya qilish xususiyatiga ega.
Loyixalanayotgan bino poydevori yig‘ma lentasimon.
Poydevor deb binodan tushayotgan yuklarni qabul qilib uni zaminga uzatuvchi ko‘tarib turuvchi kostruksiyaga aytiladi.
POLLAR.
Pol deb – binolardan zichlangan gruntni ustidagi beton to‘shama ustiga va orayopmalar ustiga yotqiziladigan va insonlarni ravon xarakati shinam sharoit xamda gigenik talablarga javob bera oladigan qurilmaga aytiladi.
Loyixalanayotgan bino poli plintus, taxta poldan iborat.
ZINALAR..
Zina – deb qavatlararo aoloqani taьminlaydigan va evakuatsiya vazifasini bajaruvchi konstruksiyaga aytiladi.
Zina katagidagi pog‘onalar soni xona balandligiga qarab 20ta (3m) xisoblangan.
Zinalar bir marshli zina uzunligi qavat balandligini xisobga olgan xolda 2 marshli zinalar qavat yarmiga teng bo‘lgan masofa asosida uch marshli zinalar qavat balandligini 1/3 qismi asosida loyixalanadi.
Loyixalanayotgan binoda 1 marshli 20 ta pog‘onali zinalar qo‘llanilgan. Zina materiali taxtadan va metaldan tashkil topgan.
ESHIKLAR
Eshik deb binoda xonalararo aloqani taьminlash binoga kirish va evakuatsiya vaqtida chiqarish vazifasini bajaruvchi konstruktiv elementga aytiladi.
Loyixalanayotgan binoni tashqi eshiklari 1500x2300mm, ichki o‘lchamlari 1020x2100mm, erdamchi xona eshiklari 920x2100mm, qilib loyixalangan.
DERAZALAR
Deraza deb – bino xonalarini tabiiy yorug‘lik bilan taьminlovchi shuningdek xonadagi xavo almashinuvini taьminlovchi shaffof materialdan qoplangan konstruktiv elementga aytiladi.
Dearaza romi o‘lchami bino xonasi yuzasidan kelib chiqqan xolda 1/8 va 1/5.5 nisbatda qabul qilinadi.
Loyixalanayotgan binoda o‘lchamlari 1820x1800mm , 1200x1200 mm derazalar ishlatilishi ko‘zda tutilgan.
DEVORLAR.
Loyixalanayotgan bino g‘ishtli devordan bo‘lib unda tashqi va ichki devorlar yaьni bino bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha joylashgan barcha devorlarni yuk ko‘taruvchi xisoblanadi.
ORAYOPMALAR.
Orayopma deb- binoni balandlik bo‘yicha qavatlarga ajratuvchi konstruksiyaga aytiladi.
Loyixalanayotgan bino yirik blok panelli va barcha o‘qlarda joylashgan devorlar yuk ko‘taruvchi bo‘lganligi uchun binoda kontur bo‘yicha tayyorlangan orayopma plitalardan foydalanilgan.
TOMLAR.
Tom deb- binoni yakunlovchi qismiga aytiladi. Tomning vazifasi qor yomg‘ir suvlaridan ximoya qilish quyosh radiatsyasidan ximoya qilish va boshqa agressiv muxitdan ximoya qilish bo‘lib tomlar qor va shamol bosimi ostida ishlaydi.
Loyixalanayotgan bino tomi chordoqli tom .
BINO PARDOZI
Bino qurilishi meьmorchilik va badiiy talablarga mos xolda tanlanishi uchun tashqi va ichki ko‘rinishi chiroyli atrof muxit bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
Loyixalanayotgan bino ichki (interer) bezagida zamonaviy va estetik did talablariga javob beruvchi ichki pardozlash materiallaridan foydalanilgan.Bino ichki pardozi xar bir xonalarning vazifalaridan kelib chiqqan xolda bajarilgan.
Bino tashqi (eksterer) pardozga tashqi muxit iqlim o‘zgarishlarini chidamli zamonavaiy tashqi pardoz materiallaridan foydalanilgan
Binoning tashqi qavati pardoziga uning vazifasi va atrofidagi joylashgan binolar tashqi pardozlari bilan uyg‘unlashganini eьtiborga olgan xolda pardozlash ishlari olib borilgan
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.R.D.Teshaboev “Fuqaro binolari meьmoriy konstruksiyalari ”,Meьmorchilik konstruksiyalari va qismlari
2.I.A.Jerevskiy
3.N.Bazarboev “Uy joy quruvchilari uchun 1001 maslaxat”
4.Kurs ishi bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |