Bino inshoatlar konstruktsiyasi



Download 18,04 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi18,04 Kb.
#751654
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil Ish Ora Yopma Konstruktsiya

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI


ARXITEKTURA FAKULTETI
“BINO INSHOATLAR KONSTRUKTSIYASI” KAFEDRASI

Mustaqil ish



BINO INSHOOTLAR KONSTRUKTSIYASI
FANI BO’YICHA
QAVATLARARO YOPMALAR MAVZUSINI TAHLIL QILISH

Guruh: 2-20 AO’


Talaba: Ibrohimov G’ulomjon
Kafedra mudiri: ___________________
MAVZU: Qavatlararo yopmalar

Reja:
1 Qavatlararo yopmalar haqida tushuncha va ularni tahlil qilish


2 Qavatlararo yopmalarni tahlil qilish

Qavatlararo yopmalar ham binoning asosiy konstruktiv elementlaridan biri bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘ini balandligi bo‘yicha qavatlarga ajratib turadi.

Qavatlararo yopmalar binoda joylashgan o’rniga ko’ra 3 ga bo’linadi:
- yerto’la usti ora yopmasi
- chordoq ora yopmasi
- qavatlararo ora yopmasi

Qavatlararo ora yopmalar va pollar narxi bino umumiy narxining 18-20% ini, ularni o‘rnatishga sarflanadigan mehnat esa 20-25% ni tashkil qiladi.


Qavatlararo ora yopmalariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri uning mustahkam bo‘lishi, ya’ni unga ta’sir etayotgan vaqtinchalik yoki doimiy kuchlarga chidamliligi va tashqi kuch ta’siridan qattiq devformatsiyalanmasligidir. Bunday talablar bikirlik orqali belgilanadi. Qavatlararo ora yopma bikirligi yetarlicha bo‘lmasa u tashqi kuch ta’siridan egilishi va unda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bikirlik kattaligi nisbiy egilish qiymati bilan baxolanib, ora yopma absolut egilishining prolyot o‘lchamiga nisbatidan olinadi. Uni qiymati tom yopmasi uchun 1200 dan, qavatlararo ora yopma uchun 1250 dan oshmasligi kerak.

Yerto’la usti ora yopmasi va chordoq ora yopmasi issiqlikni saqlaydigan bo‘lishi xam lozim.


Qavatlararo ora yopmalar bilan ko‘taruvchi devor tutashgan joy konstruksiyasiga aloxida e’tibor berish kerak, chunki e’tiborsizlik bilan tutashtirilgan joyda “sovuq ko‘prik” hosil bo‘lib, bino ishlatilishi davrida ayrim nuqsonlarni keltirib chiqaradi.

Qavatlararo ora yopmalar tovush o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ularda tovush izolatsiyasiga ega bo‘lgan ko‘p qatlamli konstruksiyalar ishlatiladi va asosiy konstruksiyalari tovush chiqarmaydigan yumshoq prokladkalar ustiga qo‘yilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, qavatlararo ora yopmalari bino klassiga mos keladigan o‘tga chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘lishi ham lozim.


Ma’lum bir vazifaga mo‘ljallangan xona ora yopmalari suv o‘tkazmaslik (sanitariya-texnika kabinasi, hammom, kir yuvish xonasi yopmalari), yonmaslik (yong‘in xavfi bor xonalarda), havo o‘tkazmaslik (pastki qavatlarida laboratoriyalar joylashgan binolar, bug‘xonalar va boshqalar) talablariga javob berish kerak.
Qavatlararo yopma binoning qaysi joyida joylashishidan qat’iy nazar, o‘rnatilishida industrial bo‘lishi va shu bilan birga uning konstruktiv yechimi iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishi kerak.

Qavatlararo ora yopmalari konstruktiv yechimiga ko‘ra xarili yoki xarisiz bo‘lishi mumkin. Xarili ora yopmalari asosiy ko‘taruvchi element xari hisoblanib, unga qator yotqizilgan taxta, taxta to‘shama va boshqa yopma elementlari o‘rnashtiriladi. 


Bulardan tashqari, plitali ora yopmalari ham bo‘lib, ko‘taruvchi plita yoki to‘shamalar binoning vertikal tayanchlariga tutashtirilgan rigel yoki to‘singa qo‘yilgan bo‘ladi. Xarisiz ora yopmalar yopma plitalari vertikal tayanchdagi kengaytirilgan moslama (kopiteli)ga qo‘yilgan bo‘ladi.

Yog‘och mahalliy qurilish materiali hisoblangan rayonlarda kam qavatli bino qurilishida yog‘ochli qavatlararo ora yopmalar ishlatiladi. Ora yopmaning bu turi oddiy va arzon hisoblanadi. Bunday ora yopmalarning kamchiligi yonuvchanligi, chirishga moyilligi va unchalik mustahkam emasligidadir.


Yog‘och ora yopmalar ko‘taruvchi yog‘och konsturksiya – to‘sindan, to‘sin oralig‘i to‘ldirgichlaridan, pol konstruksiyasidan va ship pardoz qatlamidan iborat bo‘ladi. To‘sinlar ko‘pincha kesimi to‘g‘ri burchakli g‘o‘la shaklida tayyorlanadi. Ko‘pincha to‘sin qalinligi 180, 150, 180 va 200 mm, eni 75 va 100 mm ga teng qilib olinadi. Yog‘och to‘sinlar oralig‘i odatda 600 mm dan 1000 mm gacha olinadi To‘sinlar orasi to‘ldirgichlarining tayanishi uchun to‘sinning yon tomonlariga ko‘ndalang kesimi 40x50 mm bo‘lgan yog‘och g‘o‘lalar qoqiladi. To‘sin uchlari g‘isht devorlardagi maxsus qoldirilgan tokchalarga 150-180 mm uzunlikda ilintiriladi. Bunda to‘sin uchi g‘isht devorlarga tegib turmasligi va namligi qurishi uchun 30 mm kenglikga tirqish qoldiriladi. To‘sin uchiga chirishga qarshi 3% li natriy ftorid eritmasi shimdiriladi va yon tomoniga issiq bitum yordamida 2 qavat tol yelimlanadi.
Bikirlik va ustivorlikni oshirish maqsadida 56 to‘sin uchlari tashqi ko‘taruvchi devorga ankerlar yordamida mahkamlanadi. Bunday po‘lat anker bir uchi bilan to‘singa maxkamlanib, ikkinchi uchi esa devorni terishda g‘isht orasida qoldirib yuboriladi.

Mavzuning kirish qismida keltirib o’tilgan ustyopma plitalar haqida gaplashib o’tsak.


Ustyopma plitalar tomdan tushgan og'irlikni devorlarga uzatadi. Eng keng tarqalganlari П-simon qirrali plitalar bo'Iib, ularning o'lchamlari 3x6 va 3x12 m bo'ladi, bu turdagi plitalar 25—30 mm qalinlikdagi tokchadan, taxminan 1m qadam bilan joylashgan ko'ndalang qirralar (qovurg'alar)dan va ikkita bosh qirra (qovurg'a)dan iborat. Tokcha payvand to'r bilan armaturalanadi, ko'ndalang qovurg'alar payvand karkaslar bilan, bo'ylama qovurg'alar esa oldindan zo'riqtirilgan simli yoki kanatli armatura bilan mustahkamlanadi.
Oralig'i 12 m bo'lgan plitalarning ustyopma konstruktsiyasini butun tizimi tarkibida qo'llanilgan holda oralig'i 6m li plitadagiga qaraganda ancha tejamli ish bajariladi, chunki 1 m2 ustyopmaga ketadigan materiallaming solishtirma sarfi (yetakchi konstruksiyalarni ham hisobga olganda), shuningdek, montaj qilishda mehnat unumi ancha pastdir.

Chordoq ora yopmasining turlari:


1) 3x12 m o'lchamli qovurg'ali
2) 3x6 m o'lchamli qovurg'ali
3) 3 x 12 m o'lchamli qo'shtavr
4) 3x6 m o'lchamli qo'shtavr

Plita massasi, t:


1) 6,5
2) 2,8
3) 6,8
4) 2,38

Betonning keltirilgan qalinligi, sm:


1) 7,65
2) 5,3
3) 7,65
4) 5,3

Bo'ylama qovurg'alarni armaturalashda plitaga sarflanadigan po’lat, kg

Sterjen:
1) 265-391
2) 70-101
3) 330
4) 85

Kanat yoki juda mustahkam sim:


1) 205-288
2) 56-70
3) 237
4) 63

Binolaming ustini yopish uchun, shuningdek, devorlarning bo'ylariga bir bo‘ylama to'sinlarga ko'ndalang yo'nalishda joylashtiriladigan 3x IS va 3x24 m li ikki yoqlama og‘ma yirik o'lchamli plitalar qo'llaniladi. Bunday plitalaming bo'ylama qovurg'alarining balandligi o'zgaruvchan bo'ladi va plitaning chetlarida (П- simon plitalarda) yoki plita enining 0,25 qismiga teng (qo'shtavr turidagi plitalarda) masofada joylashadi.


Mavzu boshida yoritilgan ustyopma to’sinlarni tahlil qilsak

Download 18,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish