Bilmasboy quyosh shahrida



Download 352,1 Kb.
bet15/31
Sana19.01.2017
Hajmi352,1 Kb.
#641
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
O'n beshinchi bob
KASALXONADA
Oppog'oy eshik oldida to'xtab qo'ng'iroqning bandidan tortdi. Jiringlagan tovush eshitildi. Eshik ochilib, ostonada oq xalat kiygan, ro'molining tagidan oltin kokillari chiqib turgan hamshira paydo bo'ldi.

— Voy o'lmasam, — deb qichqirdi u va cho'chiganidan chapak chalib yubordi. — Tag'in bitta kasalni olib kelishibdi. Joy yo'q, ishoning, joy yo'q! Yil bo'yi kasalxona bo'shligidan hech kim davolanishni xohlamagan edi, bugun bo'lsa o'n beshinchi kasalni olib kelishdi-ya!

— Bu bola kasal emas, — dedi Oppog'oy, — u o'rtoqlarini ko'rgani keldi.

— Unaqa bo'lsa, kira qolinglar.

Qizaloqlar bilan Bilmasvoy vrach xonasiga kirishdi. Asalxon stolda o'tirib nimanidir yozardi. Uning oldida bir uyum kasallik varaqalari yotardi. Oppog'oy bilan Ko'kko'zni ko'rib:

— Kasallarni ko'rgani kelgandirsiz-a? — dedi. — Bo'lmaydi, bo'lmaydi! Kasallarga tinchlik kerakligini o'zinglar ham bilasizlar. Ko'kko'z, halitdan pesho-nangizda malham paydo bo'libdimi? Tabriklaynian! Men buni sizga oldindan aytuvdim-a, uyda bittagina o'g'il bola aylanishdimi, bo'ldi, g'urrani kutaver deb, ular menga ko'pdan ma'lum.

— Biz kasallarni ko'rmoqchi emasmiz, — deb javob berdi Oppog'oy. — Kasallarni manavi bola ko'rmoqchi, bu ularning o'rtog'i.

— Men bu bolaga o'rinda yotgin deb buyurgan edim, u bo'lsa vrachning ruxsatisiz turib ketgan, halitdan janjal boshlaganini ham ko'rib turibman. Men unga ruxsat berolmayman, kasalxona janjalxona emas.

— Men sira janjal qilmayman, — dedi Bilmasvoy.

— Yo'q, yo'q! — deb qat'iy gapirdi Asalxon va yog'och karnaychasini stolga urib qo'ydi. Bolalar doim: “Janjal qilmayman”, deydida, keyin bari bir boshlaydi.

Asalxon Bilmasvoy bilan gapni kalta qilib, Ko'k-ko'zga o'girildi.

— Qani, menga peshonangizni ko'rsating-chi, jonginam, — dedi.

U malhamni ko'chirib olib, Ko'kko'zning peshonasini ko'ra boshladi.

— Malhamning endi keragi yo'q, — dedi Asalxon ko'rib bo'lib, — men bilan yuring, jonginam, peshonangizga ko'k nur bersak, dog' qolmaydi.

U Ko'kko'z bilan birga xonadan chiqdi. Bilmasvoyning ko'zi qoziqdagi oq xalat bilan qalpoqqa tushdi. U uzoq o'ylab o'tirmasdan xalatni kiydi-da, qalpoqni boshiga qo'ndirdi. Asalxon stol ustida qoldirgan qo'zoynakni taqib, yog'och karnaychani ham oldida, xonadan chiqdi. Oppog'oy Bilmasvoyning dadilligi va epchilligiga hayron qolib, qarab turdi.

Yo'lakdan borib bir eshikni ochgan edi, o'z o'rtoqlari mittilar yotgan kasallar palatasini ko'rdi. Birinchi karavotga yaqinlashgan edi, unda Sergapni ko'rdi. Sergapning yuzidan g'amginlik va norozilik alomatlari sezilib turardi.

— O'zingizni qanday sezyapsiz, bemor? — deb so'radi Bilmasvoy ovozini o'zgartirishga harakat qilib.

— Juda yaxshi, — deb javob berdi Sergap va bir necha daqiqadan keyin o'ladigan odamday yuzini burishtirdi.

— Turingchi, bemor, — deb buyurdi Bilmasvoy. Sergap istamasdan o'rnidan qo'zg'alib, o'tirib oldi va indamay qarab turdi. Bilmasvoy uning ko'kragiga yog'och karnaychasini qo'yib ko'rdi:

— Nafas oling, — dedi.

— Bu qanaqasi, ahir! — deb vaysadi Sergap. — Bir turing, bir yoting, bir nafas oling, bir nafas olmang, deydi!

Bilmasvoy uning kallasiga karnaycha bilan shaq etib solib qoldi:

— Sen Sergap, sirayam o'zgarmabsan. Hamon vaysaganing-vaysagan, — dedi.

Sergap unga anqayib qarab qoldi:

— Bilmasvoy!

— Jim! — deb pichirladi Bilmasvoy.

— Menga qara, Bilmasvoy, bu yerdan chiqishimga yordam ber, — dedi Sergap. — Men soppa-sog'man, chin so'zim! Tizzam sal lat yegan og'rimaydi hisob, o’rniga yotqizib qo’yishdi, kiyimlarimni berishmiyapti. Juda tamom bo’ldim. Ketgim kelyapti.

— Ehtimol, oz-ozdan chiqarish mumkin bo'lar? — dedi Ko'kko'z. — Jilla bo'lmaganda bir kunda bittasini.

— Bittadan juda oz, eng kamida ikkitadan bo'lsa, — dedi Oppog'oy. — Biz yaqinda ularning tuzalishi sharafiga bazm uyushtirmoqchimiz.

— Ha, durust, — deb rozi bo'ldi Asalxon. — Ro'yhat tuzamizda, ertadan boshlab bittadan kasalni chiqaramiz.

Oppog'oy chapak chalib, Asalxonni quchoqlab oldi:

— Yo'q, ikkitadan, jonginam, ikkitadan! Men hammalarining tezroq chiqishini istayman. Sizni ham bazmga borgingiz keladi-ku, ahir. Siz ajoyib raqs tushasiz-ku!

— Ha, durust, ikkitadan, — deb yumshadi Asalxon. — Boshlab eng yuvoshlarini chiqaramiz. Siz bizga yordam berishingiz kerak, — deb u Bilmasvoyga murojat qildi, — eng yuvoshi kim?

— Hammalari ham yuvosh! — deb javob berdi Bilmasvoy.

— Mana bu gapga men hech ham ishonmayman. O'g'il bolalarning yuvoshi bo'lmaydi. Ularni sho'xlik qilishdan qaytarish uchun, albatta biror ishga ovora qilib qo'yish kerak.

— Unday bo'lsa, birinchi galda anov Murvatvoy va Tuzatvoy degan ustalarni chiqara qolamiz. Ular chiqa solib mashina tuzatishga kirishadi, — dedi Ko'kko'z.

— Yaxshi fikr! — deb ma'qulladi Asalxon. — Shu Murvatvoy, Tuzatvoylardan boshlay qolamiz.

Murvatvoy bilan Tuzatvoyni qog'ozga yozib oldi.

— Bulardan keyin Sergapni chiqara qolsak deyman, — dedi Asalxon. — U shunaqangi yomon! Hech kimga tinchlik bermay vaysagani-vaysagan.

— Yo'q, kerak emas, — deb norozi bo'ldi Bilmasvoy, — yaxshisi, Sergapni kasalxonada ushlab turish kerak, vaysashdan bundoq ko'zi ochilsin.

— Undoq bo'lsa, Dorijonni chiqarish mumkin. U bizning kasalxonadan norozi. Davolash usulimizni tanqid qilgani-qilgan. Juda bezovta kasal. Umuman, men undan qutulishga qarshi emasman.

— Yo'q, Dorijonning ham keragi yo'q, — dedi Bilmasvoy. — U umr bo'yi boshqalarni davolardi. Keling, endi uning o'zi ham bir davolansin. Yaxshisi, Bo'yoqvoyni chiqaramiz. U juda yaxshi rassom, unga , darrov ish topiladi. U mening shogirdim. Uni rasm solishga men o'rgatganman.

— To'ppa-to'g'ri, jonginam! — dedi Oppog'oy. — Bo'yoqvoyni bugun chiqarsa bo'lmaydimi? — deb yalindi. — Men undan suratimni ishlab berishini iltimos qilardim.

— Va Mashshoqvoyni ham, — deb qo'shib qo'ydi Bilmasvoy. — Bu ham mening shogirdim. Nay chalishni men o'rgatganman.

Oppog'oy Asalxonni yana quchoqlab:

— Bo'yoqvoy bilan Mashshoqvoyni chiqara qolaylik! Keling, chiqara qolaylik! — dedi.

— Ha, yaxshi, bularga yo'l qo'yamiz, — deb yumshadi Asalxon. — Ammo boshqalarini navbat bilan chiqaramiz.

Oxiri ro'yxat tuzildi. Asalxon Bo'yoqvoy va Mashshoqvoyning kiyimlarini olib chiqishni buyurdi, ular bir necha lahzadan keyin Asalxon xonasida paydo bo'lishdi, sevinganlaridan yuzlari qizarib ketgan edi.

— Sizlarni chiqaramiz, — dedi Asalxon. — O'zingizni yaxshi tutishga harakat qilinglar, aks holda, sizni yana kasalxonaga tiqishga to'g'ri keladi.


Download 352,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish